Sebastián Ignacio Vegas Orellana (; 1996-yil 4-dekabrda Chilining Santyago shahrida tugʻilgan) — chililik futbolchi, „Monterrey“ futbol klubi va Chili terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati Vegas „Audax Italiano“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 11-avgustda u Chili premyer ligasida „O'Higgins“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 2014-yilning 7-aprelida „Deportes Iquique“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Sebastián „Audax Italiano“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 2016-yilning yozida Vegas Meksikaning „Monarcas Morelia“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2-oktabr kuni „Guadalajara“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan. 2017-yil 23-avgustda „UNAM Pumas“ futbol klubiga qarshi bahsda Sebastián „Monarcas Morelia“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yilda Chili yoshlar jamoasi tarkibida Vegas Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Braziliya, Boliviya, Urugvay va Peruga qarshi oʻynagan. Urugvayliklarga qarshi kechgan bahsda Sebastián gol urgan.

2015-yilda futbolchi L'Alcudia turnirida g'olib chiqqan va oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

Vegas 2015-yilning yanvar oyida AQShga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun Chili terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan.

2015-yil boshida Vegas Chili yoshlar terma jamoasi tarkibida Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Venesuela, Urugvay, Braziliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yil 31-may kuni Vegas Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Chili terma jamoasi safida debyut qilgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAudax Italiano2013—201415150—201Audax Italiano B2013—201420——20Jami20000020Audax Italiano2014—201520010—2102015—201619041—231Jami54110100642Monarcas Morelia2016—201715060—2102017—201826241—3032018—201925461—3152019—202030250—352Jami9682120011710C. F. Monterrey2020—202132220303722021—2022311—503612022—2023141——141Jami7742080874Umumiy faoliyatida229133338027016

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chililik erkak futbolchilar