Gagauziya (Gagauz tilida: ; Rumincha: ; Ruscha: ) Gagauziya avtonom oʻlkasi (moldovan/rumincha: Unitatea Teritorială Autonomă Găgăuzia), Moldovadagi avtonom respublika. Mamlakatga bu nomni bergan gagauz xalqi asli turkiy oʻgʻuzlardan boʻlib, Gagauz soʻzining oʻzi Koʻk-oʻgʻuz (Gök-oğuz) soʻzidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadiNayır, Yaşar Nabi (1936). Balkanlar ve Türklük, Ankara 1936, sayfa: 89. Paul Wittekning fikriga koʻra, Gagauz nomi Anadolu saljuqiy hukmdori Izzeddin Keykavus nomi bilan bogʻliq.
Tarixi
Bugungi kunda 250 mingga yaqin gagauz xalqi sobiq SSSR davlatlariga qarashli hududlarda istiqomat qiladi. Ularning aksariyati Moldova janubidagi Bujak viloyatida yashaydi. Gagauz qishloqlari Moldovadan tashqari Ukraina, Ruminiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Kabarda-Bolqoriya, Odessa va Zaporojyeda ham mavjud. Moldovada Gagauz avtonom respublikasidan tashqari, Kishinyovda 8000 gagauz, Benderda 1600, Dnestr daryosining shimoliy qirgʻogʻida 3300, Bolgariya va Gretsiyada taxminan 20 ming gagauz yashaydi.
Gagauzlar kelib chiqishi etnik turkiy boʻlgan provaslav xristianlardirMenz, Astrid. (2007). The Gagauz Between Christianity and Turkishness. 10.5771/9783956506925-123.. Vizantiya yozma manbalari koʻra oʻgʻuzlar XI asrda Dunay daryosidan oʻtib, Bolqonda joylashgan Makedoniya, Paristrione, Gretsiya va Bolgariyaga kelib oʻrnashgan koʻchmanchi qabilalar sifatida qayd etilgan.
XI asrda Bolqonga koʻchib kelgan Gagauzlar pravoslavlikni qabul qilib, keyinchalik Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan. XVIII-XIX asrlarda Bolqonda mustaqillik uchun boshlangan harakatlar, xususan bolgarlarning bosimiga chiday olmagan Gagauzlar 1750-1846-yillarda Dunay daryosi orqali Rossiya imperiyasining hududiga koʻchib oʻtishgan va Dunay atrofiga (1769-1791) va Bessarabiya hududlariga (1801-1812) oʻtroqlashganlar. Moldovada yashovchi turkiyzabon, pravoslav nasroniy gagauz xalqining bir qismi XIX asr davomida yuz bergan Rus-turk urushlarida Bolgariyadan Moldovaga koʻchib kelishadi. 1906-yildagi qisqa (15 kunlik) mustaqillik davrini hisobga olmaganda keyingi asrlarda rus, rumin va sovet hukmronligi ostida yashab kelishgan.
Koʻpgina tarixchi, etnograf va tilshunoslar fikriga koʻra gagavuzlar Dobrujada ikki asrdan koʻproq mavjud boʻlgan oʻz davlatga ega boʻlganlar. Bu davlat XIII asrda „Dobruja knyazligi“ yoki „Uzi viloyati“ nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, ularning maʼmuriy markazi Korbuna shahri ekanligi qayd etilgan.
1906-yil dehqonlar qoʻzgʻoloni natijasida Komrat respublikasi tashkil topgan. 15 kunlik mustaqillikdan soʻng keyingi asrlarda gagauz xalqi Rossiya imperiyasi, Ruminiya, Germaniya (Ikkinchi jahon urushi davrida) va Sovet Ittifoqi hokimiyati ostida yashab kelgan.
1980-yillarning oxirida, Sovet Ittifoqida demokratik oʻzgarishlar boshlangach, gagauz ziyolilari orasida milliy g‘oya tushunchasi keng tarqalgan va buning natijasida gagauzlarning madaniy hamda iqtisodiy muammolari mavjudligi haqidagi qarashlarni ilgari surish imkoniyati paydo boʻlgan. Gagauz ziyolilarining faol vakillari saʼy-harakatlari natijasi oʻlaroq 1988-yilda „Gagauz xalq harakati“ tuziladi.
„Gagauz xalqi harakati“ 1989-yilning may oyida oʻzining birinchi qurultoyini oʻtkazgan. Bu Moldova tarkibida Gagauziya avtonom respublikasining eʼlon qilinishidagi dastlabki muhim qadam bo‘lgan. Avtonomiya eʼlon qilishdan maqsad Gagauz respublikasining iqtisodiy va madaniy jihatdan oʻz erkinligini saqlab qolishdan iborat edi.
Etnik tarkibi
Gagauzlar : 83,8% Moldovanlar : 4,7% Bolgarlar: 4,9% Ruslar: 3,2% Ukrainlar: 2,5%
Rasmiy nomi Gagauzcha nomi % gagauzlar Komrat (munitsipalitet) Komrat 72,8% Ceadir-Lunga (munitsipalitet) Chodir 73,7% Vulkanesti (shahar)
Vulcăneşti statśie qarang Valkanesh Valkanesh temir yoʻli 69,4%
22,5% Avdarma Avdarma 94,2% baurci Baurcu 97,9% Beshalma pentacle 96,7% Beshgʻioz besh koʻz 93,0% bugeac cherkov 61,8% karakal qamchi bilan 70,2% Rasmiy nomi Gagauzcha nomi % gagauzlar Cazaclia tirgak 96,5% Chioselia Rusă teri rus 25,2% Chiriet-Lunga ifloslanish 92,6% Chirsova boshliq 45,6% Cioc-Maidan Koʻp maydan 93,1% Cişmichioi Choshmäkuu 94,4% Congaz Congaz 96,1% Congazcicul de Sus
Congazcicul de JosDudulești Congazcik yuqoriga Congazcik DownDudulest 73,4%
87,2% 4,4% Copceac qipchoq 95,0% rasmiy nomi Gagauz nomi % gagauz Kotovskoe Qirlannar 95,4% Dezgingea Qoʻlbola 94,5% etuliya
Etulia NouăEtulia stație qarang Tülükuu Eni Tulukütütrailway 92,7%
83,1% 94,5% Ferapontievka Parapontika 28,0% Gaydar Haydar 96,5% Joltay Koltay 96,0% Svetlii
Alekseevka Svetliy Alekseevka 35,4%
33,5% Tomay Tomay 95,1%
Dini
Xristianlar — 96,0% Pravoslav xristianlari — 93,0% protestantlar — 3,0% Baptistlar — 1,6% Yettinchi kun adventistlari — 0,8% Yevangelistlar — 0,4% Pentikostallar — 0,2% Boshqalar — 2,2% Dinsizlik — 1,6% Ateizm — 0,2%
Tabiati Oʻlkaning umumiy yer fondi 181,1 ming gektar bo‘lib, shundan 150,1 ming gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlar hisobiga to‘g‘ri keladi. (65400 gektar karbonatli tuproq; 63400 gektar yer esa oddiy qora tuproq). Bu tuproqlarning namlik darajasi kamroq boʻlib, bir gektardagi bir metrlik yer qatlamga taxminan 280-350 tonna chirindi toʻgʻri keladi. Moldovada tuproq unumdorligi oʻrtacha 71-82 daraja teng boʻlib, bu ancha past koʻrsatkich hisoblanadi.
Iqlimi issiq. +10 daraja harorat yiliga 179-187 kun davom etadi. Harorat miqdori 3300 darajadan oshadi. Oʻrtacha yogʻingarchilik darajasi 350–370 mm. Yillik gidrotermik koeffitsient 0,7-0,8 ga teng. Shu sababli, mintaqa koʻp hollarda qurgʻoqchilikdan aziyat chekib keladi. Mineral xom ashyo manbalaridan taxminan 23 million m³ loy (plitka va gʻisht ishlab chiqarishda juda yuqori sifatga ega) va 18 million m³ shagʻal qum konlari mavjud. Mintaqaning suv zaxiralari asosan yer osti suvlaridan iborat (taxminiy hajmi 8-10 mln m³). Yer osti suvlari (kichik soylar va koʻllar) cheklangan va mineralizatsiya darajasi yuqori boʻlgani sababli sugʻorish uchun deyarli foydalanilmaydi.
Oʻrmonlar va mahalliy energiya resurslari yoʻqligi sababli energiyani tashqaridan import qilib olish orqali ichki ehtiyojni taʼminlashga majbur boʻlishmoqda. Kelajakda quyosh va shamol energiyasi kabi muqobil energiya manbalaridan foydalanishda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish masalasi kun tartibida turibdi.
Ijtimoiy ahvoli thumb|Komrat
Taʼlim va madaniyati right|thumb| Çadır Lunga shahridagi madaniyat markazi Gagauz oʻlkasida boshlangʻich, oʻrta va litsey kabi 55 ta oʻquv yurtlari mavjud. Ushbu maktablarning baʼzilarida faqatgina boshlangʻich, oʻrta va litsey darajasidagi taʼlim berilsa, baʼzilarida bu taʼlimning barchasi umumiy tarzda beriladi. left|thumb| Komrat davlat universiteti Gagauz oʻlkasida Komrat universiteti mavjud boʻlib, unga Turkiya Respublikasi hukumati tomonidan har tomonlama yordam koʻrsatib kelinadi.
Ayni paytda TIKA tomonidan Komratda tashkil etilgan mintaqadagi eng muhim madaniyat markaz hisoblangan Atatürk kutubxonasi ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlar uchun yetarli manbalarga ega. Chadir-Lunga shahrida Mihail Çakir nomidagi Gagauz xalq milliy teatri mavjud boʻlib, u yerda doimiy gagauz tilidagi turli spektakllar berib boriladi.
Gagauz oʻlkasining maʼmuriy markazi boʻlgan Komrat, Chadir-Lunga, Vulkanesti shaharlarida va Komratga tutash Beshalma qishlogʻida Gagauzlar tarixiga oid muhim manbalarni jamlagan antropologik muzeylar mavjud. Gagauz viloyatida maktab kutubxonalaridan mustaqil faoliyat yuritayotgan 45 ta kutubxona faoliyat olib boradi.
Shuningdek, gagauzlarda „Duz Ava“ va „Kadınca“ nomli milliy ashula va raqs ansambllari faoliyat olib boradi.
Turmush darajasi 2000-yil yanvardan to noyabrgacha boʻlgan davrda xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi 285 MLni tashkil qilgan. 2000-yil dekabr holatiga koʻra esa ish haqi qarzi 31,3 MDL(Devlet memurlarına 7,5 milyon ML).
2001-yil yanvar-sentyabr oylarida xodimning oʻrtacha oylik ish haqi 329 MDLdan, 2001-yil 1-sentyabr holatiga koʻra ish haqi qarzi 27,4 MDL (davlat xizmatchilariga 7,8 mln MDL).
Infratuzilmasi Infratuzilmani qayta qurish davlat va xususiy mulk egalari bilan bir qatorda yangi joriy qilinayotgan huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy tamoyillarga asoslanadi. Gagauziya infratuzilmasidagi eng zaif qismi ichimlik suvi taʼminoti va sugʻorish tizimi hisoblanadi. Infratuzilmaning boshqa tarmoqlarida boʻlgani kabi suv taʼminoti ham katta mablagʻ talab qiladi. Ammo bu muammolarning hal qilish masalasi juda muhimdir. Chunki bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zaruriy sharti ana shu muammolarni hal qilishdan boshlanadi.
