Andrew James Redmayne (1989-yil 13-yanvarda tugʻilgan) - avstraliyalik professional futbolchi, A-liga chempionati "Sidney" FC klubida va Avstraliya erkaklar terma jamoasi tarkibida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Redmayne Gosfordda dunyoga kelgan va oʻzining professional faoliyatini Central Coast Mariners jamoasida boshlashidan oldin Avstraliya Futbol Instituti sport dasturida yoshlar futbol jamoasida oʻynagan. 2010-yilda Brisben Roarga koʻchib oʻtgandan soʻng, Redmayne 2012-yilda Melburn Heartga (hozirgi Siti) koʻchib oʻtadi. 2015-yilda esa u Vestern Sidney Uonderersga oʻtadi.

Redmayne Avstraliya terma jamoasi safida U-20, U-23 va katta yoshdagi futbolchilar toifasida maydonga tushgan.

Yoshligi Redmayne Avstraliyadagi Yangi Janubiy Uels shtatining markaziy sohilidagi Gosford shahrida tugʻilgan.

Klubdagi karyerasi NSWIS va AIS Redmayne dastlab "Yangi Janubiy Uels" sport institutida va Avstraliya sport institutida yoshlar jamoasi safida futbol oʻynagan. NSWIS boʻyicha Angliyaga qilgan safari natijasida Redmayne "Arsenal" da qisqa sinovdan oʻtdi. Angliyaga koʻchib oʻtish boʻyicha bergan taklifiga qaramay, "Arsenal" uning oʻrniga 15 yoshli Wojciech Szczęsny bilan shartnoma imzolaganidan keyin u oʻz taklifini qaytarib oldi. Uning AIS klubidagi faoliyati esa Viktoriya Premer-ligasidagi oʻtkazilgan ikki mavsumni oʻz ichiga oladi.

Central Coast Mariners klubi left|thumb| Redmayne Central Coast Mariners yoshlar jamoasida Redmayne 2007-2008-yilgi mavsumda A-Liga uchun oʻz shahrining "Central Coast Mariners" klubi bilan shartnoma imzoladi. Redmayne "Central Coast Mariners" klubi safidagi debyut uchrashuvini 2008-yilning sentyabrida o‘tkazdi va ushbu Pert Glori ustidan gʻalaba qozonilgan bahsda u jarohat olgan jamoadoshi Mark Bosnichning o‘rniga maydonga tushdi. Redmayne klubdagi ilk uchrashuvini oʻtkazganidan bir hafta oʻtgach, Adelaida Yunayted klubi bilan 3:3 hisobida durang oʻynadi.

Redmayne 2010-yil yanvar oyida Vellington Feniksga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan bahs, uning dengizchilar safidagi so‘nggi o‘yini boʻldi.

Brisben Roar klubi 2010-yil 18-yanvarda u Marinersda muntazam oʻyin vaqtini topa olmaganidan keyin Brisben Roarga qoʻshilishi haqida xabar berdi. Redmeyn klubdagi debyutida 80-daqiqada darvozabon Maykl Teoklitosning oʻrniga maydonga tushdi va oʻz maydonida "Gold Kost Yunayted" jamoasini 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. U 2011-12-yilgi A-Ligadagi toʻliq mavsumning soʻnggi oʻyinida Brisbane Roar klubi uchun ikkinchi marta maydonga tushdi va ushbu bahsda yana Gold Coast United ustidan gʻalaba qozondi.

Melburn Heart klubi 2012-yilning 21-yanvarida Melburn Heart Redmayneni 2012-2013-yilgi A-Liga mavsumi uchun birinchi transferi sifatida e'lon qildi. 2013-yil yanvar oyida u "Nyukasl Jets" ustidan qozonilgan gʻalabada "Melburn Heart" dagi debyutini oʻtkazdi va keyinchalik klubda birinchi tanlov "oʻyinchisi"ga aylandi.

Xalqaro karyera thumb|Redmayne 2011-yilda

Katta terma jamoasi Redmayne Avstraliya terma jamoasiga birinchi marta 2019-yil iyun oyida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun, 2019-yilgi A-Liga Grand Finalidagi oʻyinidan keyin chaqirilgan edi. U oʻrtoqlik uchrashuvida oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazishga muvaffaq boʻldi va aynan oʻsha bahsda Avstraliya terma jamoasi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

2022-yil 13-iyun kuni Redmayne FIFA Jahon chempionati pley-off bosqichi doirasida Peruga qarshi oʻyinning 120-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Shundan soʻng penaltilar seriyasida Redmayne Peruga qarshi bahsni muvaffaqiyatli oʻtkazdi va Avstraliyaning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanmasini ta'minlash uchun muhim boʻlgan penaltini qaytarishga muvaffaq boʻldi. Oʻyindan soʻng bergan intervyusida Redmayne bu taktika bir necha oylar mobaynida rejalashtirilganligini ta'kidladi.

Karyera statistikasi Klub KlubMavsumLigaKubokOsiyoUmumiyLiga turiOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAIS2007Victorian Premier League1200000120200850000050AIS 1700000170Central Coast Mariners2008–09A-League200000202009–1010000010Central Coast Mariners 30000030Brisbane Roar2010–11A-League100000102011–1210000010Brisbane Roar 20000020Melbourne City2012–13A-League13000001302013–1424000002402014–151101000120Melbourne City 4801000490Western Sydney Wanderers2015–16A-League23030002602016–17803000110Western Sydney Wanderers 3106000370Sydney FC2016–17A-League100000102017–1828050603902018–1929050503902019–2027010203002020–2125000002502021–2216040602602022–2310300040Sydney FC 12701801301640Career total21802501302620

Xalqaro Avstraliya Yil OʻyinlarGollar 2019-yil 1 0 2020-yil 0 0 2021-yil 1 0 2022-yil 2 0 Jami 4 0

Yutuqlar Brisben Roar

A-Liga Premer-ligasi: 2010–11 A-Liga chempionati: 2010–11, 2011–12

Sidney FK

A-Liga Premer-ligasi: 2016–17, 2017–18, 2019–20 A-Liga chempionati: 2016–17, 2018–19, 2019–20 FFA kubogi: 2017

Avstraliya U20

U-19 yoshlar oʻrtasidagi AFF chempionati: 2008-yil

Individual

PFA A-Ligasining eng yaxshi jamoasi: 2017–18 A-ligada yilning eng yaxshi darvozaboni: 2019–20 A-League All Star: 2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari

Turkum:Sidney FC futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari