Islambek Yerzhanuly Kuat () (1993-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbolchi, „Astana“ va Qozogʻiston terma jamoasida oʻynaydi. Kuat Qozogʻiston termasidagi ilk golini 2015-yilning 10-oktyabr kuni UEFA Yevro-2016 saralashida Gollandiyaga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan.
Faoliyati
Klub 2019-yilning 30-dekabr kuni "Qayrat" klubi Kuatning shartnoma muddati tugagach, klubdan ketishini tasdiqlagan. 2020-yil 1-yanvar kuni Rossiya Premyer-ligasi klubi „Orenburg“ Kuat bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Kuat Rossiya jamoasi safida oʻzini yorqin oʻyinlarnini namoyish eta olmagan, shu sababdan 2020-yil 30-iyulda uning Orenburg futbolchi bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilinganligin eʼlon qilgan.
2020-yil 11-sentyabrda u Rossiya Premer-ligasining "Khimki " klubiga oʻtgan. 2021-yilning 13-martida uning „Khimki“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan.
2021-yilning 16-martida „Astana“ klubi Kuat 2010—2014-yillardagi oʻyinlari tufayli u bilan qayta shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati Kuat Qozogʻiston terma jamosi safida Turkiyada boʻlib oʻtagn Latviyaga qarshi oʻyinda raqib darvozasiga urgan goli evaziga juda mashhur boʻlgan. Bu gol turk jamoasiga UEFA Yevro-2016 saralashida toʻgʻridan-toʻgʻri eng yaxshi uchinchi oʻrinni egallagan jamoa sifatida tanlanish imkonini bergan. Hatto Istanbuldagi koʻchalardan biriga Kuat sharafiga nom berish taklif qilingan, ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta muxlislar oʻz farzandlariga yarim himoyachi sharafiga Kuat ismini qoʻyishga vaʼda berishgan. 17-oktyabr kuni „Qayrat“ning „Atirau“ga qarshi oʻyinida oʻnlab turkiyalik muxlislar unga sovgʻalar va guldasta olib kelishgan va tanaffusda shaxsan unga minnatdorchilik bildirishgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAstana2010Qozogʻiston Premyer Ligasi0000 - -0020110000 - -0020120000 - -0020131822020002222014201000 -30Jami202302000252Oqjetpes (Ijara)2011Qozogʻiston Birinchi Ligasi26020--280Aktobe (Ijara)2012Qozogʻiston Premyer Ligasi1513000-181Kairat2014Qozogʻiston Premyer Ligasi601000 -7020151913072002932016274424010366201730120401137220182512150103322019260104110321Jami13371332424117414Orenburg2019—2020Rossiya Premyer Ligasi3000 - -30Khimki2020—2021Rossiya Premyer Ligasi6010 - -70Astana2021Qozogʻiston Premyer Ligasi2316140003322022600000 -60Jami291614000392Karyerada jami243112843034127518
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Qozogʻiston 2015 4 2 2016 6 0 2017 6 1 2018 7 0 2019 8 1 2020 7 1 2021 4 1 Jami 42 6
Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2015-yil 10-oktyabr Astana Arena, Ostona, Qozogʻiston Gollandiya 1 — 2 1-2 UEFA Yevro-2016 saralashi 2 2015-yil 13-oktyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya 1 — 0 1-0 3 2017-yil 10-iyun Olmaota Markaziy stadioni, Olmaota, Qozogʻiston 1 — 2 1-3 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2019-yil 11-iyun Astana Arena, Nur-Sulton, Qozogʻiston 1 — 0 4-0 UEFA Yevro-2020 saralashi 5 2020-yil 4-sentyabr LFF stadioni, Vilnyus, Litva 2 — 0 2-0 2020-21 UEFA Millatlar ligasi 6 2021-yil 7-sentyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gersegovina 1 — 0 2-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:FC Astana futbolchilari Turkum:Oqjetpes klubi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Orenburg futbolchilari Turkum:FC Khimki futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar