Jurriën David Norman Timber (; 17-iyun 2001-yilda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Eredivizionning Ajax klubi va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi.

2014-yilda Timber Feyenoorddan „Ajax“ning yoshlar akademiyasiga kelgan. 2020-yil mart oyida birinchi jamoada debyut qilgan va ikkita Erediviziya chempionligi va bir marta KNVB kubogini qoʻlga kiritgan. 2022-yilda Marco van Basten mukofotini qoʻlga kiritdi.

Timber Gollandiya terma jamoasi safida umumiy 29 ta o‘yinda maydonga tushgan. 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. 2021-yil iyun oyida milliy terma jamoa safida debyut qilgan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Timber toʻrt yoshida Utrechtning DVSU klubida futbol oʻynay boshlagan, olti yoshida Feyenoordning yosh toifadagi jamoasiga qoʻshilgan. 2014-yilda Ajaxga o‘tdi va klubda 2018-yilda o‘zining birinchi professional shartnomasini imzoladi.

Ajax Timber 2020-yil 7-mart kuni „Ajax“ safida SC Heerenveenga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qildi.

„Ajax“dagi ilk golini 2021-yilning 2-may kuni Emmenga qarshi o‘yinda kiritdi. Bu 4:0 hisobidagi yakunlangan oʻyinning birinchi gol edi va ushbu gʻalaba „Ajax“ni 35-marta Erediviziya chempioni bo‘lishini tasdiqladi.

Xalqaro faoliyati Timber Gollandiyaning 15 yoshgacha, 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida oʻynagan. UEFA Yevro-2020 musobaqasi uchun Gollandiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Jamoadagi debyutini 2021-yil 2-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazdi.

Shaxsiy hayoti Timberning Quinten Timber ismli egizak ukasi bor. Kelib chiqishlari aruba va kurasaodan. Onasi Merilin Arubadan, otasi esa Gollandiya Karib dengizidagi ABC orollarining Kyurasao shahridan. Egizaklarning Shamier, Chris va Dylan ismli uchta akasi ham bor.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Boshqa Jami Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Yong Ajax 2018—2019 Erste divizioni 11 0 — — — 11 0 2019—2020 Erste divizioni 24 0 — — — 24 0 2020—2021 Erste divizioni 4 0 — — — 4 0 Jami 39 0 0 0 0 0 0 0 39 0 Ajax 2019—2020 Eredivizion 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0 2020—2021 Eredivizion 20 1 4 0 6 0 — 30 1 2021—2022 Eredivizion 30 3 4 0 8 0 1 0 43 3 2022—2023 Eredivizion 14 0 0 0 6 0 1 0 21 0 Jami 65 4 8 0 20 0 2 0 95 4 Jami faoliyati 104 4 8 0 20 0 2 0 134 4

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2021 6 0 2022 7 0 Jami 13 0

Yutuqlari Ajax

Eredivizion: 2020—2021, 2021—2022 KNVB kubogi: 2020—2021

Niderlandiya U17

17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2018

Individual

Kyurasaoda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021 Erediviziyada oyning eng yaxshi iqtidorli oʻyinchisi: 2021-yil sentyabr, 2021-yil noyabr Ajax yilning eng yaxshi iqtidori (Marco van Basten mukofoti) : 2021—2022

Manbalar

Havolalar

Jurriën Timber Arsenal F.C. saytida Jurriën Timber Niderlandiya qirolligi futbol assotsiatsiyasi saytida (golland tilida)

Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Jong Ajax futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari