[ { "type": "Feature", "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ -6.8755, 33.9708 ] }, "properties": { "title": "Исламская организация по вопросам образования, науки и культуры", "marker-symbol": "college", "marker-color": "#3366cc"
} , { "type": "ExternalData", "service": "geoline", "ids": "Q1264411", "properties": { "stroke": "#FF9999"
}, { "type": "ExternalData", "service": "geoshape", "ids": "Q1264411", "properties": { "fill": "#FF0000", "fill-opacity": 0.1, "stroke": "#FF9999"
} ]HGЯO
Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti () – musulmon mamlakatlarida ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi, a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ixtisoslashgan tashkilotdir. ICESCO qarorgohi Rabotda (Marokash) joylashgan. Uning bosh direktori, doktor Salom Bin Muhammad Al Malik bo‘ladi.
Tarixi 1981-yil 28-25-yanvar kunlari Muqaddas Makka shahrida bo‘lib o‘tgan uchinchi islom anjumanida qabul qilingan oliy qaror Islom hamkorlik tashkiloti qoshida “Ta’lim, fan va madaniyati bo‘yicha islom tashkiloti” deb nomlangan qo‘shma islom ishchi-xodim organlari doirasida yangi xalqaro islom organi tashkil etilganligi o‘z tasdig‘ini topadi.
2020-yil 30-yanvar, chorshanba kuni Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) Ijroiya kengashi 2020-yil 29-30-yanvar kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan qirqinchi sessiyasida tashkilotning yangi nomi — Ta’lim, fan va madaniyat islom dunyosi tashkiloti (ICESCO) tasdiqlandi .
ICESCO Bosh direktori, doktor Salom Bin Muhammad Al-Malik tashkilot nomining o‘zgarishi tashkilotning diniy bo‘lmagan missiyasi mohiyatiga oid keng tarqalgan ikkiyuzlamachilikni bartaraf etish va keng dunyoqarashni ochish maqsadida xalqaro miqyosda aloqa munosabatlarini tiklashga qaratilganganligini ta’kidlaydi. Uning aytishicha, tashkilotning yangi nomi uning faoliyat yo‘nalishlari, xususan, ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiyalar sohasidagi madaniylashtirish vazifasi mohiyatini to‘g‘ri aks ettiradi.
Maqsadlari a) a’zo davlatlar o‘rtasida ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, rag‘batlantirish va o‘zlashtirish, shuningdek, ushbu sohalarni islom olamining madaniylashtirilgan belgisi doirasida va islom olami nuqtai nazaridan umuminsoniy qadriyat va g‘oyalarni targ‘ib qilish va rivojlantirish;
b) a’zo davlatlar va undan tashqarida xalqlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlash, shuningdek, turli yo‘llar bilan, ayniqsa, ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiya orqali dunyoda tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatishga ko‘maklashish;
d) islom va islom madaniyati g‘oyasini kengaytirish, ta’lim, madaniyat va dinlar o‘rtasidagi muloqotni rag‘batlantirish, islom ta’limotiga muvofiq adolat va tinchlik madaniyati qadriyatlarini, erkinlik va inson huquqlari tamoyillarini yoyishga harakat qilish;
e) A'zo davlatlarda madaniy o'zaro ta'sirni rag'batlantirish va uning xilma-xilligi namoyon bo'lishini qo'llab-quvvatlash, shu bilan birga madaniy o'ziga xoslikni saqlab qolish va mustaqil intellektuallikni himoya qilish;
f) Islom hamkorlik tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiyalar sohasidagi ixtisoslashgan institutlari o‘rtasida hamda ISESCOga a’zo davlatlar o‘rtasida bir-birini to‘ldirish va muvofiqlashtirishni kuchaytirish, shuningdek, a’zo davlatlar ichida ham, tashida ham umumiy davlat va nodavlat notijorat institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash;
g) O‘quv dasturlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida, intellektual xususiyatlarini kengaytirish va islom madaniyatiga e’tibor qaratish hamda uning asosiy jihatini ochib berish;
h) a’zo davlatlarning ta’lim tizimlari o‘rtasida bir-birini to‘ldirish va o‘zaro bog‘liqlik ustida ishlash;
i) ISESCOga a’zo bo‘lmagan islom davlatlarining ta’lim, fan va madaniyat muassasalari sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash .
A’zo davlatlarning ISESCOga kirgan yili Islom olami ta’lim, fan va madaniyati tashkiloti nizomida aytilishicha, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo har bir davlat nizomi rasmiy imzolanganidan keyin va qaror qabul qilish bo‘yicha huquqiy va qonunchilik jarayonlari tugagandan so‘ng ICESCO ga a’zo bo‘ladi. qo‘shilish va bu haqda ICESCO Bosh ma’muriyatiga yozma ravishda xabar berishi kerak. Islom anjumani tashkilotiga a’zo yoki kuzatuvchi bo‘lmagan har qanday davlat ICESCO ga a’zo bo‘la olmaydi.
Bugungi kunda Islom tashkilotiga a’zo davlatlar soni 57 ta, umumiy hisobda olganda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar esa 52 ta yetdi.
Ushbu davlatlar arab alifbosi tartibida tashkilotga kirgan yili bilan joylashtirilgan: NomiKirgan yiliOzarbayjon Respublikasi1991Afg'oniston Islom Respublikasi2003Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi1982Birlashgan Arab Amirliklari1983Bahrayn1982Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi2000Saudiya Arabistoni Qirolligi1982Senegal Respublikasi1982Sudan Respublikasi1982Somali Federativ Respublikasi1982Iroq Respublikasi1982Gabon Respublikasi1982Kamerun Respublikasi2001Quvayt davlati1982Marokash Qirolligi1982Niger Respublikasi1982Yaman Respublikasi1983Indoneziya Respublikasi1986O'zbekiston Respublikasi2017Uganda Respublikasi2012Eron Islom Respublikasi1992Pokiston Islom Respublikasi1982Bruney Darussalam1985Bangladesh Xalq Respublikasi1982Benin Respublikasi1988Burkina-Faso1982Turkiya Respublikasi2017Chad Respublikasi1982Togo Respublikasi2002Tunis Respublikasi1982Komor Birlashgan Respublikasi1982Maldiv orollari1982Jibuti Respublikasi1982Kot-d'Ivuar Respublikasi2001Suriya Arab Respublikasi1982Surinam Respublikasi1996Syerra-Leone Respublikasi1984Tojikiston Respublikasi1993Ummon sultonligi1982Gambiya Respublikasi1982Gayana Respublikasi2014Gvineya Respublikasi1982Gvineya-Bisau Respublikasi1984Falastin davlati1982Qatar davlati1982Qirg'iziston Respublikasi1996Qozog'iston Respublikasi1996Livan Respublikasi2002Liviya davlati1984Mali Respublikasi1982Malayziya1982Misr Arab Respublikasi1984Mavritaniya Islom Respublikasi1982Nigeriya Federativ Respublikasi2001
Manbalar
Havolalar
Tashkilotning rasmiy sayti
Said Komilev bilan suhbat Turkum:Islom madaniyati