Joel Hanley () (1991-yil 8-iyunda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey himoyachisi. Joel Hanley Milliy xokkey ligasining (NHL) „Dallas Stars“ xokkey jamoasida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati Joel Hanley Ontario shtatining Keswick shahrida tugʻilgan. Yoshligida Joel Hanley „York-Simcoe Express“ kichik xokkey jamoasi bilan 2004-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida ishtirok etgan.

Joel Hanley kollejdagi karyerasidan soʻng, Amerika xokkey ligasi vakili „Portland Pirates“ xokkey jamoasi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. Joel Hanley 2013—2015-yillar oraligʻida ikki mavsumni „Portland Pirates“ xokkey klubi safida oʻtkazdi.

2015-yil 1-iyulda Joel Hanley „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Joel Hanley 2015—2016-yilgi mavsumni „Montreal Canadiens“ klubining shoʻbasi „St. Johnʼs IceCaps“ xokkey jamoasi bilan boshladi. 2016-yil 20-martda asosiy klub jamaosi Joel Hanleyni oʻz saflariga chaqirib olishdi. Joel Hanley oʻsha kuni NHLdagi ilk oʻyinini „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:1 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. Ikki kundan soʻng, Joel Hanley „Anaheim Ducks“ xokkey klubi ustidan 4-3 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita golli uzatma bilan NHL faoliyatidagi birinchi ikkita ochkosini qayd etdi.

2016-yil 22-iyun kuni „Montreal Canadiens“ xokkey klubi Joel Hanley bilan bir yillik ikki tomonlama yangi shartnoma imzolaganliklarini eʼlon qildi. Joel Hanley 2016—2017-yilgi mavsumning asosiy qismini „IceCaps“ klubi bilan oʻtkazdi.

2017-yil 1-iyulda Joel Hanley „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

2018-yilning 1-iyulida Joel Hanley „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. 2019-yilning 20-fevralida „Dallas Stars“ klubi Joel Hanley bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirishdi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2007—2008Georgina IceCOJHL388223045935862007—2008Newmarket HurricanesOPJHL20000—————2008—2009Newmarket HurricanesOJHL50142438619314222009—2010Newmarket HurricanesOJHL235152011194913122010—2011UMass MinutemenHE283151824—————2011—2012UMass MinutemenHE367182518—————2012—2013UMass MinutemenHE335111646—————2013—2014UMass MinutemenHE342141639—————2013—2014Portland PiratesAHL1505516—————2014—2015Gwinnett GladiatorsECHL31010—————2014—2015Portland PiratesAHL632151734501102015—2016St. Johnʼs IceCapsAHL64581325—————2015—2016Montreal CanadiensNHL100660—————2016—2017St. Johnʼs IceCapsAHL652202234400022016—2017Montreal CanadiensNHL70004—————2017—2018Tucson RoadrunnersAHL522182031904402017—2018Arizona CoyotesNHL50000—————2018—2019Texas StarsAHL608202832—————2018—2019Dallas StarsNHL160002100002019—2020Texas StarsAHL40010108—————2019—2020Dallas StarsNHL802261211242020—2021Dallas StarsNHL350882—————2021—2022Dallas StarsNHL44246470000NHL jami1252202218201124

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari