Gurjinder Kumar (talaffuzi: Gurjinder Kumar) (: ਗੁਰਜਿੰਦਰ ਕੁਮਾਰ, 1990-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) – hindistonlik professional futbolchi, Hindiston Superligasining „NorthEast United“ jamoasi himoyachisi.
Klub faoliyati Panjobning Navanshahr shahridan boʻlgan Gurjinder futbolchi oilasida tugʻilgan. 10 yoshida katta akasi vafot etgach, Gurjinder Kumar futbolga jiddiy qaray boshladi va Chandigarh futbol akademiyasiga qoʻshildi. U yerda yetti yil oʻtkazgandan soʻng, Kumar mashhur Tata Futbol Akademiyasiga koʻchib oʻtdi va u yerda akademiyaning katta jamoasiga qoʻshildi.
Pune 2010-yilda Gurjinder oʻzining birinchi professional shartnomasini I-ligasining Pune jamoasi bilan imzoladiPune FC. „5 Gurjinder Kumar“. Pune FC. Retrieved 25 February 2012.. Gurjinder Kumar oʻzining birinchi professional golini klubdagi birinchi mavsumida 2011-yil 26-fevralda Viva Kerala jamoasi darvozasiga kiritdi: oʻzining 11-daqiqada kiritgan goli bilan Gurjinder Kumar Pune jamoasini 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Pune jamoasi 4:0 hisobida oldinga chiqib olishga muvaffaq boʻldi, ammo raqiblar keyin toʻrtta gol urib, oʻyinda 4:4 hisobida durang oʻynadi. 2010—2011-yilgi mavsumdan soʻng Gurjinder Kumar klubning yillik taqdirlash marosimida Punening 23 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Gurjinder 2011-yil 7-oktyabrda oʻsha paytdagi Premer-liga vakili „ Blackburn Rovers“ jamoasiga qarshi oʻynagan, boshqacha aytganda, „Blackburn“ 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ishtirok etgan. Gurjinder Kumar keyingi mavsumda yana Viva Kerala jamoasiga qarshi oʻyinda oʻzining ikkinchi golini urdi. Pune jamoasi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Keyin Kumar faoliyatidagi uchinchi golini va oʻsha mavsumdagi ikkinchi golini atigi bir oydan soʻng 2011-yil 21-dekabr kuni Churchill Brother jamoasiga qarshi oʻyinda urdi, bu golda uning 84-daqiqadagi zarbasi Punega oʻyinni 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Uning faoliyatidagi toʻrtinchi va mavsumdagi soʻnggi goli 2012-yilning 18-yanvarida Mumbay jamoasiga qarshi oʻyinda urgan va oʻyinning 90-daqiqasida „Puna“ning 3:0 hisobidagi gʻalabasini taminlovchi gol bilan oʻyinni yakunladi. Keyin 2011—2012-yilgi mavsumdan soʻng, "Chirag Yunayted Kerala "jamoasiga qarshi oʻyinda urgan gol uchun „Yilning eng yaxshi goli“ mukofotiga sazovor boʻldi. Gurjinder Kumar 2012—2013-yilgi mavsumda Ashok Piramal guruhining „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ mukofotini ham qoʻlga kiritdi.
Gurjinder 2013—2014-yilgi mavsumgacha 2013-yilning 11-dekabrida Rangdajied Yunayted jamoasi darvozasiga gol urganidan keyin boshqa gol ura olmadi. Bu goli bilan Gurjinder Kumar Pune jamoasini oʻyinda 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi, lekin yakuniy natijada Pune jamoasi 3:2 hisobida magʻlub boʻldi.
Salgaocar Gurjinder Kumar 2014—2015-yilgi I-ligasi uchun Salgaocar jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2014—2015-yilgi mavsum Hindiston Federatsiya kubogida debyut qildi va guruh bosqichida 3 ta gol urdi.
FC Pune City 2015-yil iyul oyida Kumar 2015-yilgi Hindiston Superligasiga „FC Pune City“ jamoasida oʻynash uchun chaqirildi.
NorthEast United 2020-yilda Kumar NorthEast United jamoasi bilan oʻzaro 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Xalqaro maydonda 2011-yil iyun oyida Kumar 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichida Qatar U23 terma jamoasiga qarshi 23 yoshgacha boʻlganlar darajasida Hindiston terma jamoasida oʻzining ilk debyutini oʻtkazdi. 2012-yilning 1-fevralida Kumar 2012-yilgi OFK chaqiruv kubogiga tayyorgarlik koʻrish uchun Hindiston terma jamoasiga chaqirildi. 2012-yil 27-fevral kuni Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Hindiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi va Hindiston 0:3 hisobida magʻlub boʻlganida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigasiKubokAFCJamiDiviziyaOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniPune2010I-Ligasi22140—2612011-1221330—2432012-1323050—2802013-141813070281Salgaocar2014-1518093—273Pune City (ijara asosida)2015Hindiston Superligasi4000—40Salgaocar2015-16I-Ligasi11100—111Minerva Punjab2016-173000—30Mohun Bagan2017-185030—802018-1911000—1102019-208040—120NorthEast United2020-21Hindiston Superligasi180——1802021-21160——1602022-230000—00Faoliyat jami1786313702169
Xalqaro statistiksia
Hindiston terma jamoasi Yil Oʻyin Gol 2012-yil 1 0 2013-yil 4 0 Jami 5 0
Yutuqlari
Individual
Punening 23 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi oʻyinchisi: 2010-2011 Pune FC yilning eng yaxshi goli: 2011-2012 Ashok Piramal guruhining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2012-2013
Klub
Mohun Bagan
Kalkutta futbol ligasi (1): 2018-2019
Manbalar
Havolalar
Pune futbol klubi profili . I-liga profili .
Eslatmalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Hindistonlik erkak futbolchilar