Karol Grzegorz Świderski (; 1997-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Oliy liganing Sharlotta klubi va Polsha terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardag faoliyati

Jagiellonia Białystok Świderski oʻz faoliyatini Rawia Rawicz yoshlar akademiyasida boshlagan. 2012-yildan 2014-yilgacha UKS SMS Lodz sport maktabida shugʻullangan. Keyin, 2014-yilda Ekstraklasa vakili Jagiellonia Białystok jamoasida oʻynashni davom ettirdi. Dastlab III Liga jamoasida va ularning yoshlar akademiyasida oʻynadi. 2016—2017-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynay boshladi.

PAOK 2019-yilning 20-yanvarida PAOK Świderski bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi va polshalik hujumchi bilan 2 million yevro evaziga 3,5 yillik shartnoma imzoladi. 2019-yilning 18-fevralida Świderski Apollon Smirniga qarshi safarda zaxiradan maydonga tushib gol urdi (5:1). 2019-yilning 21-aprelida „Levadiakos“ga oʻyinning soʻngi golini urdi (5:0).

Charlotte FK 2022-yilning 26-yanvarida Charlotte klubi PAOKdan Karol Świderski bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati

U-18 Świderskini 2015-yilning mart oyida Polsha U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Rafał Janas LFF U-18 Federatsiya kubogi uchun terma jamoaga chaqirdi. Gruziyaga qarshi oʻyinda debyut qildi va Polsha 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Świderski oʻzining birinchi golini Latviyaga qarshi oʻyinning 9-daqiqasida kiritdi va oʻyin 1:1 hisobida yakun topdi.

U-19 Świderski U-19 terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 5-sentabr kuni Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan va bu o‘yin 1:1 hisobida durang bilan tugagan. Sloveniyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, jamoasining barcha goliga mualliflik qildi, bu oʻyin ham durang bila yakunlandi (2:2). Kiprda bo‘lib o‘tgan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralashida Bolgariya, Kipr va Lyuksemburgga qarshi o‘yinlarda 3 ta gol urdi .

Milliy terma jamoa 2021-yil 15-mart kuni Świderski birinchi marta 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchun milliy terma jamoaga chaqirildi. Andorraga qarshi oʻyinning 63-daqiqasida Robert Lewandowski oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. O‘sha oʻyinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida mamlakati safida debyut golini ham kiritdi. Keyinchalik UEFA Yevro-2020 uchun Polsha terma jamoasiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokBoshqaboshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarJagiellonia Białystok2014—2015Ekstraklasa7100——712015—2016Ekstraklasa3141142—3672016—2017Ekstraklasa26221——2832017—2018Ekstraklasa3251010—3452018—2019Ekstraklasa1783130—239Jami113207382—12825PAOK2018—2019Gretsiya Superligasi1144200—1562019—2020Gretsiya Superligasi34114231—41142020—2021Gretsiya Superligasi35115090—49112021—2022Gretsiya Superligasi16430100—294Jami9630164221—13435Charlotte FC2022MLS301000——3010Jami faoliyati239602373030029270

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Polsha 2021 14 6 2022 5 2 Jami 19 8 Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi. +Karol Świderski tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 28-mart Stadion Wojska Polskiego, Varshava, Polsha 1 3—0 3—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2021-yil 8-iyun Stadion Miejski, Poznan, Polsha 4 2—2 2—2 Doʻstona 3 2021-yil 5-sentyabr San-Marino stadioni, Serravalle, San-Marino 9 2—0 7—1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2021-yil 9 oktyabr Stadion Narodowy, Varshava, Polsha 11 1—0 5—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 5 2021-yil 12-oktyabr Arena Kombetare, Tirana, Albaniya 12 1—0 1—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 6 2021-yil 15-noyabr Stadion Narodovy, Varshava, Polsha 14 1—1 1—2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 7 2022-yil 1-iyun Stadion Wroclaw, Vrotslav, Polsha 15 2—1 2—1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi A 8 2022-yil 25-sentyabr Siti stadioni, Kardiff, Uels 17 1—0 1—0 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi A

Yutuqlari

Gretsiya Superligasi: 2018—2019 Gretsiya kubogi: 2018—2019, 2020—2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari