Kemal Ademi ()(1996-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — shveytsariyalik professional futbolchi, Germaniya 2 Bundesliga klubi „Sandxauzen“jamoasida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi. Rossiyaning „Ximki“ klubidan ijaraga olingan.

Klubdagi faoliyati

Neuchâtel Xamax 2018-yilning 5-iyulida Ademi Shveysariya Superligasi jamoasi Neuchâtel Xamaks bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Bir oy oʻtgach, u professional futbolchi sifatida debyutini „Sion“ga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan va 46-daqiqada Tunaxon Chichek oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Basel 2019-yilning 15-iyunida Ademi Shveysariya Superligasining „Basel“ klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan. Ademi bosh murabbiy Marsel Koller qoʻl ostida 2019—2020-yilgi mavsumda Baselning asosiy jamoasiga qoʻshilgan. U jamoadagi debyutini UEFA Chempionlar Ligasi 2019—2020-yilgi mavsum 2-saralash bosqichida 2019-yil 23-iyulda Philips Stadionda Gollandiyaning PSV Eyndxoven jamoasiga qarshi oʻtkazgan. U 89-daqiqada Albian Ajeti oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Fenerbahçe 2020-yil 5-oktyabrda Ademi Super Lig klubi Fenerbahche bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. Oʻn uch kundan soʻng, u birinchi marta ligada Fenerbahçening oʻyinchisi sifatida maydonga tushgan. Uning „Fenerbahçe“dagi keyingi oʻyini yetti kundan soʻng „Trabzonspor“ga qarshi boʻlgan (3:1). U oʻyinning 88-daqiqasida Mbwana Samatta oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Fatih Karagümrük ijara 2021-yilning 1-fevralida Ademi mavsum oxirigacha Superliga vakili Fatih Karagümrükga ijaraga berilgan. Ikki kundan soʻng, u asosiy tarkibda „Gaziantep“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Ximki 2021-yilning 10-avgustida Ademi Rossiya Premyer-ligasining „Ximki“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan va 9-raqamli libosni olgan. Olti kundan soʻng, u „Sochi“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan, oʻyinning 83-daqiqada Denis Glushakov oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

2022-yilning 16-avgustida Ademi 2022—2023-yilgi mavsum uchun Germaniyaning SV Sandxauzen klubiga ko‘chib o‘tgan.

Xalqaro faoliyati Ademi Germaniyaning Villingen-Schvenningen shahrida tugʻilgan va Shveysariyaning Herisau shahrida oʻsgan. U xalqaro miqyosda Kosovo, Albaniya va Shveysariya, shuningdek, tugʻilgan joyi Germaniya sharafini himoya qilish huquqiga ega boʻlgan. 2020-yil 25-iyun kuni Shveysariya futbol assotsiatsiyasi FIFA Ademining mamlakatda deyarli o‘n to‘rt yil qolib, Shveysariyada o‘ynash haqidagi iltimosini qabul qilganini eʼlon qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSt. Gallen U212014—2015Shveysariya Premyer Ligasi13400——1341899 Hoffenheim II (Ijara)2015—2016Regionalliga Südwest15000——1501899 Hoffenheim II2016—2017Regionalliga Südwest19300——1932017—180000——00Jami193000000193Neuchâtel Xamax2018—2019Shveysariya Super Ligasi26831—213110Basel2019—2020Shveysariya Super Ligasi261351121—43152020—2021000020—20Jami261351141004515Fenerbahçe2020—2021Süper Lig7011——81Fatih Karagümrük (Ijara)2020—2021Süper Lig6000——60Ximki2021—2022Rossiya Premyer Ligasi12110——1312022—202310———10Jami131100000141SC Paderborn (Ijara)2021—20222. Bundesliga61———61SV Sandhausen (Ijara)2022—20236010——70Karyerada jami137301131412116435

Manbalar

Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Kosovolik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar