Qozogʻistonning „Aq jol“ demokratik partiyasi — Qozogʻistonning siyosiy partiyasi. Partiya raisi — Azat Peruashev. Partiya aʼzolarining soni 255,8 ming kishi (2020-yil). dekabr uchun).

Tarixi left|thumb| Alixan Baymenov va Lyudmila Julanova 2001-yilning 18-noyabrida „Qozogʻistonning demokratik tanlovi“ harakati qurildi. Harakatni Muxtor Ablyazov, Gʻalimjon Jaqiyanov, Bolat Abilov, Alixan Baymenov, Oraz Jandosov rahbarlik qildi. Ularning koʻplab masala boʻyicha qarashlari bir-biriga toʻgʻri kelmadi, shuning uchun oxirgi uchtasi harakatni tark etdi.

2002-yilgi 3-aprelda Abilov, Baymenov va Jandosovlar „Aq jol“ demokratik partiyasining tuzilganligini eʼlon qilib, oʻzlari partiyaning teng raislari etib saylandi. 2003-yilgi 9-noyabrda oʻtgan „Aq jol“ QDP III qurultoyida teng rais boʻlib qoʻshimcha Lyuudmila Julanova bilan Altinbek Sarsenbayuli saylandi. Vaqt oʻtishi bilan hamraislar oʻzlarining siyosiy qarashlariga koʻra ikki lagerga boʻlinishni boshladilar: bir tomonda Abilov, Jandosov, Sarsenbayuli, ikkinchi tomonda Baymenov, Julanova turishdi.https://akzhol.kz/partija/

2005-yili 13-martda partiyaning V qurultoyida „Aq jol“ ning teng raislari institutini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, yagona rais boʻlib Alixon Baymenov saylandi. Qolgan raislar bunga rozi boʻlmay, „Nagʻiz aq jol“ partiyasini tuzdilar.https://www.azattyq.org/a/1157565.html

2011-yilgi 2-iyulda partiyaning Ostonada oʻtgan qurultoyida „Aq jol“ QDP raisi boʻlib bir ovozdan Azat Peruashev bir ovozdan saylandi. Peruashev „Nur-Otan“ partiyasidan shudan bir necha kun oldin chiqdi.

„Aq Jol“ QDPning viloyat markazlarida va Nur-Sulton, Olmaota, Chimkent shaharlarida 17 ta filiali, Jezqazgʻan va Semey shaharlarida 2 ta vakolatxonasi bor.

Partiya aʼzolarining soni 255,8 ming kishini tashkil qiladi (2020-yil dekabr oyiga), shundan 64 foizi erkaklar, 36 foizi ayollar. Partiyaning 11 foizini yoshlar tashkil qiladi.

Qozogʻiston Respublikasining 2002-yili 15-iyulda qabul qilingan „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi Qonuniga 2016-yil 10-mart. shunga koʻra, 2002-yili 12-dekabrda Adliya vazirligida qayta roʻyxatdan oʻtgan."Qazaqstan": Ұlttiq ensklopediya / Bas redaktor Ә. Nisanbaev — Almati „Qazaq ensiklopediyasi“ Bas redaksiyasi, 1998 ISBN 5-89800-123-9, V tom

Saylovlarda ishtirok etish 2004-yili parlament saylovida rasmiy manbalar boʻyicha partiya 12,04 % ovoz olib, 1 mandatga ega boʻldi.

2007-yili parlament saylovida partiya 3,09 % ovoz toʻplab, parlamentga oʻta olmadi.

2012-yildan boshlab „Aq jol“ QDP parlament partiya boʻlib topiladi, parlamentda deputat fraksiyasi bor.

2012-yilgi saylov natijalariga boʻyicha partiya saylovchilarning 7,47 % ovoz yigʻib, 8 deputatlik mandat oldi.

2016-yilgi saylov natijalariga boʻyicha partiya 7 mandat oldi.

2021-yilgi saylov natijalari boʻyicha partiya 12 mandat oldi. Parlament saylovi bilan qator barcha darajadagi mahalliy mas’ullarga saylov ham oʻtdi, uning natijalariga boʻyicha „Aq jol“ partiyasining 222 vakili majlis deputatlari boʻlib saylandi, uning ichidan 39 — viloyat, 65 — shahar, 118 — tumanlar.

2021-yili ilk bor tuman ahamiyatiga molik shaharlarning, shaharchalarning, tumanlarning va qishloq tumanlari hokimlari saylovi oʻtdi, uning natijalariga boʻyicha hokinlar lavozimiga „Aq jol“ partiyasining 11 vakili saylandi.

Manbalar

Havolalar

„AK ZOL“ partiyasining rasmiy sayti 2012-yil 9-yanvar. „AK ZOL“ partiyasi ustavi 2016-yil 5-mart. „AK ZOL“ partiyasi dasturi 2016-yil 5-mart. Turkum:Qozogʻiston siyosiy partiyalari