right|thumb|250x250px| Naka daryosi Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida joylashgan shaharcha. 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharchaning 7214 xonadonida 18,128 kishi istiqomat qiladi va har bir kvadrat kilometrga 112 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar aholining 37.6% ini tashkil etadi. Shaharchaning umumiy maydoni 161.80 km².
Geografiya Ibaraki prefekturasining markaziy qismida joylashgan Sirosato gʻarbda Tochigi prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharchadan Naka daryosi oqib oʻtadi.
Yondosh munitsipalitetlar Ibaraki prefekturasi
Mito Kasama Hitachiomiya Naka
Tochigi prefekturasi
Motegi
Iqlimi Sirosato nam kontinental iqlimga ega, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻish holatii bilan ajralib turadi. Sirosatoda oʻrtacha yillik harorat 13,6 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1390 mm, sentyabr esa eng nam oydir. Eng yuqori harorat avgustda 25,2 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, 2,8 °C atrofida boʻladiShirosato climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraShirosato population statistics, Sirosato aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda kamaygan.
Tarixi Sirosato 2005-yil 1-fevralda Higasiibaraki tumanidagi Dzohoku shaharchasi hamda Katsura qishlogʻi va Nisiibaraki tumanidagi Nanakai qishlogʻini birlashtirish natijasida tashkil etilgan.
Hukumat Sirosato toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 14 aʼzodan iborat bir palatali shaharcha kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Sirosato Mito shahri bilan birga Ibaraki prefekturasi assambleyasiga yetti nafar aʼzo qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shaharcha Yaponiya parlamenti quyi palatasining Ibaraki 1-saylov okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti Sirosato iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan.
Taʼlim Sirosatoda beshta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi hamda Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud.
Transporti
Temir yoʻllari
Sirosatoda yoʻlovchi poyezdi xizmati yoʻq.
Magistral yoʻllari
123-milliy yoʻnalish
Sirosatolik taniqli shaxslar
Akihiro Ohata – siyosatchi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayti
Turkum:Ibaraki prefekturasi shaharchalari