José Francisco Sanfilippo (; 1935-yil 4-mayda Buenos Airesda tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, hujumchi.

Biografiyasi José Sanfilippo 1950—1960-yillarning eng kuchli argentinalik futbolchilaridan biri hisoblanadi. „San Lorenzo“ futbol klubi tarixidagi eng buyuk futbolchi. Argentina terma jamoasi safida 29 ta o‘yinda 21 ta gol urgan. José Sanfilippo 1958—1962-yillardagi jahon chempionatlari ishtirokchisi. Bir necha bor Argentina, Urugvay, Braziliya chempionatlarining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Klublardagi faoliyati José Sanfilippo oʻz faoliyatini 1953-yilda „San Lorenzo“ futbol klubida boshlagan va 1958-yildan 1961-yilgacha boʻlgan davrda Argentina chempionatlarida doimiy ravishda eng yaxshi toʻpurarga aylangan. José Sanfilipponing 1960-yilda urgan 34 ta golli zarbalari uni Janubiy Amerikadagi barcha chempionatlarning eng yaxshi toʻpurari boʻlishiga yordam bergan.

1963-yilda José Sanfilippo „Boca Juniors“ futbol klubiga oʻtdi va bir mavsumda 27 oʻyinda 14 ta gol urdi. 7 ta gol bilan José Sanfilippo Libertadores kubogining eng yaxshi toʻpurari boʻldi va buning natijasida „Boca Juniors“ futbol klubi turnir finaliga chiqdi. Ammo u final uchrashuvida braziliyaning „Santos“ futbol klubiga magʻlub boʻlgan.

Keyin José Sanfilippo „Nacional“, „Banfield“, „Bangu“ va „Bahia“ jamoalarida oʻynagan va 1972-yilda „San Lorenzo“ futbol klubi bilan faoliyatini yakunlagan. Faqat Argentina chempionatlarida José Sanfilippo 330 oʻyinda 226 gol urgan futbolchi sifatida ajralib turadi. Bu bilan u tarixda eng koʻp gol urgan futbolchilar ichida beshinchi oʻrinda turadi.

Statistikasi Jamoa  MamlakatMavsumOʻyinGolSan Lorenzo1953—1962258207Boca Juniors19632814Nacional1964—19652125Banfield1966-19675019Bangu1968147Bahia1968—19717148San Lorenzo197288Selección Argentina1957—19622918Jami479349

Manbalar

Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar