thumb| Sudanning norasmiy ayollar futbol jamoasi, 2018-yil Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi () Sudan mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2021-yilda tashkil etilgan va Sudan davlatining futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Sudan Futbol Uyushmasi (SFA) tomonidan nazorat qilinadi.
Sudanda 2018-2019-yillardagi inqilobi jamoat tartibini cheklovchi sobiq qonunlarni bekor qilmaguncha, ayollarga futbol kabi sport turlari bilan shugʻullanishga rasman ruxsat berilmagan edi. 2019-yil sentabr oyida Sudanning turli shaharlaridan 21 jamoadan iborat ayollar ligasi tashkil etildi. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlab Misr poytaxti Qohira shahrida Arab Futbol Assotsiatsiyalari Ittifoqi (UAFA) tomonidan tashkil etiladigan 2021-yilgi arab ayollar kubogiga yo‘llanma olgan.
Tarixi
Tashkil etilishi 1946-yilda tashkil etilgan va 1948-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan Sudan Futbol Assotsiatsiyasi Afrika Futbol Konfederatsiyasining (CAF) asoschilaridan biri boʻlgan va hozirda ham Konfederatsiya aʼzosi boʻlishda davom etmoqda.
2011-yilda diniy fundamentalizm va globallashgan jamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga ko‘ra, baʼzi sudanlik ayollar ijtimoiy va huquqiy cheklovlarga qaramay, 2000-yillarning boshidanoq futbol o‘ynashni boshlagani norasmiy ayollar ligasi rivojlanishi uchun muhim qadam deb hisoblangan. Ushbu norasmiy liga doirasida 2006-yilda Xartumda The Challenge deb nomlangan birinchi Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilgan. 2006-yilda The Challenge oʻzining birinchi raqobatbardosh oʻyinini oʻtkazgan. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasiga Sara Edward sardorlik qilgan va ular Sudan universitetining islomiy meʼyorlarga mos kiyim kiygan jamoasiga qarshi oʻynagan. Oʻyin sifati yuqori emas edi va oʻyin The Challenge jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
FIFAning 2012-yilda ayollar terma jamoasini tuzish maqsadga muvofiqligi haqidagi savoliga javoban Islom fiqhi kengashi Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining tashkil etilishiga qarshi navbatdagi fatvo chiqardi va buni axloqsiz harakat deb baholadi. Fatvoda futbol erkaklar sporti ekanligi va ayollar unda ishtirok etmasligi kerakligi, chunki u erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tafovutlarga qarshi eksnligini taʼkidlangan.
Jamoaning tan olinishi 2019-yilda yangi oʻtish davri hukumati ostida turli shaharlardan 21 ta jamoadan iborat ayollar ligasi tashkil etilgandan soʻng, Sudan Futbol Uyushmasi mahalliy va milliy ayollar jamoalarini tan oldi va qoʻllab-quvvatlay boshladi. Lekin 2021-yil boshigacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olinmagan. Biroq, oʻsha yilning avgustiga kelib, Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan tan olindi va 2021-yilgi Arab ayollar kubogida ishtirok etishga taklif qilindi.
2019-yilda rasmiy tan olinganidan beri Sudan ayollar ligasiga ega boʻlish uchun Arab va Afrika mintaqalaridagi boshqa futbol birlashmalariga qoʻshildi. Arab futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UAFA) aʼzo boʻlganligi sababli Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xalqaro musobaqasi 2021-yilda boʻlib oʻtgan. Oʻshanda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi Arab ayollar kubogida oʻynagan.
Ommabop ommaviy axborot vositalarida Sudanlik kinorejissyor Marva Zeinning 2019-yilgi mukofotga sazovor bo‘lgan "Khartoum Offside" hujjatli filmi o‘sha davrdagi islomiy hukumat ostida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasini tashkil etgan ayollar haqida edi.
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Lavozimi Ismi Man. Bosh murabbiy Imed Hujli Yordamchi murabbiy Salma Majdi Darvozabonlar murabbiyi Xolid Darvich Jismoniy murabbiy Sujud Hafed
Bosh murabbiylar tarixi
Faroug Jabra (2021-2022) Imed Houjly (2022-hozirga qadar)
Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
Hozirgi tarkib Quyidagi futbolchilar 2022-yil fevral oyida Janubiy Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinlarda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.
Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati 1991 yildan 2015-yilgacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2019 Kiritilmadi2023-yil Jami 0/2 0 0 0 0 0 0 0
Olimpiada oʻyinlari Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati 1996-yildan 2020 Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2024-yil Jami 0/7 0 0 0 0 0 0 0
Afrika ayollar millatlar kubogi Afrika ayollar millatlar kubogida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yildan 2014-yilgacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2016-yildan 2018-yilgacha Kiritilmadi 2020-yil Afrikadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi 2022-yil Chiqib ketdi Jami 0/2 0 0 0 0 0 0 0
Afrika oʻyinlari Afrika oʻyinlarida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar 2003-yildan 2019-yilgacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2023 yil Aniqlanmoqda Jami 0/4 0 0 0 0 0 0
Arab ayollar kubogi Arab ayollar kubogi rekordiYilNatijaOʻrinOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 2006-yil Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2021-yil Guruh bosqichi 6 3 0 0 3 2 27 −25
Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlari tarixi Quyida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
Ushbu roʻyxatni tuzishda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan
Raqib terma jamoaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbatiKonfederatsiyasi 2 0 0 2 0 17 −17 CAF 2 0 0 2 0 9 −9 CAF 1 0 0 1 1 12 −11 CAF 1 0 0 1 0 10 −10 CAF 1 0 1 0 1 5 −4 AFC
Yana qarang
Sudanda sport Ayollar futbol assotsiatsiyasi
Manbalar
Havolalar
Sudanning qoʻrqmas ayol futbolchilari — Deutsche Welle tomonidan qisqacha video
Turkum:Afrikadagi ayollar milliy futbol terma jamoalari