Kuhrang bulogʻi — Eronning Koʻhgiluya va Buyir-Ahmad ustonidagi buloq. U Zardkuh togʻi etagidan oqib tushib, bir nechta toʻsiqlardan oʻtadi va Kuhrang suv omboriga quyiladi. Suv omborida esa Zoyandarud daryosiga kelib qoʻshiladi. Buloq atrofi, uning tabiati, u yerda yashaydigan mahalliy aholi yashash joylari buloq goʻzalligini ikki barobar oshiradi. Buloq atrofida sayyohlar uchun barcha zamonaviy imkoniyat hamda shart-sharoitlarning bari mujassamdir.
Manbalar