right|thumb|250x250px| Shirakava panoramasi Yaponiyaning Gifu prefekturasining Kamo tumanida joylashgan shaharchadir. 1-yanvar, 2019-yil holatiga koʻra, shaharchada hisob-kitoblarga koʻra 8288 nafar aholi 3159 ta xonadonda istiqomat qilganShirakawa Town official statistics va aholi zichligi 1 km2 ga 36 kishidan toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 237,90 kvadrat kilometrni (91,85 mi²) tashkil etdi.

Geografiyasi Shirakava - Gifu prefekturasining janubidagi Yaponiya Alp tog'larining quyi qismida joylashgan. U bir necha daryolar hosil qilgan vodiylarda qad rostlagan bo'lib, ular shaharning bir chetida Shirakava daryosini hosil qiladi. Daryolar sezilarli darajada rivojlangan va o'zgargan bo'lsa-da, shirin daryo baliqlari boʻlgan Ayu balig'ining manbai bo'lib qolmoqda. Shahar atrofi past tog'lar va o'rmonlar bilan qoplangan, birinchi navbatda doim yashil daraxtlarni uchratish mumkin. Yapon makakalari, ayiqlari va yovvoyi cho'chqalari mahalliy o'rmonlarda yashashi ma'lum.

Qo'shni munitsipalitetlar

Gifu prefekturasi Nakatsugava Ena Gero Hichiso Yaotsu Higashishirakava

Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Shirakavada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori bo'lib, eng seryog'in oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat Shirakawa climate data atrofida va eng past harorati yanvarda, atrofida bo'ladi.

Demografiyasi Yaponiya aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'raShirakawa population statistics, Shirakava aholisi soni so'nggi 50 yil ichida barqaror ravishda kamaygan. right|thumb|250x250px| Shirakava shahar hokimiyati

Tarixi Shirakava atrofidagi hudud Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, u asosan Tokugava syogunati ostida Ovari Domen tomonidan nazorat qilingan. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Mugi tumani tarkibida tashkil etilgan. Sakanohigashi qishlogʻi 1897-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil topgan. 1953-yilda Nishi-Shirakava qishlog'i ajralib chiqib, Shirakava shahrini tashkil qildi va Kamo tumaniga qo'shildi hamda keyingi yili Shirakava Sakanohigashi qishlog'ining qolgan qismini o'ziga qo'shib oldi. 1956-yilda Shirakava Kurosava, Sami va Sahara qishloqlarini qoʻshib oldi.

Iqtisodiyoti Mahalliy iqtisodiyotida o'rmon va qishloq xo'jaligi ustunlik qiladi. Shirakava Hinoki yog'ochini, shuningdek, yashil choy mahsulotlarini ishlab chiqarishi bilan ajralib turadi.

Ta'lim tizimi Shirakavada beshta davlat boshlang'ich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat o'rta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.

Transport

Temir yo'l

20x20px Markaziy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi - Takayama magistral liniyasi Shirakavaguchi - Shimoyui

Magistral yo'l

Milliy yo'nalish 41 Milliy yo'nalish 256

Qardosh shahar munosabatlari

- Pistoia, Tuscany, Italiya (1994-yil 30-oktyabr) - Songyuan, Jilin, Xitoy 1981-yildan buyon

Manbalar

Havolalar

Shirakawa official website

Turkum:Gifu prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Shirakava (Gifu, shaharcha)