Darren William Rumble () (1969-yil 23-yanvarda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey murabbiyi va sobiq professional xokkeychi. Rumble Milliy xokkey ligasining „Philadelphia Flyers“, „Ottawa Senators“, „St. Louis Blues“ va „Tampa Bay Lightning“ kabi xokkey klublarida oʻynagan, ammo faoliyatining katta qismini turli kichik liga jamoalarida oʻtkazgan edi. Keyinchalik Darren Rumble Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Norfolk Admirals“ xokkey klubi bosh murabbiyi boʻldi va bu lavozimda 2010-yil yanvarigacha ishladi. 2013-yilda Darren Rumble IIHF xokkey boʻyicha jahon chempionatida Islandiya milliy xokkey terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlgan edi.

Oʻyin faoliyati Yoshligida Darren Rumble 1982-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Barrie shahrining kichik xokkey jamoasi bilan oʻynadi.

Darren Rumble 1987-yilgi NHLga kirish loyihasida „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga 20-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Rumble 1989—1990-yillarda „Hershey Bears“ xokkey klubi safida faoliyat olib bordi. U klub bilan uch mavsum oʻynadi. Shundan soʻng, Darren Rumble 1992-yilda „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

1997-yilda Darren Rumble Deutsche Eishockey Liga vakili "Adler Mannheim " klubi uchun bir mavsum oʻynash maqsadida Shimoliy Amerikani tark etdi. Oʻsha mavsumdan soʻng, Rumble keyingi etti mavsumni turli AHL va IHL jamoalarida oʻtkazdi. Faoliyati davomida Ramble NHLda 193 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Murabbiylik faoliyati 2007-yilda Darren Rumble AHLning „Norfolk Admirals“ xokkey kaubi safiga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi. 2008 -il iyul oyida Darren Rumble „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bosh murabbiyi Steve Stirling oʻrniga klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2010-yil 12-yanvarda Darren Rumble „Tampa Bay Lighting“ klubi tomonidan ishdan boʻshatildi. Keyinchalik Darren Rumble „Seattle Thunderbirds“ klubi uchun yordamchi murabbiy boʻldi. 2013-yilning iyul oyida Darren Rumble „Moncton Wildcats“ (QMJHL) klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1985—1986Barrie ColtsCJHL4614324691—————1986—1987Kitchener RangersOHL6411324344401191987—1988Kitchener RangersOHL5515506564—————1988—1989Kitchener RangersOHL4611294025510121989—1990Hershey BearsAHL572131531—————1990—1991Hershey BearsAHL736354148305521990—1991Philadelphia FlyersNHL31010—————1991—1992Hershey BearsAHL79125466118603321992—1993New Haven SenatorsAHL21010—————1992—1993Ottawa SenatorsNHL693131661—————1993—1994PEI SenatorsAHL32020—————1993—1994Ottawa SenatorsNHL706915116—————1994—1995PEI SenatorsAHL7074653771106641995—1996Hershey BearsAHL5813375083500061995—1996Philadelphia FlyersNHL50004—————1996—1997Philadelphia PhantomsAHL72184462837033191996—1997Philadelphia FlyersNHL100000—————1997—1998Adler MannheimDEL2127918—————1997—1998San Antonio DragonsIHL467222947—————1998—1999Grand Rapids GriffinsIHL536222844—————1998—1999Utah GrizzliesIHL1014510—————1999—2000Grand Rapids GriffinsIHL293101320—————1999—2000Worcester IceCatsAHL390171731902262000—2001Worcester IceCatsAHL5362430658011102000—2001St. Louis BluesNHL1204427—————2001—2002Worcester IceCatsAHL603293248304422002—2003Springfield FalconsAHL335172218—————2002—2003Tampa Bay LightningNHL190006—————2003—2004Hershey BearsAHL52026—————2003—2004Tampa Bay LightningNHL50002—————2004—2005Springfield FalconsAHL100114—————AHL jami61477317394612520242451NHL jami193102636216—————IHL jami138175875121—————

Manbalar

Turkum:Kanadalik xokkey murabbiylari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari