Stephenie Meyer (; qizlik familiyasi Morgan (); 1973-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik yozuvchi va kino prodyuser.- amerikalik yozuvchi va kino prodyuser. U 37 xil tilga tarjima qilingan, 100 milliondan ortiq nusxada sotilgan „Twilight“ vampir romantik seriyasining muallifi sifatida mashhur. Meyerning ushbu asari 2008-yilda AQShda 29 milliondan ortiq va 2009-yilda 26,5 million nusxada sotilgan yirik asardir. Meyer 2009-yilda "Twilight" finali „Breaking Dawn“ filmi uchun Britaniya „Yil bolalar kitobi“ kitob mukofotiga sazovor boʻlgan.
Hayot faoliyati Yoshlik davrlarida maktabni tugatgach, Brigham Young universitetiga oʻqishga kirdi. 1997-yilda ingliz tili fakultetini tugatishdan oldin yigirma bir yoshida turmushga chiqadi. Muallif sifatida hech qanday tajribaga ega boʻlmagan Stephenie Meyer tushida „Twilight“ seriyasi gʻoyasini oʻylab topganini aytadi. Jane Austen va William Shakespeare asarlari taʼsirida u tez orada „Twilight“ ni yozdi. Asar koʻp rad etilishlardan soʻng, „Little, Brown and Company“ unga 750 000 dollarlik uch kitob uchun shartnoma taklif qildi. Bu esa yana toʻrtta kitob seriyasiga, bir nechta asar va romanlarga va bir qator muvaffaqiyatli filmlar ishlanishiga olib keldi. Meyer yoshlar uchun yozilgan romanlaridan tashqari, „The Host“ (2008) va „The Chemist“ (2016) nomlarida kattalar uchun ham romanlarini yaratishga kirishdi. Meyer kino ishlab chiqarishda ishlagan va „Fickle Fish Films“ prodyuserlik kompaniyasiga asos solgan. Meyer „Tong otishi“ asarining ikkala qismini va boshqa ikkita roman moslamasini yaratdi.
Meyer Time jurnalining „2008-yilning eng nufuzli 100 kishisi“ roʻyxatiga kiritilgan. 2009-yilda „Forbes Celebrity 100“ dunyoning eng kuchli mashhurlari roʻyxatiga kiritilgan. Uning yillik daromadi 50 million dollardan oshgan.
Yoshligi va shaxsiy hayoti Stephenie Morgan Konnektikut shtatining Hartford shahrida tugʻilgan. U otasi moliya xodimi Stephen Morgan va onasi uy bekasi Candy Morganning olti farzandining ikkinchisi. Meyer Arizona shtatining Feniks shahrida oʻsgan va Arizona shtatining Scottsdale shahridagi Chaparral yuqori maktabida oʻqigan. 1992-yilda Meyer Milliy xizmat stipendiyasiga ega boʻlgan. Bu stipendiya uning Yuta shtatining Provo shahridagi Brigham Young universitetida bakalavriatda oʻqishini moliyalashtirishga katta yordam berdi va u yerda 1997-yilda ingliz adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasiga erishdi. U BYUda oʻqishni boshlagan va tugatgan boʻlsa-da, 1996-yilning kuzida va 1997-yilning bahorida Arizona shtat universitetida saboq oldi.
Meyer oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi Christian „Pancho“ Meyer bilan bolaligida Arizonada uchrashgan. Ular 1994-yilda, Meyer yigirma bir yoshda boʻlganida turmush qurishgan. Ularning uchta oʻgʻli bor. Kristian Meyer, ilgari auditor boʻlgan, keyinchalik bolalarga gʻamxoʻrlik qilish uchun nafaqaga chiqadi.
Oʻzining birinchi romani „Twilight“ ni yozishdan oldin, Meyer huquqshunoslik fakultetida oʻqishni oʻylaydi, chunki u yozuvchi boʻlish imkoniyati yoʻqligini his qiladi. 1997-yilda toʻngʻich oʻgʻli Gabening tugʻilishi bilan uning fikri oʻzgaradi: „Gabe dunyoga kelgandan keyin, men shunchaki uning onasi boʻlishni xohlardim“. Muallif boʻlgungacha Meyerning yagona professional ishi mulk kompaniyasida qabulxona xodimligi edi. right|thumb| Meyer 2009-yilda
Kattalar uchun badiiy adabiyotlar "The Host" romani
2008-yil may oyida Meyerning kattalar uchun „The Host“ ilmiy-fantastik romani „Little, Brown and Company“ nashriyoti kattalar boʻlimi tomonidan ishlab chiqarilgan. Unda yosh ayol va bosqinchi oʻzga sayyoralik „ruh“ Melanie Stryder va Wanderer haqida hikoya qilinadi. „The Host“ "New York Times Best seller" roʻyxatida 1-oʻrinda debyut qildi va 26 hafta davomida roʻyxatda qoldi. Asar asosida trilogiya yozish niyatini bildirgan Meyer ikkinchi va uchinchi kitoblarini mos ravishda „The Soul“ va „The Seeker“ deb nomlanadi. Bu asarlardan soʻng Meyer 2022-yilgacha „The Host“ uchun keyingi romanlarni nashr etmagan.
2009-yil aprel oyida Meyer doʻsti Hochhalterga koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyilganidan soʻng Fayth Hochhalterning tibbiy toʻlovlarini toʻlash uchun tashkillashtirilgan „Project Book Babe“ dasturida ishtirok etdi. Meyer koʻplab oʻquvchi nusxalari va asl qoʻlyozmalarni kim oshdi savdosiga sovgʻa qilgan.
„The Host“ asari asosida Andrew Niccol rejissyorligi asosida film suratga olingan. Aktorlardan Melanie Stryder rolida Saoirse Ronan, Jared Howe rolida Max Irons va Ian OʻShea rolida Jake Abel ijro etishgan. Film 2013-yil 29-martda umumiy salbiy baholar bilan chiqarildi. U yomon tanqidiy baholandi va „Twilight“ filmlari seriyasiga nisbatan kassa flopiga aylandi.
Televizion loyihalarda ishtirok 2015-yil oxirida Meyer Daniel OʻMalleyning „The Rook“ kitobi asosida teleserial ishlab chiqarayotgani eʼlon qilindi. Roman uchun huquqlarni prodyuserlik kompaniyasi bilan birga olib borishayotgan boʻlsada, u ijodiy kelishmovchiliklar tufayli suratga olish boshlangandan koʻp oʻtmay loyihani tark etdi.
2016-yil iyul oyida „Little, Brown and Company“ Meyerning „Sobiq ish beruvchilaridan qochgan sobiq agent“ haqida „The Chemist“ nomli kattalar uchun triller yozganini eʼlon qildi. Kitob 2016-yil 8-noyabrda chop etilgan, 2018-yilda Meyerning „Fickle Fish“ prodyuserlik kompaniyasi „Tomorrow Studios“ bilan hamkorlikda „The Chemist“ asariga teleserial suratga olishni boshlagan.
Qabul right|thumb| Meyer 2007-yilda „Eclipse“ uchun kitob safarida Meyer va uning romanlarini qabul qilish kompaniyalar tomonidan avj oldi. „Entertainment Weekly“ Meyerni Anne Ricedan keyin dunyodagi eng mashhur vampir romanchisi" ekanligini taʼkidlasa, "The Guardian" esa uni „xayoliy hikoyachi, sermahsul muallif va nashriyot bozorida yangi qudratli shaxs“ sifatida tasvirlaydi. Toronto Sundan Wayne Janes rozi boʻlib, „Meyerning muvaffaqiyati yana shu narsani koʻrsatadiki, soʻnggi bir necha yil ichida eng koʻp sotilgan asarlarning virtual hukmronligi odatda kattalar fantastikasi boʻldi“ deb taʼkidlaydi. „The Times“ gazetasi muxbiri Tymon Smith uni „yoshlar fantastikasining super yulduzi“ deb taʼriflagan.
Meyer "MSN Lifestyle" nashrining „2008-yilning eng taʼsirli ayollari“ roʻyxatiga kiritilgan va u „adabiy yorituvchi“ sifatida taʼriflangan. U, shuningdek, „The Time“ jurnalining „2008-yilning eng nufuzli 100 kishisi“ roʻyxatida 49-oʻrinni egalladi. Bundan tashqari Meyer „Muhim odamlar“ roʻyxatiga ham kiritilgan edi.
Meyer 2009-yilda „Vanity Fair“ning „Axborot davrining eng yaxshi 100 ta kuchlilari“ roʻyxatida 82-oʻrinni egallagan. U jamiyat va pop madaniyatidagi mashhur ayollarni nishonlaydigan „Bluewater Productions“ nomidagi „Ayol kuchi“ biografik komiksining sonlaridan birida tasvirlangan. Amazon tomonidan chop etilgan roʻyxatga koʻra, Meyer oʻn yillikning ikkinchi eng koʻp sotilgan kitob muallifi boʻlgan.
Meyerning muvaffaqiyatiga qaramay, uning romanlari juda qattiq tanqid qilindi. „The New York Times“ "Twilight „ filmini „jozibali va maftunkor“ deb atadi, ammo davom etgan sharxga koʻra, „Kitob baʼzan haddan tashqari ishtiyoqmand, oʻquvchi yozuvlardan aziyat chekadi“, deyilgan. Ular Meyerning ishiga tanqidiy yondoshib, Edvardning jozibadorligi va Bellaning behushlik haqida haddan tashqari koʻp havolalar borligini koʻrsatadi. „The Guardian“ gazetasi maqolasida Bellaning xarakterini tanqid qilib, uni haddan tashqari hudbin deb atashgan. NPR romanni tashqi koʻrinish jihatdan eʼtiborga loyiq ammo til ortida niqoblangan takrorlanuvchi „jackhammer“ ekanligi uchun tanqid qiladi. Qolaversa, ular hikoyani qiziq emas deb va bosh qahramon esa koʻpchilikka yoqmasligini aytishgan. "Entertainment Weekly" nashrining taʼkidlashicha, „Breaking Dawn“ haqidagi hikoya baʼzida shu qadar xaotik ediki, Meyer oʻz qarashlarini Jacob Blackga oʻzgartirdi va bu uzoq vaqt davom etgan syujetning gʻalayonini yengillashtirdi.
Yozuvchi Orson Scott Card shunday deydi: „Stephanie Meyer hech qachon oʻquvchi va ular hohlagan orzu boʻyicha baxslashmaydi, u yorqin tiniqlik bilan yozadi. Bu unga hos haqiqiy narsa“. „Newsweek“ jurnaliga bergan intervyusida yozuvchi Jodi Picoult shunday degan: Stephenie Meyerning kitoblarini odamlar berilib oʻqiydi va bu barchamiz uchun yaxshi". Meyerni J. K. Rowlinga qiyoslagan Stephen King shunday deydi: „Asl farq shundaki, Jo Rowling ajoyib yozuvchi, Stephenie Meyer esa arzimas mavzularda yoza olmaydi. U unchalik ham yaxshisi emas“. Kingning taʼkidlashicha, Meyerning kitoblari oʻquvchilarni qiziqtiradi, chunki bu kitoblarda sevgi va munosabatlarning yorqin birlashmasi ifodalab berilgan". Amerikalik diniy tarixchi olim Jana Riess Meyerning romanlariga turlicha munosabat bildirgan. U Meyerning asarlariga taʼsir qiluvchi Mormon ilohiyotini chiroyli va murakkab deb topadi. Shu bilan birga Meyerni iqtidorli yozuvchi emas, balki isteʼdodli hikoyachi sifatida taʼriflaydi va romanlarida koʻplab texnik kamchiliklarni ham qayd etadi. Bundan tashqari, Riess Meyer ishidagi „retrogressiv gender stereotiplari“ ni tanqid qilgan.
„Twilight“ romanida tasvirlangan „Quileute“ ajdodlari boʻridan odamlarga aylangani haqidagi afsona mavjud. Ammo romandagi Quileute tasvirlarining aksariyati notoʻgʻri talqin qilingan. „Quileute“ qabilasi uning kitoblar va filmlarda ularning urf-odatlaridan foydalanishini va keyinchalik savdo-sotiqni ham madaniy oʻgʻirlik deya taʼrifladi.
Muxlislar kuzatuvi Meyer Vashington shtatidagi Olimpiya yarim orolidagi Forks kichik shaharchasida sodir boʻladigan voqealar tasvirlangan „Twilight“ romanlar toʻplami yosh oʻquvchilari orasida tezda mashhur boʻldi. Shundan keyin ham Forks shaharchasi muxlislar eʼtiborini yanada tortdi va „Stephenie Meyer kuni“ ni 13-sentyabrda, qahramon Bella Swanning tugʻilgan kunida nishonlaydigan boʻlishdi. Meyerning muxlislari uning kitob qahramonlari rolini oʻynashadi, hikoyalar bilan bogʻliq fantastika yozadilar va kitob imzolash marosimlarida qatnashadilar. Ekstremal muxlislar orasida roman „Twihards“ nomi bilan mashhur.
Meyerning „Twilight“ seriyasidan keyin, u bilan birga J.K Rowlingning Harri Potter seriyasidan ilhomlangan sehrli rokka oʻxshash „Twi-rock“ deb nomlangan geek rok janri rivojlandi. „Twilight“ mavzusidagi musiqiy guruhlarga „Bella Cullen Project“, „Twilight Music Girls“, „Be Safe Bella“, „Bella Rocks“ va „Mitch Hansen Band“lar film uchun ijrolarini namoyish qilishgan. „Mitch Hansen“ guruhi „By You“ qoʻshigʻini „Twilight“ „New moon“ qismining filmi saundtrekiga qoʻshiladi degan umidda yozgan. 2009-yil yozida Dallasda (Texas) „TwiCon“ nomli norasmiy „Twi-rok“ mavzusidagi muxlislar anjumani tashkil etildi. Unda „Twi-rock“ guruhi chiqishlari, Volturi balli, panellar, ustaxonalar va sotuvchilar namoyish etilgan.
Uslub va taʼsirlar
Uslub „Twilight“ chiqqandan beri Meyer barcha syujetli asarlarini juda kam xarakteristikalar bilan yozgan va uning yozuvi „oʻrtacha“ yomon deb taʼriflangan. Meyer yozuvchilik yoʻnalishida izchil uslub yoki ovoz yetishmasdi: masalan, uning „Hell on Earth“ qisqa hikoyasi „Twilight“ seriyasida qoʻllangan bezakli tasvirlardan farqli ravishda, koʻproq suhbatga asoslangan. Meyer oʻz romanlarini faol ovozda batafsil tushuntirishlarga tayanadi. U tez-tez jumlalarini eng muhim maʼlumotlar bilan ochadi. Aksariyat romanlarning uslubiy yoʻnalishi asar qahramoni xarakterining rivojlanishi boʻlsa-da, Meyer oʻz qahramonlarini tasvirlashdan qasddan qochganini taʼkidlaydi. Uning fikricha, bu oʻquvchiga „oʻz poyafzaliga osonroq kirish“ imkonini beradi. „Twilight“ romanida Bellaning yolgʻizlik davrlari tasvirlangan „New Moon“ va shu kabi baʼzi asarlarida Meyer nasrning oʻzi bilangina emas, balki bob sarlavhalari orqali ham Bellaning ruhiyatiga chuqurroq tushuncha kiritib oʻtgan.