Austin Watson () (1992-yil 13-yanvarda tugʻilgan) – amerikalik professional xokkeychi. Austin Watson hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Ottawa Senators“ klubida faoliyat olib bormoqda. Austin Watson 2010-yilgi NHL kirish loyihasida „Nashville Predators“ xokkey klubi safiga 18-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati Yoshligida Austin Watson 2005-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Detroit Compuware Ambassadors“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.

Austin Watson 2010-yilgi NHL kirish loyihasida „Nashville Predators“ xokkey klubi safiga 18-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi .

Professional Austin Watson 2012— 2013-yilgi mavsumda professional tarzda oʻynay boshladi. Austin Watson ushbu mavsumda „Nashville Predators“ xokey klubining AHLdagi filiali „Milwaukee Admirals“ xokkey klubi tarkibida 72 ta oʻyinda maydonga tushib, 37 ochko toʻpladi. Austin Watson, shuningdek, 2013-yil 23-aprelda NHLda faoliyatidagi ilk golini „Nashville Predators“ klubi safida urishga muvaffaq boʻldi.

2017-yil 24-iyulda Austin Watson „Nashville Predators“ klubi bilan har yili 1,1 million dollarlik uch yillik 3,3 million dollarlik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 18-noyabrida Austin Watson „Colorado Avalanche“ klubi hujumchisi Dominic Toninato bilan janjallashib qolgani uchun NHLda ikki oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

2018— 2019-yilgi mavsumning oʻrtasida, 2019-yil 29-yanvarda, Austin Watson spirtli ichimliklar bilan bogʻliq muommolardan keyin nomaʼlum muddatga klub safidan chetlatildi.

Austin Watson „Nashville Predators“ xokkey klubi safida sakkiz mavsum oʻynadi. Shundan soʻng, Austin Watson 2020-yil 10-oktyabrda „Ottawa Senators“ xokkey klubi tarkibiga qoʻshildi.

Austin Watson 2009-yilda Ivan Hlinka xotirasiga bagʻishlangan turnirda AQShning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasida oʻynash uchun tanlandi. Ushbu musobaqada AQSh terma jamoasi gʻalaba qozona olmaganiga qaramay, Austin Watson yaxshi oʻyin koʻrsatdi.

Austin Watson 2010-yilda 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida AQSh milliy xokkey terma jamoasi uchun tanlangan edi. Yakunda AQSh milliy xokkey terma jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2008— 2009Windsor SpitfiresOHL631019294120033152009— 2010Windsor SpitfiresOHL4211233414—————2009— 2010Peterborough PetesOHL10911208420222010— 2011Peterborough PetesOHL6834346854—————2010— 2011Milwaukee AdmiralsAHL50000300002011— 2012Peterborough PetesOHL3214193333—————2011— 2012London KnightsOHL29112435141910717102012— 2013Milwaukee AdmiralsAHL7220173722410102012— 2013Nashville PredatorsNHL61010—————2013— 2014Milwaukee AdmiralsAHL7622244624300062014— 2015Milwaukee AdmiralsAHL7626184434—————2015— 2016Nashville PredatorsNHL57371032—————2016— 2017Milwaukee AdmiralsAHL31019—————2016— 2017Nashville PredatorsNHL77512179922459282017— 2018Nashville PredatorsNHL761451912313538122018— 2019Nashville PredatorsNHL37791639611262018— 2019Milwaukee AdmiralsAHL24040—————2019— 2020Nashville PredatorsNHL53681465400022020— 2021Ottawa SenatorsNHL34371040—————2021— 2022Ottawa SenatorsNHL671061691—————NHL jami4074954103489451091948

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2010-yil Qoʻshma Shtatlar U18 7 2 1 3 33 2012-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 7 6 3 6 9 0 2022-yil Qoʻshma Shtatlar WC 4 10 0 1 1 27 Oʻsmirlar safida 13 5 7 12 33 Kattalar safida 10 0 1 1 27

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkeychilar