Félix Alexander Borja Valencia (; 1983-yil 2-aprelda tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi, oxirgi marta Ekvador A Seriyasi vakili „El Nacional“ jamoasida oʻynagan. Sakrash mahorati tufayli „kenguru“ va „Ekvador kobrasi“ laqabini olgan.

Klublardagi faoliyati

El Nacional Felix Borja 2006-yilgacha Ekvadorning „El Nacional“ jamoasida oʻynagan.

Olympiacos Gretsiya ligasi chempioni „Olympiacos“ ga oʻtishi uni Gretsiya jamoasida oʻynagan ilk ekvadorlik futbolchiga aylantirdi.  Borja „Olympiacos“ ga oʻtganidan ikki oy oʻtib Amerika Kubogining eng yaxshi toʻpurari deb eʼlon qilindiCopa Libertadores 2006.

Mainz 05 „Olympiacos“ rahbariyati 2006—2007-yilgi mavsum oxirida uni sotish yoki kelgusi mavsum uchun ijaraga berish haqida bosh qotirishgan. Klubning ushbu muzokaralaridan keyin Borja 2007—2008-yilgi mavsum uchun Germaniyaning „Mainz 05“ klubiga ijaraga berildi. Mavsum oxirida Mainz rahbariyati Borjani doimiy futbolchi boʻlishiga qaror qilishdi.  2010—2011-yilgi mavsumning qishki transfer oynasida Borjaga Meksikaning Puebla FC klubiga oʻtdi.

Puebla 2010—2011-yillarda Meksikaning „Puebla“ klubida toʻp surdi.

Pachuca 2011—2012-yilgi mavsumda Apertaura ligasi vakili „Pachuca“ klubiga oʻtdi 

AQShning Chivasiga ijara 2014-yil 14-avgustda Borja L.D.U. Quito ijara asosida AQShning Chivas futbol jamoasiga qoʻshildi.

South China AA 2015-yilning 28-dekabrida Gonkong giganti South China AA Facebook orqali futbolchi guruhga qoʻshilganini eʼlon qildi.

El Nacionalga qaytish 2017-yilning 24-yanvarida Felix Borja El Nacional bilan shartnoma imzoladi. Ilgari erkin agent edi. 

Xalqaro faoliyati Borja 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Ekvador tarkibiga kiritilgan. 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Ekvador terma jamoasi safida bir nechta oʻyinlarda, shu jumladan Urugvayga qarshi oʻyinda ishtirok etdi. Germaniyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va Ekvador 0:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Borja FIFA Jahon chempionatidan keyin bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushdi. 2006-yil oktyabr oyida Shvetsiyada oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida Braziliya darvozasiga gol urdi. 2007-yilgi Amerika kubogi uchun Ekvadorga chaqirilgan va Braziliyaga qarshi oʻyinda tarkibga kiritilgan.

Xalqaro gollari

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Ekvadorning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2005-yil 18-avgust Estadio Federativo Reina del Cisne, Loja, Ekvador 1 — 0 3 — 1 Doʻstona 2. 2005-yil 27-dekabr Qohira xalqaro stadioni, Qohira, Misr 1 — 1 1 — 2 2005-yilgi LG kubogi 3. 2006-yil 10-oktyabr Råsunda stadioni, Stokgolm, Shvetsiya 1 — 0 1 — 2 Doʻstona

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarEl Nacional2001Serie A94-101042002Serie A214-002142003Serie A116-001162004Serie A293-443372005Serie A4926-2051262006Serie A107-651612Jami12950-13914259Olympiacos2006—2007Superleague2350040275Jami2350040275Mainz 052007—20082. Bundesliga3216110033172008—20092. Bundesliga19620002162009—2010Bundesliga10000010Jami522231005523Puebla2011 ClausuraLiga MX1560000156Jami1560000156Pachuca2011—2012Liga MX30500003052012 AperturaLiga MX1251100136Jami421011004311Puebla2013 ClausuraLiga MX14721001682013 AperturaLiga MX1100000110Jami2572100278LDU Quito2014Serie A162-00162Jami162-00162Chivas USA2014MLS1230000123Jami1230000123Mushuc Runa2015Serie A111-00111Jami111-00111Real Garcilaso2015Primera División141-00141Jami141-00141South China2015—2016Premier League506300113Jami506300113Jami faoliyati344107126179373122

Yutuqlar

Ekvador A Seriyasi: 2005, 2006-yil Gretsiya Superligasi: 2006—2007

Manbalar

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ekvadorlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari