Shakir Maratovich Mukhamadullin () (; 2002-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Shakir Mukhamadullin hozirda ("Salavat Yulaev Ufa" xokkey jamoasi bilan shartnoma asosida) Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili sifatida Milliy xokkey ligasining (NHL) „New Jersey Devils“ xokkey jamoasi safida ijara shartnomasi asosida oʻynamoqda. Shakir Mukhamadullin 2020-yilgi NHL kirish loyihasida „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga 20-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.
Klublardagi oʻyin faoliyati Shakir Mukhamadullin ilk bor yoshligida ona shahrining "Salavat Yulaev Ufa" xokkey klubida Kontinental xokkey ligasi (KHL) tarkibida oʻynagan. 2020-yil 22-noyabr kuni Shakir Mukhamadullin bir mavsumda 18 yoshli himoyachi tomonidan KHLda to‘plangan ochkolar boʻyicha KHL rekordini yangiladi. Bu rekord avvalroq „Washington Capitals“ xokkey klubi himoyachisi Dmitry Orlovga tegishli edi.
2021—2022-yilgi mavsum uchun Shakir Mukhamadullin 2021-yil 1-dekabrda „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnomaga imzo chekdi. Shakir Mukhamadullin mavsumning qolgan qismida „Salavat Yulaev Ufa“ klubi bilan KHLda ijara asosida qolishi kerak edi. Keyingi mavsum uchun Shakir Mukhamadullin „New Jersey Devils“ klubi tomonidan klubning AHL filiali „Utica Comets“ klubiga yuborildi. U „Utica Comets“ klubi tarkibida 3 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
2022-yil 14-iyulda Shakir Mukhamadullin „New Jersey Devils“ klubidagi 2022—2023-yilgi mavsum uchun klub bilan ijara shartnomasini imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Shakir Mukhamadullin 2018-yilgi 17 yoshgacha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon xokkey challenge musobaqasida Rossiya sharafini himoya qildi. Shakir Mukhamadullin 2019-yilgi Hlinka Gretzky kubogi doirasidagi musobaqada ham Rossiyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy xokkey terma jamoasi safida maydonga tushdi. U 2019-yilgi IIHF U-18 jahon chempionatida ham Rossiya terma jamoasi safida ishtirok etdi. Ushbu musobaqada Rossiya terma jamoasi kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti 2018—2019 Tolpar Ufa MHL 5 1 2 3 2 6 1 0 1 0 2019—2020 Tolpar Ufa MHL 13 2 8 10 6 2 0 0 0 4 2019—2020 Salavat Yulaev Ufa KHL 27 0 1 1 0 2 0 0 0 0 2019—2020 Toros Neftekamsk VHL 1 0 0 0 0 — — — — — 2020—2021Salavat Yulaev Ufa KHL 39 3 7 10 10 — — — — — 2021—2022Salavat Yulaev Ufa KHL 34 3 4 7 12 11 0 0 0 4 2021—2022Utica Comets AHL — — — — — 3 0 2 2 0 KHL jami 100 6 12 18 22 13 0 0 0 4
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2018 Rossiya U17 6 0 0 0 2 2019 Rossiya U18 6 0 0 0 2 2019 Rossiya HG18 5 0 1 1 4 2019 Rossiya WJAC 6 1 2 3 8 2021 Rossiya WJC 4 7 0 0 0 0 Jami 30 1 3 4 16
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:Rossiya xokkeychilari