Xonsaroy — Buxoro viloyati Kogon tumanidagi qishloq. Xonning saroyi maʼnosini bildiradi. Oʻtmishda xonlarning shahardan tashqarida joylashgan saroylari boʻlib, ular asosan dam olish, hordiq chiqarish, tabiat bilan uygʻunlashish orqali sogʻliqni mustahkamlashga moʻljallangan. Buxoro mangʻit amirlarining shahardan tashqarida beshdan ortiq saroylari boʻlib, ularning ayrimlarigina bizgacha yetib kelgan. Saroylar saqlanmagan boʻlsa-da, ularning tarixan mavjud boʻlganligidan darak beruvchi toponimlar hanuzgacha yashab kelmoqda.
Manbalar
Turkum:Buxoro viloyati Turkum:Kogon tumani