Andrew Morgan (talaffuzi: Endryu Morgan 1976-yil 5-fevralda tugʻilgan) — NASA astronavti.
Shaxsiy hayoti Andrew Stacey Morgana uylangan. Ularning toʻrt nafar farzandi bor.
Erta hayot va taʼlim Morgan 1976-yil 5-fevralda Gʻarbiy Virginia shtatining Morgantown shahrida Richard va Jenis Morgan oilasida tugʻilgan. U Delaverdagi Dover oʻrta maktabida oʻqigan. Morgan 1998-yilda West Point AQSh harbiy akademiyasida atrof-muhit muhandisligi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shundan soʻng Morgan AQSh armiyasiga qoʻshildi. U West-Pointdagi faoliyati davomida „Qora ritsarlar“ nomi bilan tanilgan West Point parashyut jamoasining bir qismiga aylandi. Keyinchalik u Sogʻliqni saqlash fanlari Uniformed Services universiteti qoshidagi tibbiyot fakultetida oʻqidi va u yerda doktorlik ilmiy darajasini oldi. 2005-yilda MorganVashington shtatidagi Tacoma yaqinidagi Madigan armiyasi tibbiyot markazida shoshilinch tibbiy yordami boʻyicha rezidenturani tamomladi. 2013-yilda Virjiniya Hamdoʻstlik universitetida birlamchi tibbiy yordam sport tibbiyoti boʻyicha stipendiyali oʻqishni tamomlagan.
left|thumb| Morgan WORFdan Yerning fotosuratlarini oladi right|thumb| Morgan AMSni ta'mirlash paytida left|thumb| CRS-20 ISSga yaqinlashmoqda
Astronavt faoliyati Morgan 2013-yil iyun oyida NASA tomonidan NASA astronavtlar guruhi 21 („Sakkiz toʻp“ laqabli) sakkiz aʼzosidan biri sifatida tanlandi va ikki yillik kosmonavtlarni tayyorlash dasturida oʻqishni boshladi. Tayorlanish mobaynida u rus tili, robototexnika, ilmiy va texnik sohalar, ISS operatsiyalari, T-38 parvoz operatsiyalari, omon qolish va koinotda yurish operatsiyalarini oʻtagan. Morgan yetti nafar azolar bilan birga astronavtlarni tayyorlashni tugatdi va 2015-yil 7-iyulda kelajakdagi parvoz topshiriqlarini olish huquqiga ega boʻldi.
Mashgʻulotni yakunlash va birinchi parvoziga tayinlanish oraligʻida Morgan NASA EVA/Robotexnika va ekipaj operatsiyalari boʻlimlarida xizmat qildi.
Morgan birinchi missiyasidan qaytganidan soʻng NASA Astronavtlar idorasining Missiyani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi va 67-ekspeditsiya uchun qoʻshimcha rahbari boʻlib ishladi.
Manbalar
Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar