Paul Gardner Allen (; 1953-yil 21-yanvar — 2018-yil 15-oktyabr) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor va filantropdir. 1975-yili bolalikdagi doʻsti Bill Gates bilan birgalikda hozir jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoft korporatsiyasiga asos solgan. Forbes jurnalining 2018-yilgi maʼlumotlariga koʻra, Allen dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida 44-oʻrinni egallagan. Uning boyligi oʻsha paytda $20,3 milliard dollarga baholangan.

2009-yilda Allenga Hodgkin boʻlmagan limfoma tashxisi qoʻyilgan. 2018-yilning 15-oktyabrida 65 yoshida septik shokdan vafot etgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:2018-yilda vafot etganlar Turkum:Amerikalik filantroplar Turkum:AQSh tadbirkorlari Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar Turkum:Amerikalik dasturchilar