Andy Ariel Najar Rodriguez (; 1993-yil 16-martda Gondurasning Choluteka shahrida tugʻilgan) — gonduraslik futbolchi, „D. C. United“ va Gonduras terma jamoasi himoyachisi. 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlari va 2014-yilgi Jahon kubogi ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati

2013-yilning 7-yanvarida Andy Najar belgiyaning „Anderlecht“ futbol klubiga oylik ijaraga oʻtgan, shundan soʻng klub uning transferini 3 million yevroga sotib olgan. 2-avgust kuni „Cercle Brugge“ futbol klubiga qarshi bahsda Andy Najarr Massimo Bruno oʻrniga Yupiler ligasida debyut qilgan. 2014-yilning 19-yanvarida „Mechelen“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Andy Najar „Anderlecht“ futbol klubi safida birinchi golni urgan. 2014-yilda Andy Najar turnirda gʻolib chiqgan va Belgiya Superkubogi sohibiga aylangan. 2017-yilda ikkinchi marta Belgiya chempioni boʻlgan.

2020-yil 17-iyun kuni Andy Najar „Los Angeles FC“ bilan shartnoma imzolab, MLSga qaytgan. U 23-iyul kuni MLS turnirida „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati 2011-yil 3-sentyabrda Andy Najar Gonduras terma jamoasida Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.

2012-yilning yozida Andy Najar terma jamoaning Londonga Olimpiya oʻyinlariga boradigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan. Turnirda u Ispaniya, Marokash va Yaponiya jamoalariga qarshi uchta oʻyinda ishtirok etgan.

2013-yilda Andy Najar CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Gaiti, El Salvador, AQSH terma jamoalariga qarshi turnirning barcha oʻyinlarida maydonga tushgan va Kosta-Rikaga qarshi bahsda Andy Najar terma jamoadagi ilk golini kiritgan.

2014-yilning yozida Andy Najar terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligidan joy olgan. Turnirda Andy Najar Fransiya va Shvetsariya bilan oʻyinlarda maydonga tushgan.

2015-yilda terma jamoa tarkibida Andy Najar CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Gaiti, AQSh va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Panamaliklarga qarshi kechgan bahsda Andy Najar gol urgan.

Statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar bo‘yicha ishtiroki va gollarJamoaMavsumLigaKubokXalqaro turnirBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolD. C. United201026520——285201131500——315201225020—10280Jami82104000108710Anderlecht15210101012732014—20152626171944882015—20162422091303832016—2017901050—1502017—201810001040602018—2019180104000230Jami93611127226515714Umumiy faoliyatida1751615127227524424

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:16-martda tugʻilganlar Turkum:Gonduraslik erkak futbolchilar