José João Altafini (; 1938-yil 24-iyulda tugʻilgan) – Braziliyada "Mazzola" nomi bilan tanilgan (italiyalik afsonaviy futbolchi Valentino Mazzolaga oʻxshab ketgani uchun) italyan-braziliyalik sobiq hujumkor futbolchi.

Faoliyatini Braziliyaning Palmeiras jamoasida boshlagan boʻlsa-da, tez orada A Seriyada futbol oʻynash maqsadida Italiyaga koʻchib oʻtgan. Futbolchi asosan, Italiyaning A.C. Milan klubidagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan esga olinadi. Jamoadagi oʻyinlari bilan ichki va xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U keyinchalik, Napoli va Yuventus klublarida ham toʻp tepishga muvaffaq boʻlgan. Faoliyati Shveysariyada tamomlashidan oldin Chiasso va Mendrisiostar jamoalari tarkibida ham harakat qilgan.

Sermahsul toʻpurar sifatida eʼtirof etilfan Altafini 50 yildan ortiq vaqt davomida yevrokuboklarda eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi boʻlib turgan. Futbolchi yevrokuboklarda bir oʻyinda beshta gol urishga sazovor boʻlgan sakkiz futbolchidan biridir. U 216 ta gol bilan Italiya A Seriyasi tarixidagi eng sermahsul toʻpurarlar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi (Giuseppe Meazza () bilan birga). Shuningdek, 24 yoshu 239 kunlik paytida A Seriya tarixidagi 100 ta gol urgan eng yosh beshinchi oʻyinchi sifatida qayd etiladi.

Xalqaro maydonlarda Braziliya va Italiyani terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 1958-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba qozongan Braziliya terma jamoasi tarkibida harakat qilgan. 1962-yilgi FIFA Jahon chempionatida Italiya sharafini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi

Italiyada +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigadaKubokdaYevropadaBoshqaJamiOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAC Milan1958—593228442238341959—603320422439261960—613422242038261961—6233222035221962—633111219144546311963—64301410443138191964—65123123Umumiy2051209919201312246161Napoli1965—66341421 - -5741221966—672716115133181967—682913213334171968—6921542312881969—7015830305326111970—7125711436111971—7229852203610Umumiy180712811165?1023497Juventus1972—73239606335121973—7421782211032101974—75208609535131975—761014130172Umumiy74252432091011937Jami459216612355342422599295 Manbalar

Havolalar

José Altafini FIFA saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:SE Palmeiras futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasining eng yaxshi toʻpurarlari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Shveysariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:1958-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1962-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Ikki mamlakat terma jamoasida oʻynagan futbolchilar (erkaklar futboli)