Nepal iqtisodiyoti rivojlanayotgan iqtisodiyot toifasi hisoblanib, asosiy sektorlari qishloq xoʻjaligi va pul oʻtkazmalariga bogʻliq. XX asr oʻrtalarigacha yakkalanib qolgan, agrar jamiyat boʻlgan Nepal 1951-yilda maktablar, shifoxonalar, yoʻllar, telekommunikatsiyalar, elektr energiyasi, sanoat va davlat xizmatisiz zamonaviy davrga kirib keldi. Biroq, mamlakat 1950-yillardan beri barqaror iqtisodiy oʻsish yoʻlida muvaffaqiyatga erishdi. Mamlakat iqtisodiyotni liberallashtirish uchun yoʻl ochgach, bu oʻtmishga nisbatan iqtisodiy oʻsish va turmush darajasining yaxshilanishiga olib keldi. Mamlakatning yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erishishdagi eng katta toʻsiqlari siyosiy rahbariyatning tez-tez oʻzgarishi hamda korrupsiyadir. Nepal doimiy ravishda dunyodagi eng kambagʻal mamlakatlar qatorida qayd etib kelinmoqda.

Nepal iqtisodiy rivojlanishda muvaffaqiyatga erishish uchun bir qator besh yillik rejalardan foydalangan. U 2002-yilda toʻqqizinchi iqtisodiy rivojlanish rejasini yakunladi; valyutasi konvertatsiya qilinib, 17 ta davlat korxonasi xususiylashtirildi. Nepalga berilgan tashqi yordam rivojlanish byudjetining yarmidan koʻpini tashkil qiladi. Oʻtgan yillar davomida transport va aloqa vositalari, qishloq xoʻjaligi va sanoatni rivojlantirish davlatning ustuvor yoʻnalishlari boʻldi. 1975-yildan boshlab davlat boshqaruvini takomillashtirish va qishloqlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi.

Qishloq xoʻjaligi Nepalning asosiy iqtisodiy faoliyati boʻlib qolmoqda, u aholining taxminan 65 foizini ish bilan taʼminlaydi va YaIMning 31,7 foizini tashkil etadi. Mamlakat umumiy maydonining atigi 20 foizga yaqini ekin ekishga yaroqli, yana 40,7 foizi oʻrmonlashgan (yaʼni, butalar, yaylovlar va oʻrmonlar bilan qoplangan), qolgan qismi esa togʻli hududdan iborat. Nepalda meva va sabzavotlar (olma, nok, pomidor, turli xil salatlar, shaftoli, kartoshka), shuningdek, sholi va bugʻdoy asosiy oziq-ovqat ekinlari hisoblanadi. Terai pasttekisligi hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ortiqcha miqdorda yetishtiriladi va uning bir qismi oziq-ovqat yetishmovchiligi boʻlgan togʻli hududlarni taʼminlaydi.

YaIM koʻp jihatdan chet elda ishlayotgan ishchilarning pul oʻtkazmalariga (9,1 %) bogʻliq. Shu sababli, Nepalda ijtimoiy xizmatlar va infratuzilmaning iqtisodiy rivojlanishi sezilarli oʻsishga erishmagan. Butun mamlakat boʻylab boshlangʻich taʼlim tizimi joriy etilmoqda va Tribhuvan universitetining bir nechta kampusi mavjud. Katmandu avtomobil yoʻllari hamda kengayib borayotgan avtomobil tarmogʻi orqali Hindiston va unga yaqin togʻli hududlar bilan bogʻlangan. 2008-yilning 17-fevralida Nepal janubida boʻlib oʻtgan umumiy ish tashlash tufayli poytaxtda yoqilgʻi va oziq-ovqat mahsulotlari deyarli tugab qolgan ediKathmandu nearly out of fuel, Nepal says ..

Asosiy shaharlar poytaxt bilan telefon aloqasi va ichki havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Soʻnggi yillarda eksportga moʻljallangan gilam toʻqish va tikuvchilik sanoatlari tez sur’atda oʻsib bormoqda. Ular birgalikda mamlakat tovar eksportining taxminan 70 foizini tashkil etadi.