1994-yil iyun oyida Turkiya Respublikasi Gagauz oʻlkasining ichimlik suv va sugʻorish loyihasini amalga oshirish uchun 35 million dollar miqdorida kredit ajratgan, ammo Moldova parlamenti ushbu kreditning atigi 15 million dollarini bu masalaga sarf qilish borasidagi qarorni maʼqullagan. Bu mablag‘ bilan Komrat shahrida ichimlik suvi loyihasi to‘liq, Tent-Lunga loyihasi esa qisman amalga oshirilgan. Kreditning ikkinchi qismini tasdiqlash masalasi hali ham kun tartibida turibdi.
Soʻnggi paytlarda infratuzilmaga ajratilayotgan investitsiyalarning davlatga tegishli qismi kamayib, xususiy sektor salmogʻi oshib bormoqda.
Amaldagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 451,5 km. Ulardan 219,8 km respublika avtomobil yoʻllari, 192 km — mahalliy avtomobil yoʻllari hisoblanadi. Avtomobil yoʻllarining 86% asfaltdir.
Gagauz viloyati shaharlarida har 100 kishiga 18 ta telefon, qishloqlarda 100 kishiga 8,5 ta telefon toʻgʻri keladi. TIKAning texnik yordami bilan yangilangan Gagauz radiosini endi butun Komrat va Chadir-Lunga shahrining bir qismidan turib tinglash mumkin. Ushbu radioni butun Gagauziya bo‘ylab eshitish imkoniyatini taʼminlash borasidagi ishlar olib borilmoqda. Radioda asosan gagauz tilidagi eshittirishlar berib boriladi. Qolgan vaqtlarda esa TRT-FM ulab qoʻyiladi.
Siyosiy tizimi thumb|250x250px| Gagauziya vazirlar qoʻmitasi
Siyosiy-huquqiy maqomi right|thumb|435x435px| Gagauzia xaritasi Gagauziyada boshqaruv Moldova Respublikasi Konstitutsiyasi, „Gagauzlar oʻlkasining huquqiy maqomi toʻgʻrisida“gi qonun, Gagauzlarning asosiy qonuni va Gagauz Xalq Assambleyasi tomonidan qabul qilingan mahalliy qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Moldova Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi maqomi o‘zgargan taqdirda gagauz xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega. Gagauziyaning maxsus huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi qonun bilan berilgan vakolatlar doirasida siyosat, iqtisodiyot va madaniyat bilan bogʻliq muammolarni mustaqil ravishda hal qiladi. Gagauziyaning oʻz milliy ramzlari, gerbi, bayrogʻi va madhiyasi mavjud. Biroq Gagauziya muxtoriyat kelgan to‘liq vakolatlarga ega deyish qiyin. Masalan, u hali mustaqil ravishda oʻz budjetini shakllantira olmaydi, lekin markaziy budjet ruxsati bilan oʻz xarajatlarini qoplash huquqiga ega.
Gagauziya prezidenti Gagauziyadagi eng yuqori lavozim ijro etuvchi hokimiyat rahbari boʻlgan prezident hisoblanadi.
Gagauziya prezidenti to‘rt yilga xalq tomonidan saylanadi. Gagauziya Prezidenti Moldova Prezidentining qarori bilan Moldova Respublikasi hukumati aʼzosi boʻlish huquqiga ham ega.
Gagauziyaning doimiy ijro etuvchi organi Ijroiya qoʻmitasidir. U Gagauziya Prezidenti tomonidan taklif qilingan Xalq Assambleyasi tomonidan to‘rt yil muddatga tayinlanadi. Ijroiya qoʻmita xalq majlisiga qonun loyihasini yuborish yoki shu mavzuda qonun talab qilish huquqiga ega.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Gagauziyaning oliy vakillik organi mahalliy qonunlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan xalq majlisi (kengashi) hisoblanadi. Gagauziya tarkibiga kiradigan har bir aholi punkti Xalq majlisida kamida bitta deputat vakil sifatida faoliyat olib boradi. Xalq majlisidagi deputatlar soni 34 nafarni tashkil etadi.
Gagauziya Respublikasi