Stanislav Lobotka (; 1994-yil 25-noyabrda Slovekiyada tugʻilgan) — slovakiyalik futbolchi, „Napoli“ futbol klubi va Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati Stanislav Lobotka „Trenčín“ futbol klubi bitiruvchisi. 17-noyabr kuni „Spartak Trnava“ futbol klubiga qarshi bahsda Stanislav Lobotka „Trenčín“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 2013-yilning yozida Stanislav Lobotka Amsterdamning „Ajax“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 9-avgust kuni „Oss“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Ajax“ futbol klubi safida gol urgan. Ijara muddati tugagach, Stanislav Lobotka „Trenčín“ futbol klubiga qaytib, asosiy jamoada debyut qilgan. 2015-yilda u jamoaga chempionlik va Slovakiya kubogini yutishda yordam bergan.
Oʻsha yilning yozida Stanislav Lobotka Daniyaning „Nordsjælland“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 30-avgust kuni u Daniya Superligasida „Brøndby“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati 2016-yilning 15-noyabr kuni Avstriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Stanislav Lobotka Slovakiya terma jamoasi safida debyut qilgan.
2017-yilda Slovakiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Stanislav Lobotka Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Polsha, Angliya va Shvetsiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2017-yilning 4-sentabr kuni JCh-2018 saralashida Angliyaga qarshi o‘yinda Stanislav Lobotka milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.
2021-yilda Stanislav Lobotka 2020-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan.
Statistika Jamoa MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFK AS Trenčín2010—2011200000202011—2012500000502012—20133120000312Jong Ajax2013—2014303――303Jami3030000303FK AS Trenčín2014—201532140404012015—201660002080Jami7634060863FC Nordsjælland2015—201626000―2602016—2017260100―360Jami52010000620R. C. Celta de Vigo2017—201838030―4102018—201931010―3202019—202017000―170Jami8604000900S. S. C. Napoli2019—202014010101602020—202115030502302021—202223110202612022—20231510060211Jami67250140862Umumiy faoliyatida31082302003548
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:25-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Slovakiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:AS Trenčín futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Jong Ajax futbolchilari Turkum:FC Nordsjælland futbolchilari Turkum:RC Celta de Vigo futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Slovakiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Daniya Superligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Slovakiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Daniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar