Ronald Frederick Atkinson (1939-yil 18-martda tugʻilgan)- ingliz sobiq futbolchisi va murabbiyi. Atkinson "Big Ron" nomi bilan tanilgan. U 1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida Britaniyaning eng taniqli futbol ekspertlaridan biri hisoblangan.

Atkinson futbolchilik faoliyati davomida "TheTank" laqabini olgan va 12 yil davomida Oxford United sharafini himoya qilgan. U oʻyinlarda maydonga tushish boʻyicha klub rekordini saqlab kelmoqda. Murabbiy sifatida u 1983 va 1985-yillarda "Manchester United" bilan Angliya kubogi, 1991-yilda Sheffield Wednesday va 1994-yilda "Aston Villa" bilan Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritgan.

Erta hayot va oʻyin faoliyati Atkinson Liverpoolda tugʻilgan, ammo uning oilasi Shard Endga (oʻsha paytda Warwickshireda, hozirda Birmingemning hududi) koʻchib oʻtgan. Atkinson Lea Village oʻrta maktabida oʻqigan. Atkinson 17 yoshida BSA Tools ishchi jamoasini tark etib, Aston Villa bilan shartnoma imzolagan.

Kettering Town va Cambridge United Oʻyinchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, Atkinson 1971-yilda atigi 32 yoshida ligaga kirmaydigan Kettering Townning bosh murabbiyi boʻldi. Uning u yerdagi muvaffaqiyati 1974-yil noyabr oyida Cambridge United bilan ligaga oʻtishga olib keldi. Atkinson 1977-yilda toʻrtinchi divizionda gʻolib chiqdi. Atkison ularni Ikkinchi divizionga chiqish arafasida tark etdi.

Manchester United Atkinson "Manchester United" da oʻzidan oldingi murabbiydan koʻra, jamoani yuqori darajaga olib chiqadigan odam sifatida koʻrildi.

Atlético Madrid "Manchester United" dagi faoliyatidan soʻng, Atkinson "Atletiko Madrid" ni boshqarishi kerak edi, biroq "Atletiko" dagi ichki siyosat uning tayinlanishini kechiktirdi va bu orada Atkinson "West Bromwich" ni boshqaridi. 1988-yil oktyabr oyida Atkinson Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Atkinson "Espanyol" ga qarshi oʻyinda 6:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Manbalar

Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1939-yilda tugʻilganlar