Timothy Michael Krul (talaffuzi: Timoti Mixael Krul; 1988-yil 3-aprelda tugʻilgan) – gollandiyalik professional futbolchi. U EFL chempionatining Luton Town klubi va Niderlandiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Krul 2002-yildan beri Niderlandiyani barcha darajalarda himoya qilib kelgan. U 2011-yilning iyul oyida milliy terma jamoa safidagi debyutini qilgan va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan jamoa tarkibida boʻlgan.
Klubdagi faoliyati
Newcastle United Krul faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri klubi RASda boshlagan, keyinroq mahalliy Eredivisie klubi ADO Den Haagda oʻynagan. U 2005-yilning yozida professional shartnoma imzolay olmaganidan soʻng 3 yillik shartnoma asosida Premyer-liganing Newcastle United klubiga qoʻshildi. ADO bu uchun tovon puli talab qildi va FIFAning Nizolarni hal qilish palatasiga (DRC) eʼtiroz bildirdi. DRC daʼvoni rad etdi va ADO ishni Sport arbitraj sudiga (CAS) topshirdi. CAS 2007-yilning fevralida ADO foydasiga qaror chiqardi va Newcastlega transfer uchun tovon sifatida 220,000 yevro toʻlashni buyurdi.
Newcastlening birinchi tanlov darvozaboni Shay Given jarohat olganidan soʻng, Krul ikkinchi tanlovdagi Steve Harper uchun oʻrinbosar sifatida zaxira oʻrindigʻida maydonga tusha boshladi. Krul Newcastledagi debyutini 2006-yilning 2-noyabrida UEFA kubogi doirasidagi Palermoga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazdi. Uning debyuti yaxshi kutib olindi, ushbu uchrashuvda Krul zarbani toʻxtatish qobiliyatini namoyish etdi va Giuseppe Biava hamda David Di Michelening zarbalaridan darvozani himoya qildi.
Krul Palermoga qarshi javob oʻyinidan oldingi mashgʻulot paytida jarohat olgan va keyin Watfordga qarshi oʻyin oldidagi mashgʻulot paytida bu jarohatni kuchaytirgan. Natijada, u ikki marta togʻay operatsiyasini oʻtkazdi, bu esa Krulni deyarli olti oy muddatga maydondan chetlatdi. Krul 2007-yilning aprelida safga qaytdi.
2007-yilning 13-iyunida u Newcastle bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Oʻsha oyda Krul Niderlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari tarkibida Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi va 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi.
Falkirk (ijara) 2007-yil 3-avgustda Krul Shotlandiyaning Falkirk jamoasiga ijara asosida qoʻshildi, dastlab uning shartnomasi 2008-yilning 1-yanvariga qadar davom etar edi, ammo keyinchalik bir qator ajoyib oʻyinlaridan soʻng bu muddat mavsum oxirigacha uzaytirildi. Ertasi kuni Krul Falkirk safidagi debyutini qildi va jamoasi Gretna ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan ushbu oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Falkirk dastlab Krul safida doimiy oʻynash uchun shartnoma imzolamoqchi edi, ammo Newcastle buni rad etdi.
U debyutidan keyingi ikki oʻyinda – Celticga qarshi oʻyinda toʻrtta va Ibrox stadionida Rangersga qarshi kechgan oʻyinda yettita gol oʻtkazib yubordi. Krul professional faoliyatida ilk bor 2008-yilning 2-yanvarida raqib chaqirigʻiga yomon munosabat bildirgani uchun maydondan chetlatildi. Oradan koʻp oʻtmay, Shotlandiya kubogi doirasidagi Aberdeenga qarshi oʻyinda Krulning yelkasi chiqib ketdi va u mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yubordi.
Carlisle United (ijara) 2008-yilning 21-noyabrida Krul Tottenham Hotspurga qaytgan Ben Alnwickning oʻrniga Newcastledan bir oylik ijara asosida Carlisle Unitedga qoʻshildi. Dekabr oyida ijara shartnomasi yana bir oyga uzaytirilgan Krul yanvarda Newcastlega qaytdi.
Newcastle safiga qaytish thumb| Krul 2012-yilda Newcastle United safida oʻynamoqda Krul birinchi tanlov darvozabon Steve Harper uchun zaxira oʻyinchisi sifatida Newcastlega qaytdi. U oliy ligadagi debyutini 2009-yilning 8-avgustida futbol ligasi chempionati mavsumining ochilish oʻyinida West Bromwich Albionga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va jarohat olgan Harperning oʻrniga oʻyinning yarimida maydonga tushdi. Ushbu oʻyindan soʻng The Guardian Krulni „ajoyib zaxira darvozaboni“ deb atadi. Keyinchalik u 2009-yil 26-avgust kuni Huddersfield Townga qarshi Futbol ligasi kubogi oʻyinida toʻliq oʻynadi va unda Newcastle 4:3 hisobida gʻalaba qozondi. Krul shuningdek, liga kubogi doirasida 2:0 hisobida kechgan Peterboroughga qarshi oʻyinda ham asosiy tarkibda maydonga tushgan. 28-noyabr kuni Swansea Cityga qarshi oʻyinda Krul yana jarohat olgan Steve Harperning oʻrniga maydonga tushdi. 2-yanvar kuni u Angliya kubogi 3-raundida Plymouth Argylega qarshi oʻynadi, oʻyin 0:0 hisobida yakunlandi. Keyin Krul 13-yanvar kuni St. James' Park stadionida kechgan takroriy oʻyinda qatnashdi va Newcastle 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Krul Newcastle safidagi birinchi liga oʻyinini 2010-yil 2-may kuni, chempionat kampaniyasining soʻnggi kunida, Loftus Road stadionida kechgan Queens Park Rangersga qarshi oʻyinda uchrashuv boshidan maydonga tushgan holda oʻtkazdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 2010-yilning iyulida Krul Newcastle bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Krul Premyer-ligadagi debyutini 2010-yil 18-sentyabrda Goodison Park stadionida Evertonga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 35-daqiqada Newcastlening 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan oʻyinda jarohat olgan Steva Harperning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi. U Premyer-ligadagi ilk startini 26-sentyabr kuni St. James' Park stadionidagi Stoke Cityga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Keyinchalik Krul ishtirok etgan Manchester City bilan kechgan oʻyinda Newcastle 2:1 hisobida magʻlub boʻldi, Wigan Athletic bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi, West Ham Unitedga qarshi safar oʻyinida 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va bir haftadan soʻng Arsenalga qarshi safar oʻyinida ham 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Menejer Alan Pardew bir nechta yaxshi oʻyinlaridan soʻng Krulga koʻproq imkoniyat bera boshladi. Oxir-oqibat u birinchi tanlov darvozaboniga aylandi va Harper Brighton & Hove Albionga ijaraga yuborildi. Krul 2011—2012-yilgi mavsumni yaxshi boshladi va Arsenal hamda Sunderlandga qarshi mavsumning dastlabki ikki oʻyinida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 2011-yil 3-dekabrda Krul Chelseaga qarshi oyinda Newcastle safidagi 50-uchrashuvini oʻtkazdi. U Frank Lampardning penaltidan urgan toʻpini qaytardi va yana bir nechta ajoyib himoyalarni amalga oshirdi, shunga qaramay Newcastle oʻyinda 3:0 hisobida magʻlub boʻldi. 2012-yilning 3-martida Krul Newcastle United bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi. Keyinroq Krul Arsenalga qarshi safar oʻyinida maydonga tushdi va Newcastle 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Uchrashuv davomida gollandiyalik hamkasbi Robin van Persie Krulni butun oʻyin davomida vaqtni behuda oʻtkazganlikda aybladi va oʻyin tugagandan soʻng uni mazax qildi. Janjal davom etib, natijada ikki oʻyinchini bir-biridan ajratib qoʻyishga toʻgʻri keldi. Garchi Krul Arsenal oʻyinchisi Jack Wilshere tomonidan ham tanqid qilingan boʻlsa-da, jamoadoshi James Perch uni himoya qildi va van Persiening xatti-harakatlarini „oʻrinsiz“ deb hisobladi. Mavsum oxirida Krul Toon Talkning Newcastle Uniteddagi „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi. thumb| Krul 2015-yilda Newcastle Unitedda oʻynamoqda 2012—2013-yilgi Premyer-liga oldidan yozda Krulga 1-raqamli, Steve Harperga esa 37-raqamli forma berildi. Krul mavsumning dastlabki uchta oʻyinida ishtirok etganidan keyin terma jamoa safida tirsagidan jarohat olgan. Yetti haftalik tanaffusdan soʻng Krul mashgʻulotlarga qaytdi. Uning qaytganidan keyingi ilk oʻyinida, 2012-yilning 21-oktyabr kuni Tyne-Wear derbisida Newcastle 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. Krul Ukrainaning Metalist Xarkiv jamoasiga qarshi Yevropa ligasi 32-tur oʻyinida toʻpigʻidan jarohat olib, besh haftaga safdan chiqdi. 2013-yilning 14-aprelida boʻlib oʻtgan Tyne-Wear derbisida Krul Adam Johnsonning jarima zarbasini qaytargan payti yerga noqulay tushib, 57-daqiqada yelkasi chiqib ketdi. Chiqqan yelkasining operatsiyasidan soʻng Krul 2012—2013-yilgi mavsumning qolgan qismida ham tarkibga qayta olmadi.
2013—2014-yilgi mavsum oldidan Krul Rangersga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida toʻpigʻidan olgan jarohatidan keyin ilk bor maydonga tushdi. Noyabr oyida u ajoyib oʻyin koʻrsatdi, atigi ikkita gol oʻtkazib yubordi va Tottenhamga qarshi oʻyinda hamda Chelseaga qarshi oʻyinda jami 14 marta seyv amalga oshirdi. Krulning taʼsirchan oʻyinlari unga noyabr oyidagi Premyer-ligada oyning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlish imkonini berdi. Krulning oʻyini Newcastle Unitedning afsonaviy darvozaboni Pavel Srníček va menejer Alan Pardewning maqtoviga sazovor boʻldi.
Krul Newcastlening West Ham Unitedga qarshi oʻyinidan oldingi mashgʻulotlarida toʻpigʻidan jarohat oldi va jarohat tufayli olti haftagacha safdan chiqdi. U jamoasining Chelsea bilan 2:0 hisobida kechgan oʻyinida maydonga qaytdi.
Niderlandiyaga qaytish 2016-yilning 25-avgustida Krul Newcastle United bilan bir yillik shartnoma imzoladi va mavsumiy ijara shartnomasi asosida Ajaxga qoʻshildi. Bu kelishuv muddati qisqartirildi, Krul klubning zaxira jamoasi safida bor-yoʻgʻi oltita oʻyin oʻtkazdi va 2017-yilning yanvarida mavsumning qolgan qismida oʻynash uchun Eredivisie vakili AZ Alkmaarga ijara asosida qoʻshildi.
Brighton & Hove Albion 2017-yil 31-avgustda Krul mavsumiy ijara asosida Premyer-liga klubi Brighton & Hove Albion bilan shartnoma imzoladi va u yerda Newcastlening sobiq menejeri Chris Hughton qoʻl ostida oʻynadi. 19-sentyabr kuni u klub safidagi debyutini EFL kubogi 3-raundida Bournemouthga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Ertasi kuni Krul Brighton bilan doimiy asosdagi shartnoma imzoladi va Newcastle bilan oʻn ikki yillik hamkorligini tugatdi. Mavsum oxirida Krul klubni tark etdi.
Norwich City Krul 2018-yilning 24-iyulida Chempionat klubi Norwich City bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U 2019-yilning iyun oyida klub bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi. Krul Norwich Cityning 2019—2020-yilgi mavsumida mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi va Barry Butler xotira kubogini qoʻlga kiritgan beshinchi darvozabonga aylandi.
Luton Town 2023-yil 17-avgustda Krul Premyer-ligaga yangi koʻtarilgan Luton Town klubi bilan shartnoma imzoladi. Shartnomaning muddati oshkor qilinmagan.
Xalqaro faoliyati thumb| Krul 2015-yilda Niderlandiya terma jamoasi safidagi mashgʻulotda Krul 2005-yilda Peruda boʻlib oʻtgan FIFA 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasini 17 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qilgan. U 2008-yil Toulon turnirida 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasini himoya qilgan va 2011-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarida muntazam ishtirok etgan.
2011-yilning 4-iyunida Krul Niderlandiya terma jamoasi safida Braziliya termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi va kattalar terma jamoasi safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. Krul 0:0 hisobidagi durang oʻyinda bir qator munosib himoyalarni amalga oshirib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U xalqaro jamoadagi ikkinchi oʻyinini toʻrt kundan soʻng Urugvayga qarshi oʻtkazdi va oʻyin 90 daqiqadan soʻng 1:1 hisobida yakunlangach, Niderlandiya penaltilar seriyasida 3:4 hisobida magʻlub boʻldi. Krul Niderlandiyaning UEFA Euro 2012 terma jamoasiga chaqirilgan, ammo hech qaysi oʻyinda ishtirok etmagan. Yangi bosh murabbiy Louis van Gaalning Amsterdamda Turkiyaga qarshi oʻtkazgan birinchi raqobatbardosh oʻyinida Krul asosiy darvozabon sifatida tanlandi va terma jamoasi bu oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
2014-yil iyun oyida Krul Braziliyada boʻlib oʻtadigan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida qatnashadigan Niderlandiya terma jamoasining tarkibiga kiritildi. Chorak finalda Kosta Rikaga qarshi kechgan oʻyinda uni Louis van Gaal 120-daqiqada, penaltilar seriyasida zaxiradan maydonga tushirdi. Niderlandiya 4:3 hisobida gʻalaba qozongan bu oʻyinda Krul darvozani duch kelgan beshta penaltisining ikkitasidan saqlab qoldi. Bu Jahon chempionati tarixida birinchi marta darvozabonning faqat penaltilar seriyasi uchun zaxiradan maydonga tushirilishi boʻldi.
Shaxsiy hayoti