Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shaharda 35798 ta xonadonda 83891 nafar aholi istiqomat qiladiCita City official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1828 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 45,90 kvadrat kilometr (17,72 mi²) ga teng.

Geografiyasi Chita shahri Chita yarim orolining shimoli-gʻarbiy qismida, Aichi prefekturasining janubida, dengiz sathidan 50-70 metr balandlikda joylashgan. Sharqdan Ise koʻrfazi bilan chegaradosh.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Aichi prefekturasi

Tōkai Tokoname Agui Higashiura

Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Chitada oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1638 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,5 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,4 °C atrofida boʻladiChita climate data. left|thumb|200x200px|Demografiyasi Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraChita population statistics, Chita aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida barqaror ravishda oʻsib bormoqda.

Tarixi

Ilk zamonaviy davri Okada, Hinaga, Kanazava, Yahata, Shinva va Sori qishloqlari 1889-yil 1-oktabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Aichi prefekturasining Chita tumani tarkibida tashkil etilgan.

Okada 1903-yilda shaharcha maqomiga koʻtarildi, undan keyin 1922-yilda Yahata va 1952-yilda Asahi ham shu maqomga erishdi.

Zamonaviy tarixi Chita shahri 1955-yil 1-aprelda sobiq Okada, Asahi va Yavata shaharlarining qoʻshilishi natijasida tashkil topgan.

Chita 1970-yil 1-sentyabrda shahar maqomiga koʻtarildi.

Hukumat thumb|200x200px|Chita shahar hokimiyati Chita toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Aichi tumani tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti thumb|200x200px| Chita paxtasi Chita oʻzining qirgʻoq chizigʻi boʻylab joylashgan kuchli sanoat bazasiga ega boʻlib, bunda elektr stansiyalari, kimyo va neft-kimyo zavodlari hamda neftni qayta ishlash zavodlari ustunlik qiladi. Lekin asosiy aholi yumushi qishloq xoʻjaligi ekinlari Petasites japonicus va piyozni yetishtirishni oʻz ichiga oladi, ammo qishloq xoʻjaligining aksariyati sohalari sugʻorishga bogʻliq. Chubu Electric shahardagi yirik Chita elektr stansiyasini boshqaradi. Bosh qarorgohi Chitada joylashgan kompaniyalarga quyidagilar kiradi:

Chubu shiryo, yem-xashak ishlab chiqaruvchisi San-ei Sucrochemical, shakar ishlab chiqaruvchisi Chita LNG, energiya taʼminotchisi Tohmei Industries, aerokosmik komponentlar

Taʼlim tizimi

Maktablar Chitada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻnta davlat boshlangʻich maktabi va beshta davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham bunyod etilgan.

Transport

Temir yoʻllar

20x20px Meitetsu

Meitetsu Tokoname liniyasi : — Teramoto — Asakura — Komi — Nagaura — Hinaga — Shin Maiko - Meitetsu Kova liniyasi : — Tatsumigaoka -

Yoʻllar

Yaponiya milliy marshruti

Milliy yoʻnalish 155 Milliy yoʻnalish 247

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Okusa qal’asi Shin Maiko dengiz parki Sori Greenery va Fureai Park

Chitaning taniqli odamlari

Takuya Asao, professional beysbolchi Koji Fukutani, professional beysbolchi Ayumi Kinoshita, aktrisa Takeshi Yamasaki, professional beysbolchi Tetsuya Yamato, professional kik-bokschi Galereya

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yaponiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharlar Turkum:Chita (Aichi)