Jocelyn Angloma () (1965-yil 7-avgustda tugʻilgan) — futbol murabiyi va himoyachi sifatida oʻynagan sobiq professional futbolchi. Gvadalupada tugʻilgan, u Franssiya va Gvadalupa terma jamoalarini himoya qilgan. Angloma Gvadalupa terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadiAngloma appointed Guadeloupe head coach (CONCACAF.com).
Klubdagi faoliyati Angloma oʻzining professional futbolchilik faoliyatini Fransiyada boshlagan va 1992/93-yillarda UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib chiqqan Marsel jamoasi aʼzosi boʻlgan. U Yevropaning birinchi divizionlarida 400 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan, jumladan ItaliyadaESCLUSIVA — L’Inter di Jocelyn Angloma: "La rovesciata di Djorkaeff, le feste, Moratti. va Ispaniyaning „Valensiya“ jamoasida 120 oʻyinda maydonga tushgan va u yerda 2002-yilda nafaqaga chiqqunga qadar oʻynagan. U 2000 va 2001-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasi finallarida ispan klubi safida oʻynagan, biroq har ikki finalda ham magʻlub boʻlgan.
Xalqaro faoliyati
Fransiya Angloma 1990-yildan 1996-yilgacha Fransiya terma jamoasi safida 37 marta maydonga tushib, bitta gol urgan. Angloma Yevro 92 va Yevro 96 da jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushgan.
Gvadalupega qaytish 2006-yilda Angloma oʻzining tugʻilgan hududi Gvadalupeda oʻynash va ularga 2007-yilgi Karib dengizi millatlari kubogi saralashiga yordam berish uchun qaytgan. Unga Gvadalupe vakili boʻlishga ruxsat berilgan, chunki Gvadalupe FIFA aʼzosi emas va faqat mintaqaviy musobaqalarda qatnashgan. Qaytganidan soʻng, Angloma oʻng qanot himoyachisi sifatidagi oʻzining pozitsiyasidan koʻchib yarim himoyachi ampulasida oʻynay boshlagan.
2017-yilning dekabrida u Gvadalupega murabbiy etib tayinlangan.
Shaxsiy hayoti Jocelyn Anglomaning oʻgʻli Johan Gvadalupening bir nechta yoshlar jamoalarida oʻynagan va 2008-yilda 14 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoada Gvadalupening 14 yoshgacha boʻlgan milliy futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro maydondagi gollari Fransiya uchun # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 1996-yil 5-iyun Stadium Lill-Metropole, Villeneuve d’Ascq, Fransiya Oʻrtoqlik uchrashuvi Gvadalupe uchun # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2006-yil 24-noyabr Bourda, Jorjtaun, Gayana Karib dengizi millatlari kubogi 2006/07 2 2007-yil 14-yanvar Menni Ramjon stadioni, Marabella, Trinidad va Tobago Karib dengizi millatlari kubogi 2006/07 3 2007-yil 9-iyun Miami Orange Bowl, Miami, AQSh 2007-yil KONKAKAF Oltin kubogi 4 2007-yil 17-iyun Reliant stadioni, Xyuston, AQSh 2007-yil KONKAKAF Oltin kubogi
Yutuqlari Marseille
1-divizion : 1991—1992 UEFA Chempionlar Ligasi : 1992—1993
Inter Milan
UEFA kubogi sohibi: 1996—1997
Valencia
La Liga : 2001—2002 Qirol kubogi : 1998—1999 Ispaniya Superkubogi : 1999 UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin sohibi: 1999—2000, 2000—2001 UEFA Intertoto kubogi : 1998
Fransiya U21
21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 1988
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Gvadelupalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari
Turkum:Fransiyalik futbol murabbiylar Turkum:Gvadelupalik futbol murabbiylar Turkum:Sportchilar