Anderson da Silva () (1970-yil 19-sentyabrda tugʻilgan), Sonny Anderson nomi bilan tanilgan, braziliyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Klub darajasida oʻzining toʻpurarligi bilan mashhur. U „Lyon“, „Monako“ (u xorijdagi faoliyatining aksariyat qismini Fransiyada oʻtkazgan, Liga 1da jami 221 ta oʻyin va 138 ta gol urgan) va "Barselona" dagi oʻyinlari bilan muhlislar xotirasida qolgan. U Braziliya terma jamoasi bilan 2001-yilgi Konfederatsiyalar kubogida qatnashgan va oʻz mamlakati uchun jami oltita oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Klubdagi faoliyati Goias shahrida tugʻilgan Anderson CR Vasco da Gama klubida futbolchilik faoliyatini boshlagan.
Andersonning xorijdagi ilk klubi Servette FC boʻlgan. U klubdagi ilk mavsumida 18 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. 1994-yil „ Olimpique de Marsel“ jamosiga koʻchib oʻtgan.
1997-yilda Anderson "Barselona" safiga qoʻshilgan. Luis Enrike va Patrik Klyuyvert kabilar bilan asosiy tanlov oʻyinchi uchun kurash olib borgan, u oʻzining birinchi mavsumida La Ligada oʻn marta gol urgan. Oʻzining ikkinchi mavsumida u kamroq oʻyin oʻtkazgan. Asosiy tarkibdagi kam oʻyinlari tufaylu u Olimpique Lyonnasi jamosi bilantaxminan 18 million yevro evaziga shartnoma imzolagan.
33 yoshida erkin agentga aylangan Anderson „Vilyarreal“ bilan shartnoma imzolagan. Oʻzining yagona toʻliq mavsumida u 12 marta gol muallifiga aylanganVillarreal end Celtic challenge ; UEFA, 14 April 2004.
2004-yilda Vilyarrealning UEFA Intertoto kubogida gʻalaba qozonishida muhim rol oʻynagan. „Vilyarreal“ bilan shartnomasi yakunlangacj Anderson faoliyatini Qatarda yakunlagan.
2007-yil iyun oyida Anderson „Stad de Gerland“ stadionida doʻstlari va 2002-yilgi Fransiya chempionlari bilan xayrlashuv oʻyinini oʻtkazgan. Toʻrt yildan soʻng u Shveysariyaning Neuchâtel Xamaks jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlagan. 24-iyul kuni, atigi ikki liga oʻyinidan soʻng, u ishdan boʻshatilganNeuchatel Xamax sack entire staff ; ESPN Soccernet, 25 July 2011.
Xalqaro faoliyati Anderson klubdagi muvaffaqiyatini terma jamoada koʻrsata olmagan. U Braziliya terma jamoasi safida bor-yoʻgʻi oltita oʻyinda gʻalaba qozongan. Birinchi marta 1997-yil 11-avgustda Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va oʻzining yagona xalqaro golini oʻsha oʻyinda kiritgan. U, shuningdek, 2001-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan terma jamoaga chaqiruv olgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolVasco1988Sériya A30000000—301989Sériya A90000000—901990Sériya A121000050—1711991Sériya A180000000—180Jami42100005000471Guarani1992Sériya A18400000000184Servette1992—1993Milliy Liga A3520————35201993—1994Milliy Liga A1711——42—2113Jami5231——42—5633Marseille1993—1994Divizion 12016————2016Monaco1994—1995Divizion 123111233——27161995—1996Divizion 13421102121—39231996—1997Divizion 134190034104—4727Jami91512288125—11366Barcelona1997—1998La Liga231050—514037111998—1999La Liga24610—64—3110Jami471660—115406821Lyon1999—2000Divizion 13223203283—45282000—2001Divizion 129224232145—50312001-—2002Divizion 12514212053—34182002—2003Divizion 12412000075103217Jmai11071838434161016194Villarreal2003—2004La Liga351200—187—53192004—2005La Liga3100—74—105Jami381300—2511—6324Al-Rayyan2004—2005Qatar Yulduzlar Ligasi2024000000002024Al-Gharafa2005—2006Qatar Yulduzlar Ligasi19600000000196Karyerada jami4572331651612913950585289
Yutuqlari Vasko da Gama
Campeonato Brazileiro A Seriya : 1989-yil
Servette
Shveysariya Superligasi : 1993—1994
Monaco
1- liga: 1996—1997
Barselona
La Liga : 1997—1998, 1998—1999 Qirol kubogi : 1997—1998 UEFA Superkubogi : 1997-yil
Lyon
1-liga: 2001—2002, 2002—2003 Coupe de la Ligue : 2000—2001 Chempionlar kubogi : 2002-yil
Manbalar
Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar