Ireneusz Jeleń (; 1981-yil 9-aprelda tugʻilgan) — isteʼfodagi polshalik futbolchi, Polsha milliy futbol jamoasida oʻng qanot yarim himoyachisi va hujumchi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati Jeleń Cieszyn shahrida tugʻilgan. 2002-yildan 2006-yilgacha Ekstraklasada Wisla Plock safida oʻynagan. Toʻrt mavsumda Polsha oliy ligasida 100 ta oʻyinda maydonga tushib, 45 ta gol urdi.
2006-yil 28-iyunda Jeleń Liga 1 vakili Auxerre bilan shartnoma imzoladi. 2006-yil 9-sentyabrda Jeleń „Auxerre“ safida „Monako“ga qarshi oʻyinda birinchi golini urdi. 2007-yil 20-oktabrda Lorientga qarshi o‘yinning 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, o‘zining birinchi xet-trikini qayd etdi. Auxerredagi ilk ikki mavsumida Jeleń qayta-qayta beldagi muammolari bilan qiynaldi. 2009-yil yanvar oyining oxirida safga qaytdi . Qaytishdan oldin Auxerre 17-oʻrinda, ligaga tushib ketish zonasidan zoʻrgʻa yuqorida edi. Qaytib kelgach, Jeleń liganing 16 oʻyinida 11 ta gol urdi va Auxerre jadvalda 8-oʻringa koʻtarildi. Mavsumning bir qismini oʻtkazib yuborganiga qaramay, Jeleń Liga 1 toʻpurarlar jadvalida 4-oʻrinni egalladi. 2009-yilning may oyida 79% ovoz toʻplagan holda Auxerre tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
2009-yil dekabr oyida Polshada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
2009—2010-yilgi mavsumda Auxerre bilan ligada uchinchi oʻrinni egalladi va 2010—2011-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Jarohat tufayli baʼzi oʻyinlarni oʻtkazib yuborganiga qaramay, 14 ta gol bilan Liga 1 toʻpurarlar jadvalida beshinchi oʻrinni egalladi.
Jeleń erkin agent sifatida avgust oyi oxirida „Lill“ bilan shartnoma imzoladi.
2012-yil Polshaga qaytib, Ekstraklasa jamoasi Podbeskidzie Bielsko-Biała bilan shartnoma imzoladi. Oʻz faoliyatini Piast Cieszyn klubida yakunladi. Lekin 2019-yildan beri Jeleń CKS Piast jamoasida oʻynamoqda.
Xalqaro faoliyati thumb| Ireneusz Jeleń 2006-yilgi Jahon chempionatida Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda 2011-yil oktabr holatiga koʻra, Jeleń Polsha terma jamoasida 28 oʻyin oʻtkazgan. 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati finalida ishtirok etgan va „A“ guruhining uchta oʻyinida qatnashgan.
Shaxsiy hayoti Jeleńning bitttadan opasi va ukasi bor. Rafiqasining ismi Anna. 2003-yilda tug‘ilgan Jakub ismli o‘g‘li va 2010-yil yanvar oyida tug‘ilgan Julia ismli qizi bor.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaLigaKubokYevropaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarPiast Cieszyn2000—2001III Liga168--168Beskid Skoczów2000—2001116--1162001—20022916--2916Wisła Płock2002—2003Ekstraklasa26894-35122003—20042618102229202004—2005231232-26142005—200625795203612AJ Auxerre2006—2007Ligue 13210205439142007—200832541-3662008—2009261410-27142009—2010291434-32182010—20112150041256Lille OSC2011—20121314320194Podbeskidzie2012—2013Ekstraklasa7000-70Górnik Zabrze12200-122JamiBeskid Skoczów4022----4022JamiWisła Płock1004522114212658JamiAJ Auxerre140481059515958
Xalqaro gollar # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2003-yil 14-dekabr Taʼ Qali, Malta 3—1 Gʻalaba Doʻstona 2. 2006-yil 30-may Chorzow, Polsha 1—2 Magʻlubiyat Doʻstona 3. 2009-yil 28-mart Belfast, Shimoliy Irlandiya 3—2 Magʻlubiyat FIFA Jahon chempionati 2010 saralashi (UEFA) 4. 2009-yil 1-aprel Kielce, Polsha 10—0 Gʻalaba FIFA Jahon chempionati 2010 saralashi (UEFA) 5. 2010-yil 4-sentyabr Lodz, Polsha 1—1 Durang Doʻstona
Yutuqlari
Klub Wisla Płok
Polsha kubogi: 2005—2006; finalchi 2002—2003
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari