Andrey Mixaylovich Mozalyov (; 2003-yil 24-martda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. 2019 Warshaw Cup chempioni, 2022-yilgi Rossiya milliy chempionatining bronza medali sovrindori. Andrey 2020-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni va oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining uch karra gʻolibi boʻlgan.
Faoliyati
Dastlabki yillari Mozalyov 2008-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. Unga Kirill Davidenko murabbiylik qilgan.
2016 — 2017-yilgi mavsum Mozalyov 2016-yil noyabr oyida oʻzining xalqaro oʻsmirlar darajasidagi debyutini 2016 Volvo Open Cup musobaqasida oʻtkazgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. Uch hafta oʻtgach, u 2016 NRW Trophy musobaqasida qatnashib, yana bir oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2017 — 2018-yilgi mavsum Mozalyov 2017-yil noyabr oyida 2017 Tallinn Trophy musobaqasida ishtirok etib, uchinchi xalqaro oltin medalini qoʻlga kiritgan.
Mozalyov 2018-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida oʻn yettinchi oʻrindan joy olgan. U qisqa dasturda toʻrtinchi oʻrinni egallagan, ammo erkin dastur boʻyicha oxirgi (oʻn sakkizinchi) oʻrindan joy olgan.
2018 — 2019-yilgi mavsum Mozalyov 2018-yil sentyabr oyining oxirida Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida debyut qilgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. U qisqa dasturda ikkinchi oʻrinni egallagan holda erkin dasturda gʻalaba qozonib, kumush medal sohibi Kamden Pulkinenni taxminan besh ochko farqi bilan ortda qoldirgan. Mozalyov mavsumdagi ikkinchi Gran pri bosqichida Armanistonning Yerevan shahrida boʻlib oʻtgan turnirda qatnashib oltinchi oʻrindan joy olgan.
2021 — 2022-yilgi mavsum Mozalyov 2021-yili oʻtkazilgan Denis Ten xotirasiga bagʻishlangan musobaqada (2021 CS Denis Ten Memorial Challenge) qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Gran-pri musobaqasining 2021-yilgi Internationaux de France turnir bosqichida yettinchi oʻrindan joy olgan.
2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan Mozalyov qisqa dasturda xatoliklarga yoʻl qoʻygan va erkin dasturda konkida uchish huquqini olish uchun yigirma uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dastur namoyishi muvaffaqiyatli boʻlib, oʻn sakkizinchi oʻrinni egallagan va umumiy hisob bilan reytingda oʻn toʻqqizinchi oʻringa koʻtarilgan.
Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur2022-2023 I Canʼt Quit You Baby Kashmir 2021-2022 Heart Cry
Sadeness (Part II) City of Isabel Moxica and the Horse Hispañola Twenty Eighth Parallel Conquest of Paradise2020-2021 Sadeness (Part II) The Man With the Harmonica
Natijalari CS: Challanger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri Xalqaro Musobaqa 16-17 17-18 18-19 19-20 20-21 21-22 Olimpiada 19 Yevropa chempionati 4 Fransiya 7 Rostelecom Cup 4 Denis Ten MC 3 Finlandiya WD Warshaw Cup 1ㅤ Xalqaro: oʻsmirlar Jahon chemp.1ㅤ Olimpiada2 finali 2 Armaniston 6 Xorvatiya 1ㅤ Chexiya 1ㅤ Latviya 1ㅤ NRW Trophy 1-J Tallinn Trophy 1-J Volvo Open Cup 1-J Milliy Rossiya chemp.5 4 3 Rossiya kubogi finali 1-J 4 Jamoa tadbirlari WD = musobaqani tark etganJ = oʻsmirlar darajasi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar