Nemanja Bilbija (; 1990-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasi klubi Zrinjski Mostar va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Bilbija faoliyatini ona shahrining FK Borac Banja Luka klubida boshlagan, klub akademiyasiga 2000-yilda qoʻshilgan. Professional debyutini 2008-yilning 8-noyabrida 18 yoshida HŠK Posušjega qarshi o‘tkazdi. Ilk golini 2009-yil 7-mart kuni Orashega qarshi o‘yinda kiritdi.

2010-yil 29-yanvarda Bilbija Serbiyaning Vojvodina jamoasiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi faoliyati davomida sobiq jamoasi Borac Banja Lukaga ikki marta ijaraga yuborildi.

2013-yilning avgustida Bilbija Sarajevo bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

2015-yilning iyulida Splitga ikki yillik shartnoma asosida kelib qoʻshildi.

Zrinjski Mostar 2016-yil 11-fevralda Bilbija Zrinjski Mostar bilan tekinga shartnoma imzoladi. Klubdagi debyut uchrashuvida 28-fevral kuni sobiq jamoasi Sarajevoga qarshi o‘yinda gol urdi.

Gangwon 2018-yilning 23-dekabrida Bilbija Janubiy Koreyaning Gangwon jamoasiga nomaʼlum transfer narxi evaziga qo‘shildi. 2019-yilning 4-yanvarida Bilbija klub bilan shartnoma imzolaganidan soʻng rasman Gangvonga qoʻshildiNemanja Bilbija potpisao za Gangwon: Sretan sam što sam došao u ovu ligu at klix.ba, 4 January 2019.

Zrinjski Mostarga qaytish 2019-yil 24-dekabrda Bilbija Gangwonga qo‘shilganidan deyarli bir yil o‘tib Zrinjskiga qaytib keldi va Mostar klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Bilbija birinchi oʻyinini 2020-yil 23-fevralda Chelik Zenicaga qarshi 2:0 hisobida gʻalabali oʻyinda oʻtkazdi va gol urishga erishdi.

Xalqaro faoliyati Bilbija 21 yoshgacha boʻlgan Bosniya va Gersegovina terma jamoasi sardori boʻlgan. 9 gol bilan jamoa tarixidagi eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi.

2017-yil avgust oyida Bilbija Kipr va Gibraltarga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi. 2018-yilning 28-yanvarida AQSHga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi.

Shaxsiy hayoti Bilbijaning otasi Milorad ham professional futbolchi boʻlib, hozirda futbol murabbiy boʻlib ishlaydi.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBorac Banja Luka2008—2009Bosniya Premyer-ligasi17500-1752009—2010Bosniya Premyer-ligasi13631-168Jami301132-3313Vojvodina2009—2010Serbiya Superligasi10100-1012010—2011Serbiya Superligasi18130-2112011—2012Serbiya Superligasi500000502012—2013Serbiya Superligasi9020301402013—2014Serbiya Superligasi10004151Jami4325071553Borac Banja Luka (ijara)2011—2012Bosniya Premyer-ligasi11610-1262012—2013Bosniya Premyer-ligasi128--128Jami231410-2414Sarajevo2013—2014Bosniya Premyer-ligasi10262-1642014—2015Bosniya Premyer-ligasi2041062276Jami30672624310Split2015—20161. HNL90--90Zrinjski Mostar2015—2016Bosniya Premyer-ligasi94--942016—2017Bosniya Premyer-ligasi3110322036122017—2018Bosniya Premyer-ligasi3012002032122018—2019Bosniya Premyer-ligasi161410622316Jami86404210210044Gangwon2019K Liga 16221-83Zrinjski Mostar2019—2020Bosniya Premyer-ligasi3200-322020—2021Bosniya Premyer-ligasi2817103432212021—2022Bosniya Premyer-ligasi323311-33342022—2023Bosniya Premyer-ligasi171000822512Jami8062211169369Jami faoliyati3071362473411365154

Xalqaro

Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2018 1 0 Jami 1 0

Yutuqlari Sarajevo

Bosniya Premyer-ligasi: 2014—2015 Bosniya kubogi: 2013—2014

Zrinjski Mostar

Bosniya Premyer-ligasi: 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018, 2021—2022

Individual

Bosniya Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2020-21 (17 gol), 2021-22 (33 gol)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar