Vladyslav Viktorovych Vashchuk (; 1975-yil 2 yanvarda tugʻilgan) — isteʼfodagi ukrainalik futbolchi, oxirgi marta Volyn Lutsk klubida oʻynagan.

Vashchuk Ukraina milliy terma jamoasi safida ham 63 marta maydonga tushgan. Asosan markaziy himoya chizigʻida oʻynagan

Faoliyati

Klublardagi faoliyati Vashchuk ilk faoliyatini Kiyevning „Dynamo“ futbol akademiyasida boshlagan. 1993-yilda professional jamoadagi debyutini oʻtkazdi va keyingi 10 mavsum davomida ushbu klub safida oʻynadi. 2003-yildu bir mavsumni Rossiyaning Spartak jamoasida oʻtkazdi va keyingi 2004—2005-yilgi mavsumda Ukrainada Chornomorets Odessa bilan oʻynadi. 2005—2006-yilgi mavsumda 6 ta oʻyin oʻtkazgach, yana Kiyevning „Dynamo“ siga oʻtdi. „Dynamo“ bilan jami 9 marta Ukraina Premyer-ligasi chempioni, 6 marta Ukraina kubogi va 1 marta Ukraina Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2008-yilning yozida quyi ligadan oʻtgan jamoa — FK Lviv bilan 1 yillik shartnoma imzoladi va ammo 6 oy oʻynadi. 2009-yilning 11-martida Odessaning Chornomorets klubi bilan mavsumning qolgan qismi uchun shartnoma imzoladi. 2008—2009-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugadi va erkin agent sifatida jamoadan ketdi. Keyin Vashchuk 2009—2010-yilgi mavsumda „Chornomorets“ga qaytdi, ammo mavsum oxirida yana tark etdi.

Xalqaro faoliyati Vashchuk xalqaro faoliyatini Ukrainaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida boshlagan va jamoa tarkibida 22 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1996-yildan buyon milliy terma jamoada oʻynagan. 2006-yilda Ukrainadagi birinchi jahon chempionati final turnirida ishtirok etish uchun tanlangan. Vashchuk turnirdagi ilk oʻyinida bahsli qarorda shveysariyalik hakam Massimo Busaccadan qizil kartochka oldi. Oʻyinning 47-daqiqasida jarima maydonchasida oʻyinchilar oʻrtasida qoidabuzarlik yoʻqligiga qaramayIspaniya darvozasiga penalti belgilandi.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiIshtirokGoalsIshtirokGoalsIshtirokGoalsIshtirokGoalsDynamo1993—199424041 - -2811994—199531360704431995—1996100 - - - -1001996—199721210202521997—199823140913621998—1999251701314521999—2000201201213422000—2001210 - -802902001—200220050803302002—200350 - - - -50Spartak20032512020291Chornomorets2004—2005181 - - - -1812005—200660 - - - -60Dynamo2005—200624130 - -2712006—200713061 - -1912007—20081703031231Lviv2008—200911110 - -121Chornomorets2008—200981 - - - -812009—2010222 - - - -222Volyn2010—201124120 - -261Dynamoda jami254941262435715Jami faoliyati3681646264447822

Xalqaro gollari Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1999-yil 31-mart Olimpiyskiy milliy sport majmuasi, Kiyev, Ukraina UEFA Evro-2000 saralashi

Yutuqlari

Ukraina Premyer-ligasi: 1993—1994, 1994—1995, 1995—1996, 1996—1997, 1997—1998, 1998—1999, 1999—2000, 2000—202001, 2006—2007 Ukraina kubogi: 1996, 1998, 1999, 2000, 2006, 2007 Ukraina Superkubogi: 2006-yil

Manbalar

Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar