Jorrit Petrus Karolina Hendrix (; 1995-yil 6-fevralda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Germaniyaning 2.Bundesliga vakili Fortuna Düsseldorfda yarim himoyachi.

Klublardagi faoliyati

PSV Hendrix oʻz shahrining „SV Panningen“ klubida futbol oʻynay boshlagan. 2004-yilda PSV Eindhovenning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2013-yilning 3-avgustida Sparta Rotterdamga qarshi ikkinchi darajali Eerste diviziyasida Jong PSV futbolchisi sifatida professional debyutini o‘tkazdi. Bir hafta oʻtgach, Erediviziyadagi debyuti NECga qarshi oʻyinda (5:0) boʻldi. Rasmiy debyutidan 10 kun oʻtgach, Hendrix PSV bilan yangi shartnoma imzoladi va bilan 2017-yilgacha qolishga rozi boʻldi. 2013-yilning 31-avgustida Cambuurga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushdi. 2014-yil 26-oktyabrda PSVning asosiy jamoasi safida ilk golni urdi. Hendrix PSV bilan birinchi liga chempionligini 2015-yilning 18-aprelida qo‘lga kiritdi. 2015-yil 15-sentyabrda UEFA Chempionlar Ligasi asosiy turnirida debyut qildi. Oʻsha kuni PSV oʻz maydonida „Manchester United“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi, Hendrix 90 daqiqa oʻynadi. left|thumb|225x225px| Hendrix PSV bilan 2014-yil iyul oyida Spartak Moscow 2021-yilning 12-yanvarida PSV bilan shartnomasi tugashiga olti oydan kam vaqt qolgan Hendrix 500 ming yevro evaziga Rossiyaning Spartak klubiga o‘tdi. 2021-yilning 16-yanvarida „Spartak“ klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini tasdiqladi. 2021-yilning 17-yanvarida Dubaydagi qishki yig‘inda „Spartak“ bilan ilk mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Klubdagi debyuti 2021-yil 20-fevral kuni Rossiya kubogi doirasida Moskvaning „Dynamo“siga qarshi o‘yin oʻyinda (0:2) boʻldi.

Feyenoordga ijara 2022-yil 26-yanvarda Feyenoord ga ijaraga o‘tdi. Klub yarim himoyachini 2021—2022-yilgi mavsum oxirida sotib olishi ham mumkin edi.

Fortuna Düsseldorf 2022-yil 11-avgustda Hendrix Germaniyaning Fortuna Düsseldorf klubi bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati Hendrix 2016-yilning avgust oyida Gretsiya va Shvetsiyaga qarshi oʻyin uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarPSV2013—2014Erediviziya2002050-2702014—201520120110-3312015—20162623070103722016—20171911020102312017—20183324020-3922018—20192910080103812019—20201711060102512020—2021901060-160Jami1738140470402388Jong PSV2013—2014Eerste Diviziyasi40---402014—201521---212016—201720---20Jami81---81Spartak Moscow2020—2021Rossiya Premyer-ligasi10010--1102021—2022800030-110Jami180103000220Feyenoord (ijara)2021—2022Erediviziya00-00-00Jami faoliyati1999150500402689

Terma jamoada MavsumTerma jamoaIshtirokGollar2009—2010Niderlandiya U15422010—2011Niderlandiya U16602011—2012Niderlandiya U171212012—2013Niderlandiya U18202012—2014Niderlandiya U19802014—2016Niderlandiya U21702016Niderlandiya10

Yutuqlari

Erediviziya: 2014—2015, 2015—2016, 2017-18 Johan Cruyff Shield: 2015, 2016 Maspalomas kubogi: 2015

Feyenoord

UEFA Yevropa konferensiya ligasi ikkinchi oʻrin: 2021—2022

Niderlandiya

U-17 UEFA chempionati: 2012-yil

Manbalar

Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar