Jacek Góralski () (1992-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Bundesliga vakili VfL Bochum va Polsha terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Góralski oʻz faoliyatini Zawisza Bydgoszcz jamoasi bilan boshlagan, ammo 2011-yil boshida Viktoriya Koronovo jamoasiga erkin agent sifatida oʻtgan. U 2017-yilning yozida Bolgariya chempioni „Ludogorets Razgrad“ jamosi safiga kelib, ular bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

2020-yilning 19-yanvarida Góralski uch yillik shartnoma asosida „Qayrat“ jamosiga o‘tgan. 2022-yilning 16-iyunida Qayrat klubi rahbariyati Góralski klubni tark etishini eʼlon qilgan. 2022-yil 17-iyunda Góralski Germaniya bundes ligasining VfL Bochum jamosiga oʻtgani eʼlon qilingan.

Xalqaro faoliyati right|thumb|301x301px| Góralski 2018-yilgi Jahon chempionatida Polsha terma jamoasi tarkibida 2016-yilning noyabrida Góralski Ruminiya va Sloveniyaga qarshi oʻyinlar uchun Polsha terma jamoasiga ilk bora chaqiruv olgan. U Sloveniyaga qarshi oʻyinda terma jamoa safida debyut qilgan. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

2018-yilning 4-iyunida Góralski Adam Navalkan boshchilik qilayotgan Polsha terma jamoasining, Rossiyada boʻlib oʻtadigan 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan. Góralski turnirda ikkita oʻyinda ishtirok etgan, birinchi bahsda Kolumbiyaga qarshi 0:3 hisobida magʻlub boʻlishgan va Yaponiyaga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. Ikkala o'yinda ham Góralski to'liq 90 daqiqa harakat qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolVictoria Koronowo2010—2011III liga130———130Błękitni Gąbin2011—2012IV liga10———10Wisła Płock2011—2012I liga12000——1202012—2013II liga32120——3412013—2014I liga32000——3202014—201531410——324Jami10753000001105Jagiellonia Białystok2015—2016Ekstraklasa2502000303002016—201723220—613132017—20180000300030Jami482403091643Ludogorets Razgrad2017—2018Belgiya Birinchi Divizioni16030100803702018—201920010100603702019—2020110109010220Jami47050290150960Qayrat2020Qozogʻiston Premyer Ligasi1600020—18020213040400011020227000001080Jami260406010370VfL Bochum2022—2023Bundesliga0000——00Karyerada jami24271603802513218

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Polsha 2016 1 0 2017 1 0 2018 7 0 2019 4 1 2020 4 0 2022 4 0 Jami 21 1 +Jacek Góralski tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2019-yil 19-noyabr Stadion Narodowy, Varshava, Polsha 3-2 3-2 UEFA Yevro-2020 saralashi

Yutuqlari Ludogorets

- Bolgariya ligasi : 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020

- Bolgariya Superkubogi : 2019

Qayrat

- Qozogʻiston Premyer-ligasi : 2020- Qozogʻiston kubogi : 2021

Manbalar

Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar