Aleksandr Oluvatayo Akande ()(1989-yil 9-fevralda tugʻilgan), odatda Aleks Akande yoki Aleks Tayo Akande nomi bilan tanilgan, nigeriyalik professional futbolchi, hozirda Hong kong Premer-ligasining Kitchiee klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Tai Chung Akande Hong kongga 2008-yilda kelgan va Hong kong ikkinchi ligasida „Tai Chung“ jamoasida oʻynagan. Uning sermahsul oʻyini tez orada birinchi divizion vakili Sharq yulduzi qiziqishini uygʻotgan. Akande 2009-yilning yanvarida Sharqliklar safiga qoʻshilgan va mavsumni 6 gol bilan yakunlagan.
Tai Chung va Kitchee Akande 2009/10-yilgi mavsumda Tai Chung jamoasiga qaytgan. Yarim mavsumda Tai Chung uchun 12 ta oʻyinda 3 ta gol urganidan soʻng, u mavsum oʻrtalarida Kitchee jamoasiga qoʻshilgan.
Tai Chung Akande yana Tai Chungga qaytdi va 2010/11-yilgi mavsumda jamoada toʻliq mavsum oʻtkazgan. Uning 19 ta oʻyinda kiritgan 3 ta goli Tai Chungni yuqori ligada qolishiga kamlik qilgan va jamoa quyi ligaga tushib ketgan.
Rangers va Hon kong Sapling Akandening Hon kongdagi 4-mavsumini Rngersga qoʻshilish bilan boshlagan. U keyinchalik Hong kong Saplingga ijaraga berilgan.
Akande Hong kong Saplingga qoʻshilganidan soʻng u yerda 12 oʻyinda 9 ta gol urgan.
Dalian Yifang Akande 2019-yil 28-fevralda Xitoy Superligasi klubi Dalian Yifangga oʻtgan . U uch kundan soʻng Xenan Jianyega qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda debyut qilgan .
Kitchee-da uchinchi mafsun Dalian uchun bir nechta oʻyinlarda qatnashgan Akande klub tomonidan qoʻyib yuborilgan. Keyinchalik sobiq klubi Kitcheega qoʻshilgan .
Xalqaro faoliyati Akande Nigeriyada tugʻilgan, ammo Hong kongda yetti yildan ortiq yashaganidan soʻng u Hong kong fuqorologini olgan va 2015-yil oktyabr oyida Hong kong terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan. U 2015-yilning 7-noyabrida Mongkok stadionida Myanmaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga Hong kong terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.
Akande Hong kong terma jamoasining JCh—2018 saralashining 2 -bosqichida qolgan uchta oʻyinini Maldiv orollari Xitoy va Qatarga qarshi oʻtkazgan. Hong kong guruh bosqichini 2-oʻrin sohibi sifatida yakunladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Osiyo Kubogi-2019 saralashining uchinchi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
2016-yil 9-noyabr kuni Akande toʻrtta gol urib, Hong kongni 2017-yilgi EAFF Sharqiy Osiyo kubogi 2-bosqichida Xitoy Taypeyi ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongan jamoa tarkibida maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAdvance Tai Chung2008—2009Hong Kong Ikkinchi Ligasi7733-001010Eastern2008—2009Hong Kong Birinchi Ligasi13333-00166Kitchee2009—20109410-00104Tai Chung (Ijara)10420-00124Tai Chung2010—201117330-00203Rangers2011—20123210-0042Hong Kong Sapling (Ijara)10722-00129Tai Po2012—2013181352-743019Kitchee2013—201416710-101872014—2015Hong Kong Premyer Ligasi10000000102015—20161370000201572016—20171153021101762017—2018105226021208Jami51246281617128Yanbian Fude2018Xitoy Birinchi Ligasi16200 - -162Dalian Pro2019Xitoy Super Ligasi3010 - -40Karyerada jami1576927128113520587
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Hong Kong 2015-yil 3 1 2016-yil 7 8 2017-yil 6 0 2018-yil 6 1 2019-yil 5 0 2020-yil 0 0 2021-yil 0 0 2022-yil 1 0 Jami 28 10
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Gonkonglik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Sportchilar