Levan Keniya (; 1990-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) — gruziyalik professional futbolchi, Germaniyaning KFC Uerdingen klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Keniya 2008-yilning yanvarida „Lokomotive Tbilisi„dan „Shalke 04“ga kelib qoʻshilgan. Klub bilan 2012-yilning iyunigacha amalda boʻladigan shartnoma imzolagan. Keniya 2008-yilning 2-oktyabrida „Schalke 04“ tarkibida UEFA kubogi doirasida APOELga qarshi oʻyinning 65-daqiqasida Gerald Asamoahning oʻrniga maydonga tushib debyut qildli. Ilgari Keniya 14 yoshida „Barcelona“ da ikki hafta mashgʻulot oʻtkazgan.
2009-yil 11-aprelda Keniya „Schalke“ safida „Karlsruher SC“ ga qarshi oʻyinda Bundesligada debyut qildi.
2012-yil 14 avgustda Keniya Ukraina Premyer-ligasi vakili „Karpaty Lviv „ bilan ikki yillik shartnomaga rozi boʻldi. Ukrainada bir yil oʻtkazgandan soʻng, Keniya Germaniyaga qaytib keldi va Fortuna Düsseldorf bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Keniya Düsseldorning umidlarni oqlay olmadi. Pleymeyker sifatida 2013—2014-yilgi mavsumda atigi oʻn bitta oʻyin oʻtkazdi. Mavsumning ikkinchi yarmida toʻrt daqiqa oʻynadi. 2014-yilning 1-iyulida, avvalgi mish-mishlarga koʻra, uning shartnomasi bekor qilingani eʼlon qilingan.
2018-yilning yozida Lyuksemburgning „F91 Dudelange“ klubiga oʻtdi.
2021-yilda Keniya Germaniyaning KFC Uerdingen mintaqaviy klubiga qoʻshildi.
Xalqaro faoliyati Keniya Gruziya terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning 8-sentyabrida Ukrainaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Gruziya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Klaus Toppmöller oʻz yoshidagi bunday texnik qobiliyatga ega futbolchini hech qachon koʻrmaganini aytgan. Terma jamoada Keniya hamkasblari Levan Mchedlidze va Giorgi Makaridze bilan birgalikda UEFA Yevro-2008 saralash bosqichida Shotlandiya qarshi oʻyinda maydonga tushishdi, 2:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Toppmöller Keniyani, „Keniya uchrashuvdagi eng yaxshilardan biri boʻldi“ deb maqtadi.
Kenya milliy terma jamoasidagi birinchi golini 2008-yilning 27-mayida Estoniyaga qarshi oʻyinda kiritgan.
Shaxsiy hayoti Levan SC Freiburg klubining sobiq yarim himoyachisi Georgi Kiknadzening jiyani.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Lokomotivi Tbilisi 2005—2006 4 0 0 0 0 0 4 0 2006—2007 11 3 0 0 0 0 11 3 2007—2008 4 1 0 0 0 0 4 1 Jami 19 4 0 0 0 0 19 4 Schalke 04 2008—2009 1 0 0 0 1 0 2 0 2009—2010 10 0 2 1 0 0 12 1 2010—2011 0 0 0 0 0 0 0 0 2011—2012 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 11 0 2 1 1 0 14 1 Karpati Lvov 2012—2013 20 3 2 1 0 0 22 4 Fortuna Düsseldorf 2013—2014 11 0 1 0 0 0 12 0 Jami faoliyati 61 7 5 2 1 0 67 9
Xalqaro
+Levan Keniya tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2008-yil 27-may A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya 9 1-1 1-1 Doʻstona 2 2008-yil 20-avgust Liberti stadioni, Suonsi, Uels 11 1-1 2-1 Doʻstona 3 2008-yil 6-sentyabr Stadion am Bruchweg, Mainz, Germaniya 12 1-2 1-2 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2016-yil 27-may ASKÖ Stadion, Wels, Avstriya 27 1-3 1-3 Doʻstona
Manbalar
Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbolchilar