Antonio Rukavina () (1984-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — serbiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Rukavina 2002/2003-yilgi mavsumda Serbiya va Chernogoriya 2-ligasida gʻalaba qozongan mahalliy „Bezaniya“ klubida kattalar tarkibidagi debyutini amalagaa oshirgan. U shuningdek jamoasiga, 2005/2006-yilgi Serbiya Birinchi ligasida gʻalaba qozonishda yordam bergan. Gʻalabadan keyin uning jamosi Serbiya Superligasiga koʻtarilgan.

2006-yil dekabr oyida „Partizan“ va „Bezaniya“ Rukavina va Žarko Lazetich transferi shartlarini kelishib olgani eʼlon qilingan. Har ikki futbolchi 2007-yilning yanvarida toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Yangi tayinlangan murabbiy Miroslav Dukich qoʻl ostida Rukavina 2006//2007-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan hamda oʻzini asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan. Keyinchalik u 2007/2008-yilgi mavsum oldidan jamoa sardori etib tayinlangan.

2008-yilning yanvarida Rukavina Germaniyaning „Borussiya Dortmund“ klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. U oʻsha yilning fevral oyida Bundesligadagi debyutini oʻtkazgan va „MSV Duisburg“ga qarshi kechgan bahsda 90 daqiqa harakat qilgan. 2009-yil fevral oyida Rukavina Bundesliga 2 jamosi 1860 Munichga jara asosida oʻtgan. 2009-yil iyun oyida u doimiy ravishda 1860 Munichning doimiy futbolchisiga aylangan.

2012-yil iyul oyida Rukavina Ispaniyaga koʻchib oʻtgan va Valyadolid bilan uch yillik shartnoma imzolagan. U avgust „Zaragoza“ga qarshi safarda 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda La Ligadagi debyutin oʻtkazgan. Ikki mavsumda Rukavina 71 oʻyinda maydonga tushgan va ikkita gol muallifiga aylangan.

2014-yilning 8-iyulida Rukavina „Vilyarreal“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.U ispan jamoasi safida barcha musobaqalarda 32 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyingi 2015/2016-yilgi mavsumda Rukavina 31 oʻyinda maydonga tushgan.

2018-yilning iyul oyida Rukavina Qozogʻiston chempioni „Astana“ jamoasi tarkibiga erkint agent sifatida qoʻshilgan. U birinchi mavsumida ularga liga chempionligini himoya qilishga yordam bergan. 2019-yilning avgustida Rukavina klub bilan shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirgan. 2021-yil 11-noyabrda Rukavina futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati Rukavina 2007-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Serbiya sharafini himoya qilgan. U turnir davomida jamoaning birinchi raqamli oʻng qanot himoyachisi boʻlgan. Bu pozitsiyada toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.

2007-yil 2-iyunda Rukavina Serbiya terma jamoasi safida debyut oʻyinda maydonga tushgan. Bu oʻyin UEFA yevro-2008 saralashida Finlandiyaga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyin boʻlgan. U 2010-yilgi FIFA Jahon Kubogi uchun 23 kishilik yakuniy tarkibga kiritilgan.

2018-yil iyun oyida Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mladen Krstajic Rukavinani FIFA Jahon chempionati-2018 uchun yakuniy 23 kishilik tarkibga kiritgan. U guruh bosqichining ikki oʻyinida, Kosta-Rika (1:0 gʻalaba) va Braziliyaga (2:0 magʻlubiyat) qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBežanija2002—2003Serbiya Ligasi278———2782003—2004Serbiya Ikkinchi Ligasi333———3332004—2005332———3322005—2006Serbiya Birinchi Ligasi363———3632006—2007Serbiya Super Ligasi162——162Jami14518——14518Partizan2006—2007Serbiya Super Ligasi1532000—1732007—20081710020—191Jami3242020—364Borussia Dortmund2007—2008Bundesliga14040——1802008—20095010101080Jami1905010102601860 Munich (loan)2008—20092. Bundesliga15100——1511860 Munich2009—20102. Bundesliga32030——3502010—201134020——3602011—201231020——330Jami112170——1191Valladolid2012—2013La Liga37110——3812013—201434110——351Jami71220——732Villarreal2014—2015La Liga2107040—3202015—201618030100—3102016—2017402060—1202017—20181704030—240Jami600160230—990Astana2018Qozogʻiston Premyer ligasi3000140001702019280001401043020201100000001102021250304020340Jami67030320301050Karyerada jami507253505804060425

Xalqaro +Terma jamoa yil boʻyicha oʻyin va gollarMilliy terma jamoa Yil Ilovalar Maqsadlar Serbiya 2007-yil 7 0 2008-yil 7 0 2009-yil 4 0 2010-yil 4 0 2011-yil 0 0 2012-yil 1 0 2013-yil 5 0 2014-yil 2 0 2015-yil 0 0 2016-yil 7 0 2017-yil 7 0 2018-yil 11 0 2019-yil 4 0 Jami 59 0

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar

Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari

Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar