Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev – Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi, jamoat arbobi. Turkistondagi mashhur ulamo, harbiy sarkarda va jamoat arbobi Alixontoʻra Sogʻuniyning akasiRajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent, 2021. 70-71-betlar.. Bolaligi Turkistonning Toʻqmoq shahrida XIX asr 80–yillari boshlarida ulamo Shokirxontoʻra hoji xonadonida tugʻilgan. Bolaligi oʻzbeklar orasida oʻtgan. Toʻqmoq va Bolasogʻunda yashagan. Uygʻurlar va koʻchmanchi qirgʻizlar orasida ham katta hurmatga sazovor boʻlgan. Siyosiy faoliyati 1917-yil noyabrda eʼlon qilingan Turkiston muxtoriyati hukumati faoliyatida qatnashgan. Turkiston Milliy Majlisi aʼzosi. Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach, Qoʻqondan chiqib ketadi va chorvadorlar orasida yashaydi. Alixontoʻra Sogʻuniyning „Turkiston qaygʻusi“ xotiralar kitobida yozilishicha, Qoʻqon fojialaridan 2—3-yil keyin u akasi Olimxontoʻra taqdiri bilan qiziqib, Qoshgʻar safaridan soʻng oʻz yashash joyi – Bolasogʻun va Toʻqmoqdan Qoʻqon va Andijonga keladi. Andijon shahrida Xoʻtanariq boʻyidagi ota mahallasida yashovchi pochchasi Abdullahoji uyida Alixontoʻra oʻz akasi Olimxontoʻra bilan koʻrishadiAlixontoʻra Sogʻuniy. Turkiston qaygʻusi. Birinchi kitob. Kirish soʻzi muallifi va muharrir: Uvaysxontoʻra Shokirov. Toshkent:"Sharq", 2013. 66—80-betlar.Rajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent, 2021. 70-71-betlar.. Olimxontoʻraning keyingi taqdiri haqida maʼlumotlar uchramaydi. Yana qarang Turkiston muxtoriyati Alixontoʻra Sogʻuniy Manbalar
Turkum:Tarixiy shaxslar