Sinan Oğan (1969-yil 14-mart, Iğdır) — kelib chiqishi asli ozarbayjon boʻlgan turk siyosatchisiHead of Turkey-Azerbaijan association becomes deputy of Turkish parliament . 2011-yilda oʻng qanot Milliyatchi Harakat partiyasi tarkibida Iğdır viloyati deputati boʻlib, TBMMda faoliyat boshlagan. Marmara universiteti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Sinan Oğan 2023-yilgi Turkiya prezidentlik saylovlarida Ata ittifoqining nomzodi sifatida koʻrsatilgan.
Hayoti
Sinan Oğan 1967-yil 1-sentyabrida Turkiyaning Iğdır shahrida tugʻilgan. 1989-yilda Marmara universitetining menejment fakultetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan Sinan Oğan Marmara universiteti Turkiyat Tadqiqotlar institutida ilmiy xodim, 1993-yildan 2000-yilga qadar Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universitetida dekan muovini lavozimlarida ishlab kelgan. 1994-yildan 1998-yilgacha Turkiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) vakili sifatida faoliyat olib borgan. 2000-yilda Turkiyaga qaytib, Kavkaz mintaqasi boʻyicha Yevroosiyo strategik tadqiqotlar markazida ish boshlagan. TURKSAM, yaʼni xalqaro aloqalar va strategik tahlil markaziga asos solgan. 2009-yilda Oğan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Sinan Oğan 2011-yil 12-iyunida boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda Milliyatchi Harakat partiyasidan Iğdır viloyati deputati etib saylangan.
Kitoblari Turuncu Devrimler — 2006-yilda chop etilgan. Azerbaycan — İktisadi Bünyesi (1992-yilda Turk dunyosi tadqiqot fondi nashri) Rusyaʼda Siyaset ve Oligarşi 2003-yilda Rossiyada nashr etilganDr. Sinan OĞAN. Nationofturks.com..
Mukofotlari Sinan Oğan Milliyet gazetasining „Sosyal Bilimler“, Marmara universiteti „Akademik Üstün Başarı“ va Ekoavrasya uyushmasining 1992-yilgi „Türk Dünyasına Hizmet“ kabi mukofotlari sohibi. „Interpress Media Tracking Center“ tomonidan 2010-yilda eng koʻp muhokama qilingan shaxs va televizor ekranlarida eng koʻp koʻrsatilgan ismlar boʻyicha olib borilgan soʻrovnomada 131 xabar bilan Turkiyada eng koʻp televidenie ekranlarida koʻrinish bergan siyosatchilari qatoriga kirgan.
Manbalar
Havolalar https://www.haberler.com/haberler/sinan-ogan-kimdir-sinan-ogan-kac-yasinda-nereli-14920776-haberi/ ] Havolalar https://tr.linkedin.com/in/drsinanogan