Tanha AnsariBornHassan Ali Ansari1914 (1914)Jammu and Kashmir, British IndiaDied1969 (aged 54–55)Jammu and Kashmir, IndiaPen nameTanha AnsariOccupationPoet, TeacherLanguage Urdu Kashmiri Persian ArabicEducationBASubjectPolitics, EducationYears active1932–1969 Tanha Ansoriy (tugʻilgan Hasan Ali Ansoriy ; 1914 1969) Kashmir shoiri va maktab oʻqituvchisi boʻlgan. bu shoir Urdu,kashmir, arab va fors tillarida ijod qilgan . U birinchi navbatda Jammu va Kashmir hududidagi Dogra hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolonda oʻz sheʼri bilan tanilgan edi, biroq uning ijodi 1947-yilgacha eʼtibordan chetda qolgan. Hindiston yarimoroli boʻlingandan soʻng u oʻz asarlari bilan Kashmir ozodlik harakatida faol qatnashgandir.
1960-yilda u Jammu va Kashmirning eng yaxshi oʻqituvchisi uchun Milliy mukofotga sazovor boʻlad. Unga bu mukofatni Hindistonning prezidenti Sarvepalli Radxakrishnan taqdim etdi. U Kehkashaan, Kong Posh, Gulrez, Al-Irshaad, Hamara Adab, Aajkal va Taameer kabi bir nechta gazetalarda ishlagandir.
Erta hayot va ta'lim U Hindistonining Kashmir shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Laknauga xalqiga tegishli shaxslar boʻlishgan. Maharaja Gulab Singx Kashmir vodiysiga tashrif buyurganida soʻng ular Kashmirga kelishgan. Uning ota-onasi keyinchalik Magam, Gulmargga koʻchib ketishgan. 1910-yilda uning oilasi Baramullaga koʻchib oʻtdi va u yerda umrini oʻtkazdi. U san'at oʻquvi, keyin esa fors va urdu tillarida ta'lim oldi. Ta'limni tugatgandan keyin, u Soporedagi maktab oʻqituvchisi lavozimida ishlagan va keyinchalik direktor darajasiga koʻtarilgandir.
Karyera U adabiy faoliyatini 1932-yilda urdu she’riyati bilan boshlagan. Maktab oʻqituvchisi sifatida u oʻqituvchilar uchun Taleem-U-Zabaan nomli oʻquv qoʻllanma yozgan, keyinchalik Jammu va Kashmirdagi ta'lim tizmiga va ta'lim doktori kurslari dasturiga kiritilgandir. Uning "Furoat" nomli kashmir she'riy kitobi mavjud, buning uchun Jammu va Kashmir hukumati uni Milliy mukofot bilan taqdirlagan. Uning urducha she'riy kitoblari bor, jumladan, Furaat bilan birga 1971 va 1972 yillarda ukasi tomonidan nashr etilgan Shabnamiston kabi kitobi bor.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Arab durdonalari Turkum:Arab adabiyoti Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:1969-yilda vafot etganlar