Eneolit Tarixiy taraqqiyotning keyingi davri ibtidoiy odamlari hayotidagi muhim hodisa metalldan foydalanish bilan bog‘liq. Bu davrda misdan keng ko‘lamda foydalanilgan. Undan qurol-yarog‘lar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasalgan. Hind arxeologlari bu davrni xalkolit yoki mis tosh davri deb ataydilar.

Qadimgi Hindiston eneolit davri, faoliyatning hamma turlarida, inson hayotidagi barcha yo‘nalishlarda o‘zgarishlar yasadi. Hunar­mandchilik, dehqonchilik, tovar ayirboshlashda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Mulkiy tengsizlik kuchaydi. Mapkaziy Hindistondagi o‘troq dehqonchilik qishloqlarini tadqiq etgan arxeolog A.Ya.SHedenko bu joylardan topilgan, davrga oid yodgorliklar miqdorini ko‘rsatib berdi. Olim o‘troq dehqonchilik madaniyatini bir necha qismlarga bo‘lgan holda ta’riflaydi. Qishloqlar, turar joylar, kulolchilik buyumlari, meh­nat qurollari, bezaklar, dafn anjomlari topildi.

Shimoliy Hindistonda eneolit davrini o‘rganish alohida qiziqish uyg‘otadi. Bu o‘lka hammadan oldin metalldan foyda-lanishni bilgan. Hind vodiysida qadimgi buyuk sivilizatsiya-lardan biri vujudga kelgan.

Metallning o‘zlashtirilishi ma’naviy madaniyat rivojida o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiy yuksalish yo‘li ochildi va deh­qonchilik uchun serhosil yerlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaydi. Avval Hind keyinroq esa Gang daryosi bo‘ylaridagi yerlarning o‘zlashtirilishi, iqtisodning yuksalishiga ta’sir etuvchi manzilgohlar barpo bo‘lishiga olib keldi. Ilk bor bu yerlarda davlatchilik, sinfiy jamiyat yuzaga kela boshladi. Hunarmandchilikka asoslangan shaharlar, savdo va madaniy markazlar paydo bo‘ldi. Tosh davri boshlarida yetakchilik qilgan, Shimolning tog‘oldi va Janubning tog‘li hududlari tang ahvolda qoldi. Sun’iy sug‘orishga imkon bermaydigan, noqulay yerlarning unumsizligi sharoitida viloyatning janubiy hududlarida miloddan avvalgi 1000-yillargacha rivojlanish jihatidan teng bo‘lmagan turli qabilalar yashardi.

Eneolit davri yodgorliklari Janubiy hududlarning taraq-qiyotda Hind vodiysidagi shaharlardan ancha ortda qolganligi, Markaziy va G‘arbiy Hindistondagi yodgorliklarning Janubiy Hindiston yodgor­liklaridan ancha ustun ekanligidan dalolat beradi. Neolit davrida alohida hududlarda rivojlanish teng bo‘lmagan bo‘lsa, eneolit davriga kelib, bu farq yanada keskin-lashgan. Markaziy Hindiston aholisi garchi tosh qurollar ishlatishdan voz kechmagan bo‘lsa-da, metall nima ekanligini yaxshi bilar edi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishar, sopol buyumlar yasashar, uysozlik borasida ham ma’lum yutuqlarga erishgan edilar. Lekin shunga qaramay, bu madaniyat Xarappa shahri madaniyatiga tenglasha olmagandi. Tad­qiqotchilarning fikricha, bu shaharda eneolit davriga doir qadimiy an’analarning ta’siri katta bo‘lgan. Shaharlarning yuksak taraqqiyoti bilan qoloq qishloqlar madaniyati bir davrda mavjud bo‘lganligini nafaqat Hindistonda, balki qadimiy Sharqning barcha o‘lkalarida kuzatish mumkin.

