Vyacheslav Mixaylovich Bektoshev (1947-yil 13-sentyabr — 2002-yil 3-sentyabr) — sovet futbolchisi, hujumchi. SSSR sport ustasi.
Biografiyasi Toshkent respublika ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchisi. 1966-1971-yillarda „Paxtakor“ tarkibida SSSR chempionatida 115 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urgan. Ikkinchi ligada „Andijon“ (1973) va Qarag‘andaning „Shaxtyor“ (1974-1975) klublarida o‘ynagan va shundan so‘ng faoliyatini yakunlagan.
SSSR yoshlar terma jamoasi tarkibida 1966-yilgi UEFA o‘smirlar turniri g‘olibi.
Vyacheslav Mixaylovich Bektoshev 2002-yilda 55 yoshida vafot etgan va Toshkentdagi Cho‘lponota qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar Profil na sayte FootballFacts.ru
Turkum:Toshkentda dafn etilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:SSSR sport ustasi