Nepalda yashash qiymati indeksi koʻplab mamlakatlarga qaraganda nisbatan past, lekin eng kam miqdorda emas. Soʻnggi yillarda turmush darajasi sifati juda past qiymatga tushib ketdiCost of Living Index in Nepal – Statistics & Graphs of Nepalese Citizenʼs Economic Power. . 2021-yilgi global ochlik indeksida Nepal 2021-yilgi GHI ballarini hisoblash uchun yetarli maʼlumotlari mavjud boʻlgan 116 ta mamlakat ichida 76-oʻrinni egallagan. 19,1 ball bilan Nepal oʻrtacha ochlik darajasiga ega.

Xorijiy investitsiyalar va soliqqa tortish Nepalga koʻplab sohalarga sarmoya kiritayotgan norezident nepalliklar orqali katta miqdordagi kichik xorijiy investitsiyalar kirib keladi. Nepal gidroenergetika uchun ulkan salohiyatga ega. Shunga koʻra, koʻplab xorijiy kompaniyalar Nepalga sarmoya kiritishga tayyor, ammo siyosiy beqarorlik bu jarayonni toʻxtatdi. Nepal 2000-yildan beri 10 ta davlat (PSRD) bilan ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish boʻyicha shartnomalar tuzdi (barchasi kredit usulida). Xuddi shunday, 1983-yildan beri 5 ta davlat (PSRD) bilan investitsiyalarni himoya qilish boʻyicha kelishuvlarga ega. 2014-yilda Nepal rivojlanish boʻyicha hamkorlaridan keluvchi xorijiy grantlar, imtiyozli va tijorat kreditlari uchun minimal limitni belgilash orqali tashqi yordamni chekladi.

Import va eksporti thumb|350x350px| Nepal eksportining mutanosib xaritasi Nepalning tovar savdo balansi 2000-yildan beri gilam va tikuvchilik sanoatining rivojlanishi bilan birmuncha yaxshilandi. Mamlakatda 2000—2001-moliya yilida eksport importga (4,5 foiz) nisbatan koʻproq (14 foiz) oʻsdi va bu savdo kamomadini oʻtgan yilga nisbatan 4 foizga, yaʼni 749 mln dollarga kamaytirishga yordam berdi. Yaqinda Yevropa Ittifoqi Nepaldan keluvchi tayyor kiyimlarning, meva va sabzavotlarning (asosan olma, nok, pomidor, turli xil salatlar, shaftoli, nektar, kartoshka, guruch) eng yirik xaridoriga aylandi. Yevropa Ittifoqiga qilinadigan tikuvchilik mahsulotlari eksporti jami mamlakat tikuvchilik eksportining 46,13 foizini tashkil etgan.

Yillik musson yomgʻirlari mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. 1996—1999-yillarda yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi oʻrtacha 4 foizdan kam boʻldi. Oʻsish surʼati 1999-yilda qayta tiklandi, 6 foizgacha koʻtarildi va 2001-yilda 5,5 foizgacha pasaydi.

Mamlakat iqtisodiyotida kuchli eksport koʻrsatkichlari, jumladan, turizmdan tushgan daromadlar va tashqi yordam umumiy toʻlov balansini yaxshilash hamda xalqaro zaxiralarni koʻpaytirishga yordam berdi. Nepal Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Germaniya va Skandinaviya davlatlaridan katta miqdorda tashqi yordam olgan.

Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va BMT Taraqqiyot dasturi kabi bir qancha koʻp tarmoqli tashkilotlar ham mamlakatga yordam koʻrsatadi. 1998-yil iyun oyida Nepal tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi memorandumni Jahon savdo tashkilotiga taqdim etdi va 2000-yil may oyida bu tashkilotga qoʻshilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni boshladi.

Resurslari right|thumb| Sayyohlar Nepal gʻarbidagi Annapurna togʻiga chiqmoqda. Turizm Nepal iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi. Nepal tabiiy resurslari, turizm va gidroenergetikadan foydalanishda muvaffaqiyatga erishdi. Dunyodagi 10 ta eng baland choʻqqilardan sakkiztasi, jumladan Everest togʻi (8848,86 m) ham Nepal chegarasida joylashgan. Mamlakatda 1990-yillar boshida bitta yirik davlat sektori loyihasi va bir qancha xususiy loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi; ulardan baʼzilari yakunlangan. Xususiy sektor tomonidan moliyalashtirilgan eng muhim gidroenergetika loyihalari hozirda Ximti Xola (60 MVt) va Bhote Koshi loyihasi (36 MVt) hisoblanadi. Loyiha hali ham davom etmoqda va uning keyingi bosqichlariga qadam qoʻyish Xitoy, Hindiston hamda Yaponiya bilan munosabatlarga bogʻliq. alt=Upper Tamakoshi hydropower, biggest hydropower in Nepal.|thumb| Yuqori Tamakoshi gidroenergetikasi, Nepaldagi eng yirik gidroenergetika Nepalda nazariy jihatdan 83 000 MVt va texnik hamda moliyaviy jihatdan amalga oshirish mumkin boʻlgan 42 133 MVt gidroenergetik salohiyat mavjud. Biroq, hozirgi kunda olinishi belgilangan umumiy energiya quvvati 2 500 MVtni tashkil etib, bu koʻrsatkich asta-sekin oshib bormoqda.

Hindistonning Nepaldan elektr energiyasini sotib olishi boʻyicha kelishuv muzokaralari bir necha yillardan beri davom etmoqda, biroq narx hamda moliyalashtirish boʻyicha bahslar muammo boʻlib qolmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda elektr energiyasiga boʻlgan talab yiliga 8-10 foizga oshib bormoqda, Nepalning Hindiston bilan kelishuvga erishish varianti esa bu talabni qondirishga imkon beradi. 2022-yil iyun holatiga koʻra, Nepal tomonidan 364 MVt gacha boʻlgan ortiqcha elektr energiyasi Hindistonga eksport qilingan.

Aholining tabiiy resurslarga bosimi ortib bormoqda. Ortiqcha aholi allaqachon oʻrta togʻli hududlarning, xususan Katmandu vodiysining „koʻtarish qobiliyatini“ zoʻriqtirmoqda, bu esa ekinlar, yoqilgʻi va yem-xashak uchun xizmat qiladigan oʻrmon qoplamining yoʻqolishiga olib kelmoqda hamda eroziya va suv toshqinlariga hissa qoʻshmoqda. Mamlakatdagi togʻning tik relefi qazib olishni qiyinlashtirsa-da, mineralogik tadqiqotlar natijasida ohaktosh, magnezit, rux, mis, temir, slyuda, qoʻrgʻoshin va kobaltning kichik konlari topilgan. Nepalda birgina 2018-yilda 11 522 tonna koʻmir qazib olish ishlari amalga oshirilgan.

Gidroenergetika loyihalarining rivojlanishi mahalliy tubjoy guruhlar bilan baʼzi ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.

Makroiqtisodiy tendensiya Bu Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi va EconStats tomonidan baholangan Nepal yalpi ichki mahsulotining bozor narxlaridagi oʻzgarish tendensiyasini koʻrsatuvchi diagramma boʻlib, unda koʻrsatkichlar million Nepal rupiyasida ifodalangan: Yil Yalpi ichki mahsulot 1960-yil 3,870 1965-yil 5,602 1970-yil 8,768 1975-yil 16,571 1980-yil 23,350 1985-yil 46,586 1990-yil 103,415 1995-yil 219,174 2000-yil 379,488 Quyidagi jadvalda Nepalning 1980—2018-yillardagi asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari keltirilgan: Yil1980198519901995200020052006200720082009201020112012201320142015201620172018YaIM $da(XQP)6.02 mlrd9.86 mlrd14.39 mlrd20.90 mlrd28.75 mlrd38.45 mlrd40.97 mlrd43.49 mlrd47.05 mlrd49.56 mlrd52.58 mlrd55.50 mlrd59.23 mlrd62.67 mlrd67.62 mlrd70.62 mlrd71.82 mlrd78.59 mlrd84.37 mlrdAholi jon boshiga YaIM$da (XQP)4045907679771,2111,5001,5791,6591,7771,8531,9462,0312,1422,2392,3872,4642,4772,6792,842YaIM oʻsishi(real)−2.3 %6.1 %14.4 %3.5 %6.1 %3.5 %3.4 %3.4 %6.1 %4.5 %4.8 %3.4 %4.8 %4.1 %6.0 %3.3 %0.6 %8.2 %6.7 %Inflyatsiya(foizda)9.8 %4.1 %8.9 %7.7 %3.4 %4.5 %8.0 %6.2 %6.7 %12.6 %9.6 %9.6 %8.3 %9.9 %9.0 %7.2 %9.9 %4.5 %4.2 %Davlat qarzi(YaIM foizi)…………58 %51 %49 %43 %42 %39 %34 %32 %34 %32 %28 %25 %27 %27 %27.4 %

Statistikasi YaIM: xarid qobiliyati pariteti – 84,37 milliard dollar (2018-yil hisobi) 

YaIM – real oʻsish surʼati: 21,77 % (2017-yil)

YaIM – aholi jon boshiga: xarid qobiliyati pariteti (hozirgi xalqaro dollar) – $2700 (2017-yil tax.)

YaIM – tarmoqlar boʻyicha tarkibi:

qishloq xoʻjaligi: 17 %;

sanoat: 13,5 %;

xizmatlar: 60,5 %;

turizm: 9 % (2017-yil tax.)

Qashshoqlik chegarasidan past aholi: 25,6 % (2017—2018)

Uy xoʻjaliklarining daromadlari yoki isteʼmoli foiz ulushi boʻyicha:

eng past 10 %: 3,2 %;

eng yuqori 10 %: 29,8 % (1995—1996)

Inflyatsiya darajasi (isteʼmol narxlari): 4,5 % (2017)

Ishchi kuchi: 4 million (2016-yil tax.) 

Ishchi kuchi – faoliyat boʻyicha:

qishloq xoʻjaligi: 19 %;

xizmatlar: 69 %;

sanoat: 12 % (2014-yil tax.)

Ishsizlik darajasi: 1,47 % (2017-yil tax.)

Byudjet:

daromadlari: 5,954 milliard dollar;

xarajatlar: 5,974 milliard dollar (2017-yil tax.)

Sanoat: turizm, gilamchilik, toʻqimachilik, guruch, jut, shakar va moy, sigareta, sement va gʻisht ishlab chiqarish

Sanoat ishlab chiqarishining oʻsish surʼati: 10,9 % (2017-yil tax.):

Elektr energiyasi – ishlab chiqarish: 41 083 GVt/soat (2017)

Elektr energiyasi – manbasi boʻyicha ishlab chiqarish:

qazib olinadigan yoqilgʻi: 7,5 %

gidro: 91,5 %

yadroviy: 0,3 %

boshqa: 0,7 % (2001)

Mavjud energiya: 6957,73 GVt/soat (2017); NEA Gidro: 2290,78 GVt/soat (2014); NEA Termal: 9,56 GVt/soat (2014); Xarid (jami): 2331,17 GVt/soat (2014); Hindiston (sotib olish): 2175,04 GVt/soat (2017); Nepal (IPP): 1258,94 GVt/soat (2014)

Elektr energiyasi – isteʼmoli: 4 776,53 GVt soat (2017)

Elektr energiyasi – eksport: 856 GVt/soat (2001)

Elektr energiyasi – import: 12 GVt/soat (2001)

Neft ishlab chiqarish: kuniga 0 barrel (0 m3/d; 2001-yil tax.)

Neft isteʼmoli: kuniga 1,600 barrel (250 m3/d; 2001-yil tax.)

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari: Meva va sabzavotlar, asosan: olma, nok, pomidor, shaftoli, nektar, kartoshka, sholi, makkajoʻxori, bugʻdoy, shakarqamish, ildiz ekinlari, sut, buyvol goʻshti.

Eksport: $1,29 milliard, lekin Hindiston bilan qayd etilmagan chegara savdosini oʻz ichiga olmaydi (2020-yil tax.)

Eksport tovarlari: gilam, kiyim-kechak, charm buyumlar, jut mahsulotlari, don