Markaziy va G‘arbiy Hindistondagi eneolit davrining o‘rganilishi bo‘yicha ko‘plab arxeologik qazish ishlari olib borilgan. So‘nggi yillarda bu masala olimlarning diqqat markazida bo‘ldi. Ushbu tad­qiqotlar eneolit davrini chuqurroq va asosli o‘rganish, madaniyat turlarini aniqlash, yillar uzviyligini tiklashga keng imkoniyat beradi. Ayniqsa, hind olimlari X.Sankali, B.Subbar, Z.D.Ansarilar va Sh.Deoning ilmiy ishlari katta qiziqish uyg‘otadi. Qazish ishlari natijasida o‘sha vaqtdagi qabilalarning asosiy mashg‘ulotlari deh­qonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilikdan iborat bo‘lganligi aniqlandi. Qadimiy ipakchilik esa (miloddan avvalgi XIII asr) eng muhim kashfiyot hisoblanadi. Bundan tashqari, qazishlar sirasida don saqlanadigan katta xumlar, turli uy hayvonlarining suyaklari topilgan.

Toshlardan, asosan, pichoqsimon asboblar, o‘roq va bolg‘alarga sop yasalgan. Navtadolda shunday ashyolardan 23 mingtasi topilgan. Aholi yashaydigan joylardan topilgan bolg‘a yasaydigan asboblar ham neolit davriga mansubdir. U davrda mis qurollar kam ishlatilgan. Hozircha bir necha mis bolg‘a, qilich va pichoq topilgani ma’lum.

Markaziy Hindistonda neolit davriga xos steatit, serdolik, agat va mis kabi materiallardan yasalgan taqinchoqlarning ishlatilgani ma’­lum. Sopol buyumlarning rang-barangligi ham kishini hayratga soladi. Idishlar kulolchilik charxida yasalib, so‘ngpa pishirilgan va, asosan, qizil fonga qora, kul rang, sariq ranglar vositasida ishlov berilib, shakllar chizilgan. Olimlar 600 dan ortiq naqsh turlarini aniqlashgan.

Aholi daryo bo‘yidagi kichik qishloqlarda yashagan. Kulbalar qattiq materialdan qurilgan. Polga esa pishiq loy yotqizilgan. Don solingan xumlar pol ostida saqlangan. Arxeologlar kulbalarning 3 xil: to‘rtburchak, aylana, uzunchoq bo‘lganini aniqlashgan. Uylarning devorlari yog‘ochdan ko‘tarilib, loy bilan suvalgan. Ba’zi uylardan loy o‘choq ham topilgan. Qazishlar dafn marosimlari qanday bo‘lgani haqida ham tasavvur uyg‘otadi. Marhumlarning suyak qoldiqlari ular yashagan yerto‘lalardan topilgan. Bu idishlarda silliqlangan bolta, taqinchoqlar, sopol buyumlar ham bor. Ba’zi ashyolardan diniy tasavvurlarning qanday bo‘lganligini ham bilib olish mumkin.

Qabilalar olov va hayvonlarga sig‘ingan. Vishnuizmda kaltakesak va toshbaqa muqaddas hisoblangan. Kayatxa degan joyda o‘tkazilgan ilk qazishlar natijasida dehqonchilik madaniyati haqida muhim ma’lumotlar olindi. Radiokarbon analizi orqali bu davrni miloddan avvalgi 2000-1800 yillarga mansub ekanligi aniqlandi. Bina daryosi bo‘yidagi Eran degan joyda qora-qizil ranglardagi sopol buyumlar yasalganligi ma’lum bo‘ldi. Bu yerda eneolit davriga oid mudofaa devorlari va xandaqlar ham bor ekan. Bu topilmalar urbanizatsiya (shaharlashuv jarayoni) uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Keyingi yillarda Inamgaon va Navtadoldan ajabtovur materiallar topilgan. Inamgaon hozirgi Puna yaqinida joylashgan. Arxeologlar bu yerda turli davrga mansub 60 ta uyni kavlab topishgan. Aholi dastlab bu yerda yerto‘lalarda, keyinchalik loy bilan suvalgan bambuk kulbalarda istiqomat qilishgan. Poydevor sifatida maxsus loy va qum aralashmasi ishlatilgan. Suv toshqinining oldini olish uchun to‘siqlar, sug‘orish uchun kanallar ham o‘tkazilgan. Imoratlar to‘g‘ri burchakli bo‘lib, polga ohakli g‘isht yotqizilgan. Uylar maxsus reja asosida bir-biridan bir xil uzoqlikda qurilgan. Besh xonali uylarda chamasi Inamgaon qabilasi ulug‘lari yashashganlar.

Karbon analizlar shuni ko‘rsatadiki, eneolit davrining boshlanishi taxminan miloddan avvalgi 2000 yilga borib taqaladi. Tadqiqotchilar orasida ko‘p bahslarga sababchi bo‘lgan davrning xronologik jadvali Hindistonning boshqa o‘lka madaniyatlari bilan bog‘liqligini tas­diqlaydi. Biroq shu narsa ravshanki, o‘lkaning eneolitik madaniyati Hindiston taraqqiyotiniig so‘nggi davrlariga tutashib ketgan.

Sharqiy Hindiston va Gang vohalarining qabilalari To‘p­langan arxeologik ma’lumotlar tadqiqotchilar uchun eneolit davridagi madaniyat yoyilgan hududlarni aniqlashga yordam berdi. Bu ishda mis bolg‘a, oltin qirrali nayza dastasi, antenna shaklidagi qilich, mis halqa va nayza uchlari kabi qator ashyoviy dalillar olindi. Mazkur buyumlar qabilalarning madaniyati taraqqiy etgan eneolit davriga mansub ekanini tasdiqlaydi. Mis buyumlardan asosan dehqonlar foy­dalanishgan. Buni ekin turlari va don uchun yasalgan idishlar ham isbotlaydi. Guruch va arpa urug‘i Gang vohasida bu o‘simliklar qadimdan ekilganligidan dalolat beradi.

Mehnat qurollari tadqiqi, yerga ishlov berilib, omoch bilan yer haydalganligidan dalolat beradi. U yerda changalzorlar tozalangan, ovchilik va baliqchilik rivojlangan. Topilgan suyak-lar uyda ho‘kiz boqilganligini ko‘rsatadi. Arxeologik qazish ishlari xalq madaniyati haqida to‘la tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Odamlar daraxt novdalaridan kulba yasab, atrofini loy bilan suvashgan. Ko‘p qish­loqlarda Markaziy Hindistondagidek sopol buyumlar topilgan. Bu ashyolar Markaziy Hindistondan qabilalar sharqqa ham ko‘chgan degan xulosa chiqarishga imkon beradi. SHuning uchun mis yombi madaniyati Markaziy Hindistondagi eneolit davri bilan bog‘liq. Bun­dan tashqari, sariq sopollar Xarappa madaniyatining so‘nggi qismiga mansub degan taxminlar ham bor. Qazish ishlari sopolsozlik SHarqiy Hindistonda mustaqil ravishda rivojlanganligini ko‘rsat­moqda.

Qadimgi Hindiston tarixini chuqur o‘rgangan olimlardan G.M.Bongard-Levin va G.F.Ilinlarning fikricha, tadqiq etilayotgan hududlardagi madaniyat munda xalqlarining ajdodlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ular eneolit davrida qabilalar quyi Gang va Orissadan, ya’ni neolit va eneolit yodgorliklari topilgan joydan Jamna-Gang daryolari bo‘ylab shimoli-g‘arbiy, mis yombilar madaniyati topilgan joyga qarab ko‘chganligini ta’kidlaydilar. Tad­qiqotchilar bu ko‘chishni tabiiy deb hisoblashadi. O‘sha vaqtda SHarqiy Hindiston, Birma, Hindixitoy yarim oroli hududlarida bir-biri bilan parallel madaniyatlar shakllangan. Metallni o‘zlashtirgach, eneo­litning maxsus ixtisoslashgan madaniyatlari paydo bo‘ldi. G.M.Bongard-Levin va G.F.Ilinlarning fikricha, mundalarning ajdod­lari til jihatdan mon-kxmer xalqlariga yaqin bo‘lganlar. Taraqqiyot natijasida mustaqil va o‘ziga xos mis yombilar madaniyati paydo bo‘ldi.

Yana bir taniqli arxeolog M.E.Masson SHarqiy Hindiston mada­niyatining ba’zi jihatlari Barbxanpurdagi ovchi va baliqchilar mada­niyati bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Kallurdagi qazish ishlari va ba’zi lingvistik etnografik materiallar munda xalqlari va Janubiy Hindiston madaniyatining bir-biriga ta’siri borligini ko‘rsatadi.

Ilgarigi tadqiqotlarda nisbiy xronologiya bilan cheklanilgan edi. Karbon va lyuminessent tahlillari xronologiyaning aniq va ishonchli bo‘lishini ta’minladi. Lal-Kila, Atrapokikxar, Jxinixan, Narishpurdagi qazilma materiallar xronologiyaning turli davriyligini ko‘rsatdi. Bu­lardan eng qadimiysi miloddan oldingi 2000 yilga, uchtasi esa miloddan oldingi 2000-150 yillarga to‘g‘ri keldi. Mis yombilar va sariq sopol madaniyati belgilari Rojastonda ham topilganligi o‘sha davr madaniyati hududini yanada kengaytirdi.

Qazish ishlari, til va etnografiyaga oid materiallar munda aj­dodlari va Janubiy Hindiston qabilalarining bir-biriga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, Gang va Sharqiy Hindiston vohalaridagi Panta, Banoras, Gorakxpur univer­sitetlari tarixchilari va arxeologlar tomonidan olib borilgan qazishlar natijasida xalkolit qabilalarining yuzdan ortiq qishloqlari borligi aniqlandi. Bular xalkolit madaniyati borligini ham bildiradi. Bu tad­qiqotlarning ahamiyati shundaki, neolit davri bilan metall davrining bevosita bog‘liqligi va Gang bo‘yi qabilalarining hinduoriylar bilan aloqadorligini tasdiqlaydi.

Hindiston janubida metallning paydo bo‘lishi Keyingi davr­dagi qazish ishlari fanni qimmatli ma’lumotlar bilan boyitgan bo‘lsa-da, Janubiy Hindistonda eneolit va bronza bo‘lganligi munozarali masaladir.

Braxmagirdan 1947 yilda topilgan arxeologik materiallar asosida Janubiy Hindistonda neolit davrining mis va bronza, so‘ngra metall davriga sekin-asta o‘tgani, miloddan avvalgi III ming yillikda bu yerda metall bilan tanish qabilalar yashagani taxmin qilinadi. Olim­larning fikriga ko‘ra miloddan oldingi VIII-III asrlar mobaynida Janubiy Hindiston mis va bronza davrini boshdan kechirgan. 1970-yillardagi qazishlar metall davriga bosqichma-bosqich o‘tilganini isbotlash bilan birga ilgarigi taxminlarga aniqlik kiritdi. Teklakot, Xallur, Parenpurdagi qazish ishlari miloddan avvalgi 2100-1700 yillardayoq mis va bronzaga o‘tilganini ko‘rsatadi.

Maskitda olib borilgan qazish ishlari Janubiy Hindistonda milod­dan avvalgi IX-VIII asrlarda, hatto undan ham oldinroq, miloddan avvalgi XII-XI asrlardayoq temirdan foydalanilganini tasdiqlaydi. Bu esa metallning janubda ham, shimolda ham bir paytda paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.