Ceylon choyi – bu Shri Lankada ishlab chiqariladigan choy brendi va ushbu mamlakat choyini tavsiflovchi tarixiy atama. Ceylon choyi nafaqat geografik tavsiflovchi atama sifatida, balki Shri Lanka madaniyati, merosi va oʻziga xosligining ustuni sifatida ham tasvirlanadi. Shri Lanka choy kengashi Ceylon choyining sher tasvirli logotipining qonuniy egasi hisoblanadi. 2019-yilda Shri Lanka dunyodagi toʻrtinchi eng yirik choy yetishtiruvchi va uchinchi eng yirik choy eksportchisi boʻlgan. Sher tasvirli logotipi 2016-yil holatiga koʻra 98 ta davlatda roʻyxatga olingan. Ceylon choyi, asosan, ish haqi, yoqilgʻi narxlari va kommunal xizmatlarning oʻsishi tufayli ishlab chiqarish xarajatlarining ham oʻsishiga duch kelmoqda.

Qadoqlash left|thumb| Yaponiyada sotiladigan 100 % sof Ceylon choyi qutisi Choy paketida Ceylonning sher tasvirli logotipi tushirilishi uchun u toʻrtta mezonga javob berishi kerak: 1) Sher tasvirli logotip faqat Ceylon choyining isteʼmol paketlarida ishlatilishi mumkin. 2) Paketda 100 foiz sof Ceylon choyi boʻlishi kerak. 3) U Shri Lankada qadoqlangan boʻlishi kerak. 4) Brend Shri Lanka choy kengashi tomonidan belgilangan sifat standartlariga mos kelishi kerak. Ceylon choyi nazorat ostida ishlab chiqarilishi tufayli tanilgan choy hisoblanadi va undan yuqori foyda olish uchun uni qayta ishlangan shaklda sotish kerak. Logotipdan foydalanishni faqat litsenziyaga ega kompaniyalarga cheklash orqali choyning sifatini kafolatlash va sertifikatlangan yuqori sifatli mahsulotni qadrlaydigan koʻproq mijozlarning eʼtiborini jalb qilish mumkinligi taʼkidlangan.

Bozor va raqobat „Sof Ceylon choyi“ kabi sof choylar bozori jahon bozorining atigi 10 foizini egallagan ixtisoslashgan bozorlardan biri hisoblanadi. Maʼlumotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, Shri Lanka choyining bozordagi ulushi doimiy ravishda pasayib bormoqda, Keniya choyining ulushi esa yuqori sur’atlarda oʻsib, Shri Lankaning bozor ulushini egallab bormoqda.

Shri Lankaning choy eksportining 50 foizdan ortigʻi hali ham anʼanaviy choy (butun choy barglaridan tayyorlanadigan quruq choy) hissasiga toʻgʻri keladi, qolgan qoʻshilgan qiymatli boshqa choy turlari esa umumiy choy eksportining 40-45 foiziga (yashil choy, xushboʻy choy, organik choy, tez eriydigan choy, muzli choy va ichishga tayyor choy) toʻgʻri keladi. Biroq, qoʻshilgan qiymatga ega choy mahsulotlarining barcha turlari anʼanaviy choy eksportiga qaraganda yuqori narxga ega boʻladi. Jahonda isteʼmolchilarning choyga boʻlgan xohish-istaklari oʻzgarib bormoqda, shuning uchun jahon bozorida oʻsib borayotgan talabni yanada takomillashtirilgan choy mahsulotlari bilan qondirish mumkin. Shri-Lanka choy sanoati raqobatbardosh ustunlikka ega boʻlsa-da, xalqaro marketing faoliyati bilan shugʻullana olmasligi tufayli ustunlikdan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Homiylik Shri Lanka choy kengashi 2013-yil iyun oyidan boshlab Shri Lanka milliy kriket jamoasi va Shri Lanka ayollar milliy kriket jamoasiga homiylik qilish toʻgʻrisida Shri Lanka kriket tashkiloti bilan kelishuv imzolagan. Ceylon choyi hozirgi kunda ham milliy jamoalarga homiylik qilishni davom ettirmoqda.

Manbalar

Havolalar

Brendning rasmiy veb-sayti Turkum:Choylar Turkum:Shri Lanka Turkum:Brendlar