Juan Antonio González Fernández (; 1987-yil 27-aprelda tugʻilgan), Juanan nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Palma-de-Malyorka shahrida tugʻilgan Juanan yosh toifada uchta klubda, shu jumladan mahalliy RCD Mallorcada 17 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan jamoalarida oʻynagan. 2007-yilning yozida Deportivo de La Coruña bilan shartnoma imzoladi. Biroq asosiy jamoada emas, Segunda B divizionining B jamoasida ikki mavsum oʻynadi, jamoasi ikkinchi ligaga tushib ketdi. Asosiy tarkib bilan UEFA kubogi doirasida AaB Fodboldga qarshi oʻyinda 21 daqiqa maydonda harakat qildi.
Galisiyaliklar bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Juanan uchinchi divizionning boshqa jamoasi „Real Madrid Kastilya“ ga qoʻshildi va klubdagi 2-yilida 29 oʻyinda (barchasi startda) maydonga tushdi. 2011-yil iyun oyi oxirida Germaniyaga koʻchib oʻtdi va Fortuna Düsseldorf bilan shartnoma imzoladi.
Juanan 2011-yilning 24-iyulida Fortuna bilan rasmiy debyutini SC Paderborn 07 klubiga qarshi oʻtkazdi. Musobaqadagi ilk golini 16-sentyabr kuni FC Erzgebirge Auega kiritdi, jamoa 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Keyingi mavsumlarda Juanan „Újpest“ (Vengriya), „Recreativo de Huelva“ va „CD Leganes“ klublarida ishtirok etdi. 2016-yilning 3-fevralida Shimoliy Amerika futbol ligasi Rayo OKC klubi bilan shartnoma imzoladi, 11-iyulda shartnoma muddati yakunlandi.
Juanan 2016-yil 8-avgustda I-liga chempioni Bengaluru FC jamoasiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshildi. 2018-yilning 3-martida 31 yoshli futbolchi klub bilan 2020-yilgacha yana ikki yillik shartnomaga rozi boʻldi.
2021-yil 26-iyulda Juanan Hindiston Superligasining „Hyderabad“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Kerala Blasters FCga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Jamoada 2022-yil Hindiston superligasini qoʻlga kiritdi.
Faoliyat statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarDeportivo B2007—2008Segunda División B344——203642008—2009Segunda División B371———371Jami715——20735Deportivo2008—2009La Liga000030—30Real Madrid B2009—2010Segunda División B230———2302010—2011Segunda División B290——20310Jami520——20540Fortuna Düsseldorf2011—20122. Bundesliga19210—202222012—2013Bundesliga15020——1702013—20142. Bundesliga0000——00Jami34230—20392Újpest2013—2014Nemzeti Bajnokság I191102——293Recreativo2014—2015Segunda División26010——270Leganés2015—2016Segunda División0030——30Rayo OKC2016Shimoliy Amerika futbol ligasi7010——80Bengaluru2016—2017I-League15050111—3112017—2018Hindiston Superligasi1813090-3012018—20192011020-2312019—202019100402312020—20211420010152Hyderabad2021—2022170000000170Jami faoliyati312132723016037516 Izoh
Yutuqlari Újpest
Vengriya kubogi: 2013—2014
Bangaluru
Hindiston Superligasi: 2018—2019 Federatsiya kubogi (Hindiston): 2016—2017 Superkubok (Hindiston): 2018
Hyderabad
Hindiston Superligasi: 2021—2022
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Segunda División B oʻyinchilari
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar