Reaktiv bogʻliqlik sindromi (inglizcha: Reactive attachment disorder / RAD) – baʼzan balogʻat yoshigacha saqlanib qolishi kuzatilsa ham, klinik adabiyotlarda asosan bolalarda uchrashi mumkin boʻlgan ogʻir va nisbatan kam uchraydigan kasallik sifatida tasvirlanganDSM-IV-TR (2000) American Psychiatric Association p. 129.. RAD koʻpgina ilmiy kontekstlarda ijtimoiy munosabatlarning sezilarli darajada buzilishi bilan tavsiflanadi. Bu koʻpgina oʻzaro ijtimoiy munosabatlarga toʻgʻri kirishish yoki ularga risoladagidek javob berishda layoqatsizlik shaklida namoyon boʻlishi mumkin. DSM-5 ga koʻra, bu sindrom „shaklanmagan bogʻliqlik sindromi“ deb nomlanuvchi alohida tashxis bilan belgilangan.
RAD sindromi ilk bolalik davrida birlamchi gʻamxoʻrlik qiluvchilarga nisbatan normal bogʻlanishni shakllantirmaslikdan kelib chiqadi. Bunday holat bolaga ilk davrlarda jiddiy eʼtiborsizlik, zoʻravonlik koʻrsatilishi, olti oylikdan uch yoshgacha boʻlgan vaqtda qarovchi (ota, ona yoki enaga) dan keskin ajratilish, qarovchilarning tez-tez oʻzgarib turishi yoki qarovchi bolaning muloqot qilish harakatlariga javob bermasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ammo, bunday holatlarning barchasi ruhiy buzilishlarga olib keladi deb aytish oʻrinli emasPrior & Glaser (2006), pp. 218-219.. Bu keng tarqalgan rivojlanish buzilishi yoki rivojlanish kechikishidan, shuningdek, aqliy zaiflik kabi bir-biriga aloqador kasalliklar sababli ham yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi oʻzaro bogʻlanish tarziga taʼsir qilishi mumkin. Reaktiv bogʻlanish sindromi diagnostikasi mezonlari ishonchsiz yoki tartibsiz bogʻlanish kabi insonlararo bogʻlanish usullarini kategoriyalashtirishda qoʻllanadigan mezonlardan juda farq qiladi.
RAD sindromiga chalingan bolalarda keyingi hayotda shaxslararo munosabatlarda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ichki aloqa modellari buzilganligi taxmin qilinadi. Sindromning uzoq muddatli taʼsiri boʻyicha bir nechta tadqiqotlar oʻtkazilgan, ammo kasallikning besh yoshdan keyin namoyon boʻlishi haqida aniq dalillar hali mavjud emasPrior & Glaser (2006), p. 228.. Biroq, 1990-yillarning boshida Sovuq urush tugaganidan keyin Sharqiy Yevropada bolalar uylarining ochilishi ortidan juda yomon sharoitlarda qolgan goʻdaklar va bolalar ustida tadqiqot oʻtkazish imkoniyati tugʻildi. Bunday tadqiqotlar shaxslararo bogʻlanishga aloqador muammolarning tarqalishi, sabablari, mexanizmi va ularni tashxislash haqidagi tushunchalarni kengaytirdi. 1990-yillarning oxiridan boshlab, tadqiqotlar asosida sindromni davolash va oldini olish dasturlarini hamda yaxshiroq tashxish usullarini ishlab chiqish imkoni paydo boʻldi. Ushbu sohadagi asosiy nazariyotchilar bogʻlanish bilan aloqador muammolardan kelib chiqadigan oqibatlarni mavjud tasniflardan tashqari kengroq doirada aniqlash kerakligini taklif qilishdi.
RAD va boshqa muammoli bogʻlanish turlariga qaratilgan asosiy davolash va profilaktika dasturlari bogʻlanish nazariyasi (attachment theory) ga asoslanadi va koʻpincha bolaga qarovchi shaxsning eʼtiborliroq va ziyrakroq boʻlishi, agar buning imkoni boʻlmasa, bolaga boshqa qarovchi biriktirilishini tavsiya etadiPrior & Glaser (2006), p. 231.. Bunday strategiyalarning aksariyati hanuzgacha baholanish jarayonida. Asosiy amaliyotchilar va nazariyotchilar reaktiv bogʻlanish sindromi hali nazariy jihatdan toʻla asoslanmaganligi sababli „bogʻliqlikdagi buzilish“ diagnostikasi va uning „attachment theraphy“ deb ataluvchi davo chorasiga nisbatan jiddiy tanqidlarni ilgari surdilar. "Attachment theraphy ilmiy jihatdan aniq asoslanmagan, unda ICD-10 yoki DSM-IV-TR mezonlaridan yoki bogʻliqlik shakllaridan sezilarli farq qiladigan boshqa diagnostika mezonlaridan yoki simptomlar roʻyxatidan foydalaniladi. Terapiyada bir qator davolash usullari qoʻllanadi, ularning baʼzilari jismoniy va psixologik jihatdan qaltis boʻlib, nazariyaga zid hisoblanadiOʻConnor TG, Nilsen WJ (2005). „Models versus Metaphors in Translating Attachment Theory to the Clinic and Community“. In Berlin LJ, Ziv Y, Amaya-Jackson L and Greenberg MT (eds.). Enhancing Early Attachments: Theory, Research, Intervention, and Policy. pp. 313-26. The Guilford Press. Duke series in Child Development and Public Policy. ..
Simptomlar va belgilar Bolalarda reaktiv bogʻlanish sindromi boʻyicha dastlabki tashxis qoʻyishi mumkin boʻlgan mutaxassislar Pediatrlar hisoblanadi. Ilk belgilar bolaning rivojlanishi va xronologik yoshiga qarab oʻzgarsada, ijtimoiy munosabatlarda baribir muammolar mavjudligi sezilib turadi. Taxminan 18-24 oygacha boʻlgan chaqaloqlarda noorganik rivojlanish yetishmovchiligi va gʻayrioddiy sezgirlik namoyon boʻlishi mumkin. Qon zardobidagi oʻsish gormoni darajasi normal yoki yuqori boʻlsa, laboratoriya tahlillari toʻyib ovqatlanmaslik yoki suvsizlanish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan alomatlarni rad etadi.
Asosiy belgi — bu bolalarning bogʻliqlik va aloqa usullari ijtimoiy munosabatlariga mos kelmasligidadir. Bu uch shaklda namoyon boʻlishi mumkin:
Har qanday yoshi kattalar, hatto begona odamlardan tasalli va mehr-muhabbat olishga begʻaraz va haddan ortiq urinish (katta yoshdagi bolalar va oʻsmirlarda bu holat tengdoshlariga nisbatan ham namoyon boʻlishi mumkin). Tasalli va mehr-muhabbat koʻrsatish yoki hatto stressga tushganda ham boshqalardan taskin olishni istamaslik. Hayvonlarni qiynash, oʻldirish, aka-uka yoki boshqa oila aʼzolariga ziyon yetkazish yoki oʻziga qasddan zarar yetkazishChaffin et al. (2006), p. 80. The APSAC Taskforce Report.
RAD beparvolik va abyuziv parvarish bilan bogʻliq boʻlsada, unga faqat shu asosda avtomatik tashxis qoʻyish mumkin emas, chunki bolalar sezilarli zoʻravonlik va eʼtiborsizlikka qaramasdan barqaror bogʻliqlik va ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishlari mumkin. Biroq, bunday layoqatga ega bolalar kamdan-kam uchraydi.
Sindrom nomiga koʻra, u bogʻlanish bilan aloqador muammolarni koʻzda tutadi, ammo rivojlanishning ortda qolishi, muvofiq ijtimoiy sezgirlikning yetishmasligi, apatiya kabi alomatlar kiradi.
Tashxis vositalari Reaktiv bogʻliqlik sindromi uchun umumiy qabul qilingan diagnostika protokoli hali mavjud emas. Koʻpincha tadqiqot va diagnostikada bir qator chora-tadbirlar qoʻllanadi. Bogʻlanish uslublari, muammolari yoki buzilishlarini tashxislashning tan olingan usullari orasida Strange Situation Procedure protsedurasi (psixolog Mery Ainsworthtomonidan ishlab chiqilgan), separatsiya va birlashish tartibi va maktabgacha yoshdagi bogʻlanishni baholash, Parvarish shart-sharoitlari kuzatuvi, Q-sortWaters E, Deane K (1985). „Defining and assessing individual differences in attachment relationships: Q-methodology and the organization of behavior in infancy and early childhood“. In Bretherton I and Waters E (Eds.) Growing pains of attachment theory and research: Monographs of the Society for Research in Child Development 50, Serial No. 209 (1-2), pp. 41-65. va stem-hikoyalar texnikasidan foydalanish kabilarni oʻz ichiga oladi. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun „Child Attachment Interview“ va „Autobiographical Emotional Events Dialogue“ kabi usullardan foydalaniladi. Qarovchilar, shuningdek, „Working Model of the Child Interview“ deb nomlanuvchi protsedura yordamida ham baholanishi mumkin.
Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlarda Smyke va Zeanah (1999) tomonidan ishlab chiqilgan Disturbances of Attachment Interview (DAI) protsedurasi ham qoʻllanib kelinmoqdaSmyke A, Zeanah CH (1999). „Disturbances of Attachment Interview“. Available on the Journal of the American Academy of Child and Adolescent Psychiatry website at www.jaacap.com via Article plus. Retrieved on 3 March 2008.. DAI yarim tuzilgan intervyu boʻlib, amaliyotchilar tomonidan qarovchilarga taqdim etiladi. U 12 ta bandni:"kamsitilgan va afzal deb topilgan qarovchiga ega boʻlish", „Stress paytida tasalli izlash“, „tasalli taklif qilinganda unga javob berish“, „ijtimoiy va hissiy oʻzaro munosabat“, „hissiy tartibga solish“, „qarovchidan uzoqlashgandan keyingi nazorat“, „notanish kattalar bilan munosabatda boʻlish“, „nisbiy begonalarga hayrxohlik“, „oʻz-oʻzini xavf ostiga qoʻyadigan xatti-harakatlar“, „haddan tashqari yopishish“, „hushyorlik / giperkomplientlik“ va „rolni oʻzgartirish“ kabilarni oʻz ichiga oladi. Ushbu usul nafaqat RAD, balki bogʻlanishdagi ruhiy buzilishlarning yangi alternativ toifalarini ham tanlash uchun moʻljallangan.
Sabablari Bolalik davridagi ruhiy salomatlik muammolari sonining ortib borishi genetik nuqsonlar bilan bogʻliq boʻlsa-daMercer (2006), pp. 104-05., reaktiv bogʻliqlik sindromi tavsifi boʻyicha gʻamxoʻrlik va ijtimoiy munosabatlar borasida muammolar boʻlganligiga asoslanadi. Abyuz zaruriy omillar bilan bir qatorda sodir boʻlishi mumkin, ammo uning oʻzi bogʻliqlikdagi buzilishlarni izohlamaydiPrior & Glaser (2006), p. 218.. Temperament turlari yoki atrof-muhitga boʻlgan birikuvchi munosabat baʼzi individuallar dastlabki yillarda qarovchilar bilan noaniq yoki dushmanlik munosabatlari asosida stressga moyillik paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin. Oʻrinli va ziyrak qarovchilarning yoʻqligi koʻpchilik bolalarda bogʻliqlik buzilishining rivojlanishiga sabab boʻladiPrior & Glaser (2006), p. 219..
Oʻxshash abnormal ota-onalik sindromning ikki xil — cheklangan va cheklanmagan shakllarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa-da, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, abyuz va beparvolik RAD ning cheklangan turdagi holatlarida ancha sezilarli va ogʻirroq boʻlgan. Temperament va uning bogʻliqlik buzilishining rivojlanishiga taʼsiri masalasi haligacha yechim topmagan. Muhit bilan bogʻliq jiddiy muammolar boʻlmagan hollarda RAD hech qachon qayd etilmagan, ammo bir xil muhitda oʻsgan bolalar uchun natijalar doim bir xil.
Yetti yoshli egizaklar bilan oʻtkazilgan tadqiqotda bogʻliqlik va travma belgilarining neyrobiologik asoslarini muhokama qilishda psixopatologiyaning turli shakllari, jumladan RAD, chegaradagi shaxsiyat buzilishi (BPD) va travmadan keyingi stress (PTSD) kabilar koʻrib chiqildi. Bu holatda shaxsda oʻzin nazorat qilish layoqati rivojlanmasligi va ichki modellar toʻgʻri shakllanmasligi mumkin. Oʻz navbatida munosabatlardagi uyushgan xatti-harakatni boshqaradigan ongdagi „shablonlar“ ham shu asosda rivojlanadi. „Tuzatuvchi“ tajribalar (normativ gʻamxoʻrlik) mavjud boʻlganda, „qayta tartibga solish“ potensiali mavjud boʻlishi (normal diapazonda emotsional reaksiyalarni modulyatsiya qilish) mumkin.
Diagnostika RAD DSMda eng kam oʻrganilgan va toʻliq oʻrganilmagan kasalliklardan biridir. RAD toʻgʻrisida tizimli epidemiologik maʼlumotlar kam, kasallikning kechish jarayoni toʻla aniqlanmagan va unga aniq tashxis qoʻyish qiyin. Besh yoshdan oshgan bolalarda bogʻlanishdagi buzilishning namoyon boʻlishi haqida aniq fikrlar yoʻq va bogʻlanish buzilishining aspektlarini, tartibsiz bogʻlanish yoki yomon muomala oqibatlarini farqlashda qiyinchiliklar mavjud.
Amerika Bolalar va Oʻsmirlar Psixiatriya Akademiyasi (AACAP) maʼlumotlariga koʻra, reaktiv bogʻliqlik sindromi mavjud bolalar keng qamrovli psixiatrik tashxis va individual davolash rejasiga muhtoj. RAD belgilari yoki alomatlari boshqa psixiatrik kasalliklarda ham boʻlishi mumkin. AACAP bolaga bu tashxisni keng qamrovli baholashsiz berishni tavsiya qiladi. Amaliyot parametrlari shuni koʻrsatadiki, reaktiv bogʻliqlik sindromini baholash toʻgʻridan-toʻgʻri bolaning asosiy gʻamxoʻrlari bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan ketma-ket kuzatuvlaridan olingan dalillarni va bolaning ushbu tarbiyachilar bilan bogʻlanish usullari tarixini (agar mavjud boʻlsa) talab qiladi. Bu, shuningdek, bolaning notanish kattalar bilan xatti-harakatlarini kuzatishni va bolaning ilk parvarish muhitini, jumladan, pediatrlar, oʻqituvchilar yoki ish boʻlimi xodimlariga aloqador munosabatlar tarixini koʻrishni talab qiladi. AQShda dastlabki tashxis psixologlar, psixiatrlar, litsenziyalangan oilaviy terapevtlar, litsenziyaga ega professional konsultantlar, litsenziyalangan klinik ijtimoiy xodimlar yoki psixiatriya hamshiralari tomonidan berilishi mumkin.